Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- S subtoifasi
E
subtoifasi (sanoatbop) mavjud boʻlgan sotsial-iqtisodiy sharoitlarda va togʻ-kon texnologiyasi holatida foydalanish uchun rentabelli boʻlgan resurslarni oʻz ichiga oladi. M subtoifasi (chegaraviy yoki deyarli sanoatbop) yaqin kelajakda, juda qulay sharoitlarda esa hozirgi vaqtda ham foydalanish uchun yaroqli boʻlishi mumkin boʻlgan resurslarni oʻz ichiga oladi. S subtoifasi (nosanoatbop yoki shartli sanoatbop) ma’lum konlardagi qolgan resurslarni oʻz ichiga oladi. Ushbu toifadagi zaxiralar kelajakda sanoat ahamiyatiga ega boʻlishi mumkin. 7.3.2. Zaxiralarni hisoblash usullari Zaxiralarni hisoblash nafaqat hisoblash operatsiyalarining yigʻindisi, balki geologiya-qidiruv ishlari jarayonida olingan barcha geologik, geofizik, geokimyoviy va boshqa eksperimental ma’lumotlarni xar tomonlama tahlil qilish va umumlashtirishdir. Zaxiralarni hisoblash natijasida konning uni oʻrganishda erishilgan mufassalikni aks ettiruvchi geologik-sanoat modeli yaratiladi; foydali qazilmalarning va ulardagi foydali komponentlarning zaxiralari va bashoratlangan resurslari, zaxiralarning umumiy raqamlari va muhim geologiya-qidiruv parametrlarining bloklardagi oʻrtacha koʻrsatkichlarining ishonchliligi baholanadi. Foydali qazilma konlarini baholashdagi xatoliklar, odatda, zaxiralarni hisoblash metodikasidagi nuqsonlar emas, balki, konning geologik strukturalardagi pozitsiyasi haqida, foydali qazilma uyumlarining morfologik xususiyatlari yoki ularning geologik tuzilish elementlari bilan bogʻliqligi haqidagi notoʻgʻri geologik tasavvurlar natijasida kelib chiqadi. Geologik adabiyotlarda zaxiralarni hisoblashning yigirmadan ortiq usuli keltirilgan. Ular bir-birlaridan shakli boʻyicha murakkab boʻlgan 132 foydali qazilma tanasini, hajmi boʻyicha kattaligi teng boʻlgan, biroq shakli jihatidan oddiyroq boʻlgan geometrik jismlarga almashtirish metodi va razvedka kesimlaridan olingan eksperimental ma’lumotlarni ular atrofidagi foydali qazilmalar hajmiga tatbiq etish usuli bilan farq qiladi. Geologiya-qidiruv amaliyotida uch usul keng qoʻllaniladi: kesimlar, bloklar va statistik metodlar. Eksperimental tadqiqotlar natijasida aniqlanganki, zaxiralarni hisoblashning turli usullarini qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan xatoliklar, hisoblash parametrlarini aniqlashdagi hisoblashning texnik operatsiyalari va ayniqsa oʻxshatishlar bilan bogʻliq boʻlgan xatoliklar kattaligidan koʻp boʻlmaydi. Shuning uchun har bir konkret hol uchun zaxiralarni hisoblashning shunday usulini tanlash kerakki, bunda konning geologik tuzilishi xususiyatlari maksimal darajada hisobga olingan boʻlsin hamda hisoblash jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan vaqt va mablagʻlar sarfi kamroq boʻlsin. Zaxiralarni hisoblashning eng mas’uliyatli operatsiyalari boʻlib, ularning chegaralarini aniqlash va bloklarga boʻlish, razvedka kesimlari boʻyicha hisob parametrlarining oʻrtacha koʻrsatkichlarini hisoblash va ularni kesimlar atrofidagi foydali qazilma hajmlariga tatbiq etish hisoblanadi. Zaxiralarni hisoblashning asosiy usullari quyidagilardir: 1. Statistik (oʻrta arifmetik) usul. 2. Geologik bloklar usuli - yetakchi geologik-sanoat parametrlari (qalinlik, miqdor, yotish sharoiti, chuqurligi, texnologik xususiyatlari va b.) yaqinligi asosida hisoblash bloklarini ajratish va chegaralab, foydali qazilma zaxiralarini hisoblash. 3. Ekspluatatsion bloklar usuli - zaxiralarni hisoblashning geologik bloklar usulining turi. Ular ekspluatatsiya davrida ajratilib, geologik bloklardan kichikroq va 2-3-4 tomonlaridan togʻ inshootlari bilan chegaralangan boʻladilar. 4. Geologik kesimlar usuli. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling