Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Ma’danga aralashgan zararli komponentlarning eng koʻp


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

3.3. Ma’danga aralashgan zararli komponentlarning eng koʻp 
oʻrtacha miqdori va ayrim namunalardagi yuqori chegaraviy miqdori 
Agar razvedka qilingan mineral xomashyo bazasi ishlab turgan 
korxonani ta’minlash uchun moʻljallangan boʻlsa, ma’danga aralashgan 
zararli komponentlarning eng koʻp oʻrtacha miqdori va ayrim 
namunalardagi yuqori chegaraviy miqdori shu korxona tomonidan 


125
olinayotgan tayyor mahsulot (metall) ishlab chiqarish texnologiyasi 
talablarini inobatga olgan holda belgilanadi. 
Qurilishi rejalashtirilayotgan korxonalar uchun xomashyo bazasi 
sifatida razvedka qilinayotgan ma’danli konlar uchun bu koʻrsatkichlar 
oʻxshatish metodi bilan aniqlanadi. Buning uchun geologlar uchun 
chiqarilgan «Mineral xomashyo sifatiga sanoat talablari» nomli 
ma’lumotnomalarning tegishli sonlaridagi ma’lumotlarga va loyihalash 
institutlarining maslahatlariga tayaniladi. 
Ma’danlarni qayta ishlash texnologiyalarining juda turli-tuman, 
murakkab va oʻzgarishga moyilligini inobatga olgan holda, bu 
koʻrsatkichlarni belgilashda ehtiyotkorlik zarur. Ma’danlarning juda 
koʻp komponentlari ilgari zararli deb hisoblangan boʻlishiga qaramay, 
hozirgi kunda ular yalpi ma’danlar samaradorligini oshirishga xizmat 
qiladigan bebaho komponent sifatida tan olinmoqda. Masalan, temir 
ma’danlarini domnada eritishga tayyorlash jarayonini yoʻlga qoʻyish, 
ya’ni, oltingugurtning yonib ketishiga olib keluvchi aglomerat yoki 
kuyindi ishlab chiqarish, temir ma’danlaridagi oltingugurt miqdori 
xomashyoning sifatini yomonlashtiruvchi koʻrsatkich boʻlmay qolishiga 
olib keldi. Shu bilan bir qatorda, oltingugurtning yuqori miqdori temir 
ma’dani tarkibida kobaltli pirit yoki sfalerit borligidan darak berishini 
inobatga olgan holda, ma’dan tayyorlash jarayoniga sulfidlarni flotatsiya 
qilishni kiritish yoki boshqa metodlarni qoʻllash mumkin. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling