Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Sidirib olish usuli. Bu usulda togʻ lahimlari yoki tabiiy ochilmalar 
yuzasida ochilgan foydali qazilma tanasidan bir xil qalinlikda qatlam 
sidirib olinadi. Sidirib olingan namuna uzunligi 1-2 m, qalinligi 5-10 sm 
boʻladi. Bunday namunaning ogʻirligi ma’dan tanasining qalinligiga 
bogʻliq. Bunday namuna olishda asosiy e’tibor sidirib olinadigan 
qatlamning qalinligi hamma yerda bir xil boʻlishiga qaratilishi kerak. 
Shuning uchun namuna olishdan oldin joyning yuzasini oldindan 
tekislab olish tavsiya etiladi (18-rasm). 
 
18-rasm. Togʻ lahimining zaboyidan namuna olish sxemasi 
(a- sidirib olish usulida; b- nuqtaviy usulda
Katta qalinlikka ega boʻlgan ma’danlardan sidirib namuna olishga 
va bunday namunalarga ishlov berishga koʻp vaqt va mehnat sarf 
boʻladi. Shuning uchun bu usulning qoʻllanilishi cheklangandir. Sidirib 
olish usulini, boshqa usullar yetarli darajada ishonchli ma’lumotlar 
bermaydigan quyidagi holatlarda: 
1) kichik qalinlikdagi tomirsimon ma’dan tanalarini razvedka 
qilishda, agar foydali komponent notekis va oʻta notekis taqsimlangan 


85
boʻlsa; 
2) yer 
osti 
lahimlarida 
mayda 
tomirsimon 
ma’danlarni 
namunalashda;
3) yirik oltin zarralari boʻlgan oltin konlarini namunalashda qoʻllash 
mumkin
Toʻliq hajmli usul. Bu usulda namunaga togʻ lahimlarini qazish 
vaqtida hosil boʻlgan jinslarning hammasi olinadi. Koʻpincha bunday 
namunalar yer osti kon lahimlarini qazishda bir yoki bir necha oʻtish 
sikllaridan chiqqan ma’dan mahsulotlaridan iborat boʻladi. 
Bu usul ma’danlar tarkibida foydali komponentlar oʻta notekis 
tarqalgan joylarda, konlar mayda ma’dan tanalaridan tuzilgan boʻlsa, 
brekchiyasimon va konglomerat teksturali ma’danlarda, namunani 
tekshirish turiga qarab (masalan slyudalar) turli maxsus sharoitlarda 
qoʻllaniladi. Bunday namunalarning miqdori 1-1,5 t. dan 2-3t. gacha 
yetadi. Bunday usul texnologik tekshirishlar uchun eng muhim 
ahamiyatga ega. Chunki bunday tekshirishlar uchun koʻp miqdordagi 
ma’dan namunasi talab etiladi. 
Bundan tashqari ma’danlarning ba’zi fizik, mexanik va kimyoviy 
xususiyatlarini (hajmiy ogʻirlik, gʻovaklik, boʻlaklanganlik, maydalanish 
koeffitsiyenti va hokazolar) tekshirishda faqat shu usuldan foydalaniladi. 
Texnologik tekshirishlar uchun olingan toʻliq hajmli namunalar 
ma’danlarning turli navlari fazoda qanday tarqalganligini, ularning 
zaxiralarini hisobga olgan holda olinadi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling