Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

sanoat 
tomonidan 
oʻzlashtirishning iqtisodiy 
samaradorligi inobatga olingan holda aniqlanadigan konditsiyalar 
koʻrsatkichlari 
Koʻrib chiqilayotgan foydali qazilmalar konditsiya koʻrsatkichlari 
guruhiga quyidagilar kiradi: 
1) foydali komponentning eng kichik sanoatbop miqdori; 
2) foydali komponentlari chegaralashga imkon bermaydigan 
darajada notekis tarqalgan murakkab konlar uchun yoʻl qoʻyilishi 
mumkin boʻlgan ma’danlilik koeffitsiyenti; 
3) foydali komponentning chegaraviy(bort) miqdori; 
4) ochiq usulda qazib olish ishlari uchun yopib turuvchi jinslar bilan 
foydali qazilma qalinligi va hajmlarining eng koʻp yoʻl qoʻyilishi 
mumkin boʻlgan nisbati; 
5) konni ochiq usulda qazib olishning eng katta chuqurligi. 
Foydali komponentning eng kichik sanoatbop miqdori hamma 
ma’dan qazilma konlarining zaxiralarini hisoblash konditsiyasi doirasida 
aniqlanadi. Koʻrilayotgan guruhning boshqa koʻrsatkichlarini aniqlash 
zarurati 
baholanayotgan 
konning 
tabiiy 
xususiyatlariga 
qarab 
belgilanadi. 
1.1. Foydali komponentning ma’danlardagi eng kichik sanoatbop 
miqdori. Eng kichik sanoatbop miqdor balansdagi zaxiralarga kiritilgan 
ma’danlardagi, foydali komponent oʻrtacha miqdorining eng past 
chegarasidir. Foydali komponent miqdori undan kam boʻlgan zaxiralar 
balansdan tashqari zaxiralar doirasiga kiritiladi. Eng kichik sanoatbop 
miqdori belgilangan ma’dan miqdori uchun ma’danning sanoat uchun 
qiymati bilan ishlab chiqarishdagi xarajatlar (qayta ishlash tannarxi) 
tengligi shartidan kelib chiqib aniqlanadi. Hisob-kitob korxonaning 
yillik unumdorligi yoki foydali qazilmaning miqdor birligi (1t yoki 1m
3

uchun amalga oshiriladi. 


119
Eng kichik sanoatbop miqdori – konning, qabul qilingan oʻzlashtirish 
varianti doirasida zarar ham, foyda ham keltirmay qazib olinadigan
ma’dan sifatini tavsiflovchi hamda bu asosda ayrim hisob bloklari va 
konni butunligicha oʻzlashtirishning rentabellilik darajasi xususida 
xulosa chiqarish imkonini yaratuvchi iqtisodiy koʻrsatkichdir. 
Foydali komponentning oʻrtacha miqdori eng kichik sanoatbop 
miqdori darajasida boʻlgan konlarni oʻzlashtirish foydasizdir. Shuning 
uchun eng kichik sanoatbop miqdorni balansdagi ma’danlarda foydali 
komponent oʻrtacha miqdorining eng kam koʻrsatkichi sifatida faqat 
ayrim bloklar doirasida zaxiralarni hisoblashda ishlatish mumkin. 
Eng kichik sanoatbop miqdor aniqlanuvchi eng katta ma’dan 
blokining hajmidir. Komponentlarning oʻrtacha miqdori konning ayrim 
qismlarida koʻpincha keng koʻlamda oʻzgaradi va koʻp hollarda 
sanoatbop ma’danlarning umumiy chegarasi ichida, foydali 
komponentlarning miqdori boʻyicha sanoat ahamiyatiga ega boʻlmagan 
bloklar ham kirib qoladi. Shunisi ravshanki, agarda foydali komponent 
miqdori past yoki sanoatbop boʻlmagan bloklar unchalik katta 
boʻlmagan va ular nisbatan tekis taqsimlangan boʻlsa, konning bu 
xususiyati foydali qazilmaning umumiy zaxiralariga hamda sifatiga 
ta’sir oʻtkazmaydi. Va aksincha, bunday bloklarning sezilarli hajmiy 
koʻrsatkichlarga ega boʻlishi va notekis joylashuvi, qazish davrida 
bunday ma’danli zaxiralarning kartada oʻz vaqtida ajratilmay qolishiga 
olib keladi. Shunga mos ravishda ma’danlarning umumiy zaxiralari va 
ulardagi foydali komponent zaxirasi kamayadi, bu esa konni 
oʻzlashtirishning iqtisodiy koʻrsatkichlariga jiddiy ta’sir koʻrsatadi. 
Shuning uchun foydali komponentlari oʻta notekis joylashuvga ega 
konlar uchun eng kichik sanoatbop miqdorni aniqlash bilan birgalikda 
eng katta ma’dan bloki hajmini aniqlash vazifasi ham yuzaga keladi. Bu 
masala doimiy konditsiyalarni tayyorlash jarayonida har bir hisoblangan 
bloklar, ba’zi hollarda esa (yetarli asoslar keltirilgan boʻlsa) ayrim kon 
gorizonti yoki qismi uchun eng kichik sanoatbop miqdorni aniqlash 
talablari doirasida yechiladi. 
Mufassal baholash natijalari bilan vaqtinchalik konditsiyalarni ishlab 
chiqish jarayonida ma’dan bloki hajmini aniqlash masalasi, ravshanki, 
materiallar tanqisligi tufayli oʻzlashtirish va foydali qazilmaga birlamchi 
ishlov berish texnologiyasini belgilovchi kon geometriyasining asosiy 
parametrlari va ma’dan sifatiga e’tibor berilgan holda faqatgina umumiy 
chegaralardagina yechilishi mumkin. Bunday parametrlar doirasiga 
quyidagilar kiradi: 


120
1) Konning turli qismlaridagi foydali qazilmaning joylashish 
chuqurligi va sharoitlari. Konning ayrim qism va ma’dan tanalaridagi bu 
parametrlarning keskin tafovuti mos ravishda qazib olish uslub va 
tizimining oʻzgarishiga hamda oxir-oqibatda oʻzlashtirish qiymat 
koʻrsatkichlarining oʻzgarishiga olib keladi. Shuning uchun eng kichik 
sanoatbop miqdorni konning yer osti va ochiq usulda qazib olish uchun 
moʻljallangan qismlari uchun alohida hamda ma’dan tanalari qalinligi 
keskin farqlanuvchi qismlari uchun alohida aniqlash zarur. Chunki, 
ma’dan tanalarining juda qalin qismlarida qazib olishning yuqori 
samarali metodlarini qoʻllash mumkin; 
2) Foydali komponentning miqdori va foydali qazilmaning faza 
tarkibi. Konning umumiy zaxiralari miqyosidagi ulushi koʻp boʻlgan va 
alohida joylashuvi kuzatilgan hollarda massiv va tarqoq ma’danlashuv 
turlari uchun eng kichik sanoatbop miqdorini alohida aniqlash zarur. 
Xuddi shu qoida konning faza tarkibi bilan farqlanuvchi turli qismlari 
(masalan, oksidlanish va ikkilamchi sulfidli boyish zonalari) uchun ham 
taalluqlidir. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling