Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosqichma-bosqich, yaqinlashib borish tamoyili
Toʻliq tekshirish tamoyili, avvalo, razvedka qilinayotgan kon egallab
turgan joyning hammasini ma’lum darajada aniqlik bilan tekshirish zarurligini ifodalaydi. Bu tamoyilga rioya qilmaslik xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadi, ortiqcha sarf-xarajatlarga olib keladi yoki foydali qazilmaning bir qismini «yoʻqotilishiga» olib keladi. Bu tamoyil toʻrtta asosiy talablarni oʻz ichiga oladi: 1) Konning hamma chegaralarini toʻliq aniqlash yoki konni tashkil qiluvchi hamma foydali qazilma uyumlarini chegaralash; 2) Razvedka lahimlari foydali qazilma tanalarini yoki ma’danli zonalarni toʻliq kesib oʻtishi kerak; 3) Asosiy foydali qazilma va qoʻshimcha foydali mineral uyumlarining ham sanoatbop, ham sanoat uchun vaqtincha yaroqsiz 99 (balansdan tashqari) turlarining sifatini toʻliq va har tomonlama tekshirish; 4) Razvedka lahimlarini qazish yordamida olingan va boshqa kuzatuvlar natijasida toʻplangan barcha ma’lumotlardan foydalanish. Lekin, toʻliq tekshirish tamoyili oʻrganilayotgan konni oxirigacha toʻliq oʻrganishni nazarda tutmaydi. Balki, bu nisbiy tushuncha boʻlib, muayyan davr talablari bilan chegaralanadi. Bosqichma-bosqich, yaqinlashib borish tamoyili kon haqidagi bilimlarni ma’lum bosqichlarda ketma-ket koʻpaytirib borishdan iboratdir. Bu tamoyil toʻliq tekshirish tamoyili bilan uzviy bogʻliqdir. Amalda har qanday kon haqidagi yetarlicha aniq va toʻliq ma’lumotlarni birdaniga toʻplash mumkin emas, (ayniqsa bu kon yirik yoki murakkab boʻlsa). Shunday qilib, razvedka qilish jarayoni muqarrar ravishda bir necha bosqichlarga boʻlinadi. Bu bosqichlarning har birida kon ortib boruvchi aniqlik bilan oʻrganilib boradi. Hozirgi paytda Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan «Yoʻriqnomaga» binoan razvedka ishlarini toʻrtta bosqichga boʻlish mumkin, bular: baholash, razvedka, qoʻshimcha razvedka va ekspluatatsion razvedka bosqichlaridir. Lekin bu tamoyilning asl ma’nosiga e’tibor bersak, har bir oʻtilgan yangi razvedka lahimi toʻliq ma’lumotga «yaqinlashtiruvchi yangi bosqich»ni paydo qiladi. Bu tamoyilning toʻgʻriligi koʻp yillik tajribada sinalgan. Konni oʻrganishning har bir bosqichida oʻziga xos metodlar va texnik vositalar qoʻllaniladi. Avvaliga odatda, soddaroq va osonroq, aniqlik darajasi nisbatan uncha yuqori boʻlmagan metodlar va vositalar qoʻllanilsa, keyinchalik borgan sari aniqroq va toʻliqroq ma’lumotlar beruvchi, koʻproq mehnat talab qiluvchi metod va vositalardan foydalaniladi. Bu tamoyilning qoʻllanilishi har bir konkret konning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda olib borilishi zarur. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling