81
Yer osti gorizontal togʻ lahimlarini namunalashda agar ular ma’dan
tanalarining yoʻnalishi boʻyicha oʻtilgan boʻlsa, ariqchalar lahimlarning
surilib boruvchi old devorlaridan oʻtqaziladi. Biror sabablarga koʻra
buning iloji boʻlmasa, lahimning shiftidan yoki yon devorlaridan
ariqchalar oʻtqazish mumkin (lekin bu juda noqulay boʻladi).
Agar gorizontal yer osti togʻ lahimi ma’dan
tanalarining qalinligi
boʻyicha kesib oʻtadigan boʻlsa, ariqchalar lahimlarning yon
devorlaridan olinadi (bitta yoki ikkala devordan) va koʻpincha gorizontal
yoʻnalishda boʻladi.
Agar yer osti lahimlari ma’dan tanalarining yotish burchagi yoʻnalish
boʻyicha pastga yoki yuqoriga yoʻnalgan boʻlsa,
ariqchalar bunday
lahimlarning yon devorlaridan olinadi. Ariqchalarning yoʻnalishi, agar
ma’dan tanasining yotish burchagi 45
o
dan kichik boʻlsa vertikal holatda
boʻladi. Shaxtalar va shurflarda ariqchalar devorlardan vertikal
yoʻnalishda olinadi (16-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: