Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


 Foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblashning ishonchliligi


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

7.3.6. Foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblashning ishonchliligi 
Zamindagi foydali qazilmalar zaxiralarini baholashning ishonchliligi 
ularning oʻrganilganlik darajasi bilan aniqlanadi, bu birinchi navbatda 
bajarilgan 
geologiya-qidiruv 
ishlarining 
sifati, 
toʻliqligi 
va 
mufassalligiga bogʻliq. Konlar zaxiralarining va qattiq foydali 
qazilmalar bashoratlangan resurslarining amaldagi tasnifi ularni 
oʻrganilganlik va asoslanganlik darajasining faqat sifatiy mezonlarini 
ishlatishni koʻzda tutgan, bularning rolini foydali qazilmalar 
zaxiralarining va bashoratlangan resurslarining toifalari oʻynaydilar. 
Geologiya-qidiruv ishlarining har qanday bosqichida zaxiralarni 
baholash bashoratlash xususiyatiga ega. Bu esa zaxiralar boʻyicha 
olingan ma’lumotlarning noaniqlik darajasini muayyan miqdoriy 
aniqlash imkoniyatini yoʻqqa chiqaradi. Bashoratlanayotgan holat faqat 
amalga oshirilgandan keyingina bashoratlashning ishonchliligini 
baholash mumkin (ya’ni kon amalda toʻliq ishlatib boʻlingandan keyin). 
Buni esa geologiya-qidiruv ishlarining yakunlanish davriga kelib bilish 
zarur. 
Zamindagi foydali qazilmalarning razvedka qilingan zaxiralari 
ishonchliligining baholari, bashoratlangan kattaliklar sifatida ularni 
tasniflash uchun asos boʻlib xizmat qila olmaydi. Konkret konning 
zaxiralarini baholashning ishonchliligi esa etalon qilib olingan konda 
geologiya-qidiruv va konni ishlatish ishlarining tajribasini qoʻllash 
asosida faqat oʻxshatish tamoyili boʻyicha aniqlanishi mumkin. Lekin 
konni ishlatish natijalari boʻyicha ham faqat qazib olingan zaxiralar 
aniqlanadi, qazib olingan mineral xomashyoning sifati zamindagi 
foydali qazilma sifatidan uning amaliy ifloslanish kattaligi bilan 
farqlanadi. Shu sababli solishtirsa boʻladigan ma’lumotlarni olish uchun 
ekspluatatsiya ishlarining butun davri mobaynida foydali qazilma 
yoʻqotilishining hamma turlarini va ifloslanishini aniqlash boʻyicha 
doimiy tadqiqotlarni olib borish kerak. 


140
Foydali qazilmalarning razvedka qilingan zaxiralari miqdori va sifati 
haqidagi ma’lumotlarning bashoratlanganlik xususiyati ularning 
ishonchliligini baholashning faqat bitta aniq yoʻlini qoldiradi (ya’ni 
oʻxshatish tamoyiliga koʻra baholanayotgan konni razvedka qilish 
natijalarini, mufassallashtirish ishlari olib borilgan uchastkalarda 
olingan, etalon qilib olingan konni ekspluatatsion razvedka qilish va 
oʻzlashtirish natijalari bilan solishtirish yoʻli bilan). 
Zaxiralarning razvedka qilinganlik darajasini ishonchli baholashning 
zarur boshlangʻich mezoni – konning tuzilayotgan geologik modelining 
haqiqiy tabiiy xususiyatlariga mos kelishidir. 
Foydali qazilma konlarining zaxiralarini baholashdagi jiddiy 
xatoliklar konlarning geologik tuzilishini notoʻgʻri tushunishdan, 
geologiya-qidiruv ishlari ma’lumotlarini asossiz umumlashtirishdan va 
notoʻgʻri geologik bashoratlashdan kelib chiqadi. Bunday xatoliklar 
murakkab tuzilgan konlar zaxiralarini baholashda koʻproq uchraydi
lekin amaliy kuzatishlar yetarli boʻlmagan va olingan geologik 
materiallarning salohiyati pastligi sababli oddiy tuzilishdagi obyektlarda 
ham bu holatlar uchraydi. 
Zaxiralarning razvedka qilinganlik darajasi boʻyicha toifalariga 
qarab ishonchliligini baholash faqat zaminning qat’iy belgilangan 
hajmlari uchun haqiqiy ma’noga ega. Chunki foydali komponentlarning 
oʻrtacha miqdorlarini, zaxiralarni hisoblashdagi mumkin boʻlgan 
xatoliklarni va ularni oʻrganish mufassalligini tavsiflashda ular taalluqli 
boʻlgan aniq hajmlarni koʻrsatmasdan taqqoslab boʻlmaydi. 
Agar razvedka ishlari natijalariga koʻra yaratilgan geologik 
modelning modellashtirilayotgan obyektga mosligi haqida dadil xulosa 
qilish mumkin boʻlgandagina zaxiralarni razvedka qilinganlik darajasini 
miqdoriy baholash ahamiyatga ega. Zaxiralarning ishonchlilik (razvedka 
qilinganlik) darajasini miqdoriy baholashning asosi sifatida togʻ-kon 
korxonasining tannarxi, foydasi va rentabellik darajasini hamda konni 
oʻzlashtirishdagi iqtisodiy tavakkalchilik darajasini aniqlab beruvchi 
togʻ-konchilik va boyitish ishlarining iqtisodiy samaradorligiga eng koʻp 
ta’sir koʻrsatuvchi koʻrsatkichlar majmuasini qabul qilib olish kerak. 
Bunday 
koʻrsatkichlarga: 
mineral 
xomashyodagi 
foydali 
komponentlarning oʻrtacha miqdorini aniqlashning xatoliklari va foydali 
qazilma uyumlarining joylanish sharoitlari, shakli, ichki tuzilishi va 
fazoviy holatini tavsiflovchi koʻrsatkichlarning xatoliklari kiradi. 
Foydali qazilmalar zaxiralarining umumiy sonlarini aniqlashdagi


141
xatoliklar boʻlajak kon korxonasi faoliyatining texnik-iqtisodiy 
koʻrsatkichlariga nisbatan ancha kam ta’sir qiladi. 
Korxona ishga tushirilgan birinchi kundan boshlab foydali 
komponentlarning oʻrtacha miqdorini aniqlashdagi xatoliklar foydali 
qazilmani qayta ishlashdagi texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarda oʻz aksini 
topib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga va tannarxiga 
sezilarli ta’sir qiladi. Oʻrtacha miqdorni baholashdagi xatoliklar, yer 
qa’ridagi foydali qazilmalarning yotish sharoitlari, chegaralari, 
tuzilishlari va makonda joylashishlari haqida notoʻgʻri yoki noaniq 
tasavvurga ega boʻlish natijasida ham foydali komponentlarning bloklar 
boʻyicha oʻrtacha miqdorini aniqlashdagi xatoliklar, ham oʻzlashtirish 
ishlarini loyihalashtirilayotganda qabul qilingan kambagʻallanish 
koeffitsiyentini 
aniqlashning 
hisob-kitoblari 
bilan 
bogʻliq. 
Baholanayotgan foydali qazilmalar uyumlarining makondagi holati 
haqidagi tasavvurni buzuvchi, zaxiralarni geometrizatsiya qilish xatoligi, 
konni oʻzlashtirish texnologiyasini oʻzgartirishga va odatda, qazib 
olinayotgan ma’danning hajm birligiga sarflanadigan xarajatlarning 
oʻsishiga olib keladi. Qazib olinayotgan mineral xomashyo massasidagi 
foydali komponentlar oʻrtacha miqdorining tasdiqlanmasligi, chiziqli 
joylashtirilgan oddiy namunalarning ma’lumotlari boʻyicha murakkab 
uzuq-yuluq tuzilishli foydali qazilmalarni seleksiyalashning hajmlari 
darajalarini notoʻgʻri baholash natijasida ham namoyon boʻlishi 
mumkin. 
Chet ellik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga koʻra razvedka qilingan 
mis, polimetall va oltin konlaridagi umumiy zaxiralarning oʻrtacha 
xatoligi 

10-25% ga yetadi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling