Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Geologiya-qidiruv parametrlarining kesimlar boʻyicha
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
7.3.4. Geologiya-qidiruv parametrlarining kesimlar boʻyicha
oʻrtacha koʻrsatkichlarini hisoblash va ularni yon atrofdagi zamin hajmiga tatbiq qilish usullari Zaxiralarni hisoblash uchun boshlangʻich geologiya-qidiruv parametrlari boʻlib, foydali qazilma tanasining(blokining) hajmi, uning hajmiy massasi, hisoblanayotgan hajmdagi foydali komponentning oʻrtacha miqdori va koʻpincha, zaxiralarni hisoblash uchun belgilangan tuzatish koeffitsiyentlari xizmat qiladilar. Foydali qazilma tanalari yoki hisob bloklarining hajmlarini aniqlash tanlangan hisob-kitob usuli bilan bogʻliq boʻladi. Zaxiralarni kesimlar usulida hisoblashda, hajmlar ikkita yonma-yon joylashgan kesimlardagi foydali qazilmaning oʻrtacha maydonini ular orasidagi masofaga koʻpaytmasi sifatida hisoblanadi. Zaxiralarni bloklar usulida hisoblashda hajmlar bloklarning vertikal yoki gorizontal proyeksiyalardagi boʻylama yuzalarda oʻlchangan maydonlarini foydali qazilmaning blok doirasidagi oʻrtacha qalinligiga koʻpaytmasi sifatida hisoblanadi. Bloklarni vertikal yoki gorizontal tekislikka proyeksiyalashda vujudga keladigan ularning haqiqiy maydonlardan farqlanish xatoliklarini kompensatsiya qilish uchun haqiqiy emas, mos ravishda vertikal yoki gorizontal qalinliklaridan foydalaniladi. Foydali qazilmaning haqiqiy, gorizontal va vertikal 137 qalinliklarini burgʻilash quduqlari boʻyicha oʻlchashda, burgʻilash quduqlarining oʻlchangan zenit va azimutal ogʻish burchaklari hisobga olinadi. Hajmiy massalarning oʻrtacha miqdorini hisoblash oʻrta arifmetik usulda, laboratoriyada aniqlangan koʻpsonli oʻlchovlar (100 va undan ortiq) boʻyicha hisoblanadi. Hisoblangan oʻrtacha hajmiy massa toʻgʻridan-toʻgʻri massivning oʻzida (marksheyderlik usulida) aniqlangan nazorat oʻlchovlarining natijalari bilan solishtiriladi va kerak boʻlganda, laboratoriya namunalarida hisobga olinmagan darzlilik yoki mikrogʻovaklik uchun tuzatishlar kiritiladi. Foydali qazilmalarning hajm boʻyicha massasi tabiiy namlik uchun tuzatish kiritib (quruq namunadagi yoʻqotilgan massaning nam namuna massasiga nisbati) quruq holat uchun hisoblanadi. Ogʻir komponentlarining miqdori koʻp va oʻzgaruvchan boʻlgan foydali qazilmalar uchun, ishonchli miqdordagi namunalarning sinov va analizlari natijalariga koʻra hajmiy massaning ogʻir komponentlar miqdoriga bogʻliqligini ifodalovchi nomogrammalar tuziladi va ular boʻyicha bloklardagi oʻrtacha hajmiy massalar aniqlanadi. Foydali (va zararli) komponentlarning razvedka kesimlari boʻyicha miqdorlari namunalarni analiz qilish natijalari boʻyicha yoki yadroviy- fizik usullar bilan foydali qazilmaning tub yotqiziqlarida aniqlanadi. Umumiy hollarda oʻrtacha miqdor amalda namunalangan qalinlik uchun oʻrtacha muvozanatlashtirilgan holda hisoblanadi. Geologiya-qidiruv ishlari amaliyotida blok boʻyicha oʻrtacha miqdorni hisoblash uchun amalda namunalangan qalinlik boʻyicha oʻrtacha muvozanatlashtirilgan statistika usuli qoʻllaniladi. Oʻrtacha muvozanatlashtirilgan usul oʻrtacha arifmetik usuldan afzalroq. Chunki oʻrtacha muvozanatlashtirilgan baholar har qanday holda ham oʻzgarmay oʻz kuchini yoʻqotmaydi. Ogʻirlik funksiyasini tanlash muammosi bilan «toʻfoniy namunalar» deb atalmish muammo uzviy bogʻliqdir. Foydali minerallarning oʻta boy toʻplamlari juda kichik oʻlchamlarga ega boʻlganligi tufayli toʻfoniy namunalar boshqa namunalardan oʻzining amaliy ta’sir etish doirasi oʻlchamlarining nihoyatda kichikligi bilan farq qiladi. Toʻfoniy namunalarni aniqlash va hisobga olish matematik statistika usullarini qoʻllashga asoslangan. Bu usullar oldindan bilib turib, blok boʻyicha oʻrtacha miqdor koʻrsatkichini kamaytirishni koʻzda tutadi (agar shu miqdor tasdiqlanmasa farq katta boʻlmasligi uchun). Aslida esa tasdiqlanmaslik xavfini ilmiy asoslash uchun hech boʻlmasa, blok 138 boʻyicha oʻrtacha miqdorni aniqlashdagi xatolik bilan bogʻliq boʻlgan iqtisodiy yoʻqotishlar funksiyalarini bilish kerak. Bunday funksiyalar aniqlanmas ekan, har qanday oldini olishlar, geologiya-qidiruv ishlari amaliyotini umumlashtirishga asoslangan «irodaviy usul» boʻlib qolaveradi. Toʻfoniy namunalarni ajratish va hisobga olishning ilmiy asosi boʻlib, blok boʻyicha oʻrtacha miqdor bahosining dispersiyasini minimizatsiya qilish tamoyili xizmat qiladi. Toʻfoniy namunalarni hisobga olish, odatda, kon boʻyicha zaxiralarning koʻpayib ketishini emas, balki ayrim blok boʻyicha oʻrtacha miqdorlarning koʻpaytirib koʻrsatilishining oldini olish maqsadida qilinadi. Shuning uchun, an’anaga zid ravishda, ayrim bloklar boʻyicha oʻrtacha miqdorning ataylab kamaytirilishi natijasida paydo boʻladigan zaxiralar kamomadi kon boʻyicha hamma hisob bloklariga, ulardagi zaxiralarga proporsional tarzda inobatga olinmagan zaxiralarni joylashtirish yoʻli bilan toʻldiriladi. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling