Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
5.2. Namunalar olish usullari 
 
Namuna olish usullarini uch guruhga boʻlib koʻrib chiqish mumkin. 
Ular quyidagilardir: nuqtalar boʻyicha, chiziqli va hajmiy usullardir. 
Nuqtali usullar guruhiga shtuf, nuqtaviy va hovuchlab olish usullari 
kiradi. 
Chiziqli usullar guruhiga ariqcha, punktir-ariqcha, nuqtaviy-chiziqli, 
shpur, kern va shlam usullari kiradi. 
Hajmiy usullarga sidirib olish va butunlay toʻliq olish usullari 
kiradi. 
Geologiya-qidiruv ishlarining turli bosqichlarida sharoitga qarab 
namuna olishning turli usullari tanlab olinadi. 
Togʻ lahimlaridan namuna olish usulini tanlab olishda birinchidan, 
togʻ lahimi yoʻnalishi bilan foydali qazilma tanasining yoʻnalishi 
orasidagi munosabat, ikkinchidan, lahimni qazish texnologiyasi hisobga 
olinadi. Bundan tashqari namuna olish usuli foydali qazilma turi, uning 
oʻzgaruvchanligi, strukturaviy-teksturaviy xususiyatlariga bogʻliqdir. 
Oxir oqibatda namunalash usuli foydali qazilma tanasining qanday 
koʻrinishda ochilganligiga bogʻliq. Namuna olish usullarini koʻrib 
chiqishni eng oddiy, lekin aniqligi pastroq usullardan boshlab, eng qiyin 
va koʻp mehnat talab qiladigan, lekin eng aniq ma’lumot beradigan 
usullari bilan yakunlaymiz. 
Shtuf usuli. Namuna olishning eng oddiy – shtuf usuli, togʻ jinsi 
yoki ma’danlardan vazni 0,5-2 kg boʻlgan butun boʻlaklarni sindirib 
olishdan iboratdir. Agar ma’dan tanasi murakkab tuzilishga ega boʻlsa, 
shtuflarni har bir ma’dan turlaridan ularning tarqalish darajasiga 
proporsional miqdorda olish kerak. Shtuflarning ma’danning 
xususiyatlariga mos kelishi vizual ravishda ma’danning mineral tarkibi 
va tekstura-strukturaviy xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
Namunalashning shtuf usuli keng tarqalgan boʻlib, qidirish ishlari 
jarayonida birlamchi giokimyoviy oreollarini aniqlashda, hajmiy 
ogʻirligi, gʻovakliligi, namligi, mustahkamligi va h.k.larni oʻrganishda 
qoʻllaniladi. 


78
Shtuf usuli odatda ma’danlarning kimyoviy tarkibini tekshirlish va 
ma’dan tanalarini chegaralashda ishlatilmaydi. Chunki shtuf olish 
paytidagi subyektivlik katta xatolik hosil qiladi. Faqatgina ba’zi 
hollarda, agar ma’danlanish juda tekis boʻlsa shtuf usuli ma’danning 
kimyoviy tarkibi haqida ma’lumot berishi mumkin. 
Shtuf usulining tezkorlik, samaradorlik va togʻ lahimlarini qazish 
jarayoniga xalaqit bermaslik kabi afzalliklari bor. 
Nuqtaviy usul. Bu usul bilan olingan namunaning materiali 
ma’dan tanasining bir qancha nuqtalaridan sindirib olingan, oʻlchamlari 
1,5-3 sm va massasi 10-20 g (ba’zan 50grammgacha) boʻlgan 
boʻlaklardan (birlamchi namunalardan) iborat boʻladi. Ma’dan 
tarkibidagi oʻrganilayotgan komponentlarning tarqalish qonuniyatlariga 
qarab turib, birlamchi namunalar olinadigan nuqtalar ma’lum bir sistema 
boʻyicha belgilab olinadi. Agar ma’danning namuna olinayotgan 
tekislikdagi komponentlar konsentratsiyasi ikki yoʻnalishda bir xil 
miqdorda oʻzgarib borsa, namuna olish sistemasi kvadrat toʻr 
koʻrinishida boʻladi. Agar komponentlar konsentratsiyasi bir yoʻnalish 
boʻyicha ikkinchi yoʻnalishdagiga nisbatan tezroq oʻzgarsa toʻgʻri 
toʻrtburchakli yoki rombsimon toʻr koʻrinishida tanlab olinadi (15-
rasm). 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling