82
alohida xarakterlash uchun har bir qatlamchadan
yoki turli teksturali
ma’danlardan olinadigan namuna alohida-alohida olinadi, ya’ni ariqcha
bir necha boʻlaklarga (seksiyalarga) boʻlinadi.
Ariqcha shaklidagi namunalarning uzunligi odatda 1m ga teng qilib
olinadi. Ba’zi hollarda ariqchalarning uzunligi 2-3 m. dan boʻlishi
mumkin. Eng kalta ariqcha 0,5m boʻladi. Undan kalta ariqchalarni olish
tavsiya etilmaydi. Ariqchalar koʻndalang kesimining oʻlchamlari 2x5 sm
dan 3x12 sm gacha olinadi.
Namunalashning ariqcha usuli deyarli
hamma turdagi konlarda
yaroqlidir. Faqatgina bu usulni ba’zi hollarda qoʻllash mumkin emas.
Masalan, brekchiya teksturali va notekis tarqalgan tomirsimon
ma’danlarni kesib oʻtgan ariqchalarni namunalashda,
mayda tanalardan
tuzilgan
oltin
konlarida,
qimmatbaho
toshlarning
konlarida
namunalashning ariqcha usuli yaroqsizdir.
Ariqchalarni olishda asosan qoʻl mehnatidan foydalaniladi. Bu
jarayonni mexanizatsiyalashtirishga qaratilgan koʻp yillik urinishlar
hozircha qoniqarli natija bermagan. Shuning
uchun bu usulning eng
asosiy kamchiligi koʻp vaqt va mehnat talab qilishidir.
Shpur usuli. Bu usulning mohiyati shundaki,
shpur qazilayotgan
paytda hosil boʻlgan maydalangan materiallar yigʻib olinadi. Buning
uchun lahimlarni qazish paytida oʻtiladigan
shpurlardan foydalanish
mumkin yoki maxsus shpurlar kovlash mumkin. Shpurlarning yoʻnalishi
ma’dan yoʻnalishiga koʻndalang boʻlishi kerak (17-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: