Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Namunalarni tahlil qilish usullari


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

5.4. Namunalarni tahlil qilish usullari 
 
Olingan va ishlov berilgan namunalar tahlil qilishga yuboriladi. 
Tahlil turi foydali qazilmaning xususiyatlariga, uning mineralogik va 
kimyoviy tarkibi, tekshirish vazifalari, talab qilinadigan aniqlik darajasi 
va konning oʻrganilganlik darajasiga qarab aniqlanadi. 
Ba’zan tekshirlishlar geologiya qidiruv partiyalarining oʻzida, 
boshqalari esa maxsus laboratoriyalarda bajariladi. 


90
Kimyoviy tarkibni aniqlash. Kimyoviy tarkibni aniqlash eng keng 
tarqalgan tekshirish turidir. Tekshirishning talab qilinadigan aniqligi va 
sezgirligiga qarab spektral, kimyoviy, probir, yadro-fizik va boshqa 
analizlar qoʻllanilishi mumkin. Bu analizlarning har biri oʻziga xos 
muammolarni hal qilishga imkon beradi. 
Spektral analiz konlarni qidirish va razvedka qilish jarayonida keng 
qoʻllaniladi. Bu analiz yordamida foydali qazilmalarni geokimyoviy 
usulda qidirish ishlari bajariladi. Razvedka ishlari jarayonida spektral 
analiz ba’zi bir, ayniqsa qoʻshimcha, komponentlarning juda past 
miqdordagi konsentratsiyalarini aniqlashga imkon beradi. Ba’zi hollarda 
kimyoviy va probir analizga yuboriladigan namunalar avval spektral 
analiz bilan tekshirib koʻriladi. 
Spektral analiz juda sezgir, arzon, yuqori darajadagi mehnat 
unumdorligiga egadir. Bu analiz birdaniga koʻpchilik komponentlarni 
aniqlashga imkon beradi. Boshqa turdagi analizlardan kamchilik tomoni 
aniqlik darajasidir. Ayniqsa komponentning miqdori koʻpayganda 
spektral analiz aniq natija bermaydi. Spektral analiz uchun 1-2 g, 
namuna kifoyadir.
Kimyoviy analiz koʻpchilik ma’dan va noma’dan foydali 
qazilmalarni tekshirishda asosiy usuldir. Spektral analizga nisbatan 
uning sezgirligi pastroq, aniqligi esa yuqoriroqdir. Kimyoviy analiz 
natijalari boʻyicha ma’danlarning chegaralari oʻtqaziladi va undagi 
foydali komponentlarning zaxiralari hisoblanadi. Kimyoviy analizga 
yuboriladigan namunalarning massasi 50-100 g, boʻlib aniqlanadigan 
komponentlarning soniga bogʻliq. Qancha koʻp komponentlarni aniqlash 
kerak boʻlsa, shuncha koʻp miqdorda namuna kerak. 
Probir analiz namunadagi asl metallarning (oltin, kumush, platina va 
platinoidlar) miqdorini aniqlashga moʻljallangan. Bu analiz qimmat 
turadigan analiz boʻlib, yuqori darajada sezgir va aniq ma’lumotlar 
beradi. Uning yordamida 0,01 g/t gacha miqdordagi asl metallarni 
aniqlash mumkin. Analiz uchun 250-500g massali namuna talab 
qilinadi. Bu analizning qimmatligini hisobga olib, undan oldin 
namunalarni boshqa arzonroq usul (masalan spektral analiz) bilan 
tekshirib koʻrish kerak. 
Yadroviy-fizik 
usullar 
zamonaviy 
usul 
boʻlib, 
juda 
koʻp 
komponentlarni aniqlashda yuqori darajada sezgirlik va aniqlikni 
ta’minlaydi. Bu analizlar koʻp mehnat talab qilmaydi, namuna materiali 
sarf boʻlmaydi va uni qayta ishlatish mumkin, analiz uchun bir necha 


91
grammdan 50-200 g.gacha namuna talab qilinadi. Faqatgina bu analiz 
uchun qimmat turadigan apparatura kerak boʻladi. 
Mass-spektrometrik analiz zamonaviy analiz turlaridan boʻlib, 
hozirgi kundagi eng ishonchli usullardan biri sifatida qoʻllaniladi. Bunda 
namuna tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdori ularning atom 
massalarini tekshirish orqali aniqlanadi. Mass-spektrometrlar namuna 
tarkibidagi nafaqat kimyoviy element turini, balki ularning izotoplari 
miqdorini ham aniqlaydi.

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling