Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Namunalarga ishlov berish. Texnikasi va sxemasi


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
5.3. Namunalarga ishlov berish. Texnikasi va sxemasi 
Namunalarga ishlov berishning maqsadi konlarni razvedka qilish 
jarayonida togʻ lahimlaridan va burgʻilash quduqlaridan olingan 
namunalarni laboratoriya yoki boshqa tekshirishlarga tayyorlashdir. 
Bunday tayyorlovning zaruriyati shundaki, namunaga odatda koʻp 
material (qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi) olinadi. Laboratoriya 
tekshiruvlarini esa faqat ozgina miqdordagi material bilan olib borish 
mumkin. 
Ba’zi hollarda namunalash sharoitlari va vazifalariga qarab 
namunalarni qoʻshish yoki oldindan «boyitish» ishlarini bajarish zarurati 
tugʻiladi. Bunday ishlov berishlar odatda namunani olgan geologik 
tashkilot tomonidan bajariladi. 
Namunalarni birlashtirish juda koʻp namuna olinadigan (mufassal va 
ekspluatatsion razvedka) bosqichlarda olib boriladi. Uning asosiy 
qoidalari:
1) faqat yonma-yon olingan namunalarni birlashtirish mumkin; 
2) faqat bir xil materialdan tashkil topgan namunalarni birlashtirish 
mumkin. 
Kimyoviy va ba’zan mineralogik tekshirishlar uchun olingan 
namunalarga ishlov berish kerak. Buning maqsadi tekshirish uchun zarur 
boʻlgan miqdorgacha namunani qisqartirish va zarur yiriklikkacha 
maydalashdir. Eng koʻp tarqalgan analizlar uchun zarur boʻlgan 
namunaning miqdori 50-100 g, ba’zan 200 g ni tashkil qiladi. Spektral 
analiz uchun 5-20 g, probir analiz uchun 0,5-1kg namuna kerak. 
Namuna materiali kimyoviy va spektral analizlar uchun kukun 
holatigacha, mineralogik analizlar uchun 0,1 mm gacha maydalangan 
boʻlishi kerak. 
Namunaga 
ishlov 
berish 
jarayoni 
birin-ketin 
bajariladigan 
maydalash, elash, aralashtirish va qisqartirish operatsiyalaridan 


89
iboratdir. Bu operatsiyalar ma’lum konlar turlari, xususiyatlariga rioya 
qilgan holda olib boriladi. Natijada namunaning boshlangʻich 
xususiyatlari oxirida hosil boʻlgan namuna materialida ishonchli saqlab 
qolinishi kerak. 
Richards-Chechett tamoyili va tenglamasi. Amerikalik olim Richards 
aniqlagan qonuniyatni Rossiyalik olim Chechett tenglama koʻrinishda 
ifoda etgan. 
Q= kd
2
Bu yerda: Q – qisqartirilgan namunaning ishonchli massasi, kg; d – 
eng katta zarrachaning diametri, mm; k – foydali qazilmaning 
xususiyatlariga bogʻliq boʻlgan ishlov berish koeffitsiyenti (0,05 dan 1,0 
gacha). 
Ishlov berish koeffitsiyenti – k ma’danlarning xossalariga qarab 
quyidagicha oʻzgaradi: 
a) komponentlar oʻta tekis va tekis tarqalganda k = 0,05; 
b) komponentlar notekis tarqalganda k = 0,1; 
d) komponentlar oʻta notekis tarqalganda k = 0,2 ÷ 0,3; 
e) nihoyatda notekis tarqalganda k = 0,4 ÷ 0,5; 
f) oltin zarralari 0,6 mmdan katta boʻlgan oltin konlarida k = 0,8 
÷1,0 
Namunaga ishlov berish bir necha bosqichda bajarilishi mumkin. Har 
bir bosqich yuqorida keltirilgan beshta operatsiyadan iborat boʻladi. 
Namunani maydalash maxsus mexanizmlar yordamida bajariladi. 
Yirik, kichik va oʻta kichik zarralargacha maydalovchi maydalagichlar 
mavjud. Birinchi maydalagichdan oʻtgan namuna tekshiruv elagidan 
oʻtqaziladi. Keyin aralashtiriladi va mumkin boʻlgan miqdorgacha 
qisqartiriladi. Qisqartirish mumkin boʻlgan miqdor yuqoridagi 
tenglamadan har bir bosqich uchun alohida hisoblanadi. Har bir 
bosqichda tenglamadagi d oʻzgaradi. Shunga asosan namunaga ishlov 
berish sxemasi tuzib chiqiladi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling