Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Toʻrtlamchi davr qoplovchi yotqiziqlarining xossalari boʻyicha


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
Toʻrtlamchi davr qoplovchi yotqiziqlarining xossalari boʻyicha 
ikkita yoki uchta turdagi hududlarni ajratish mumkin: 
1. Ochiq hududlar – bularda nurash poʻsti rivojlangan va uning 
yemirilish mahsulotlari mahalliy koʻchishga uchragan, ya’ni uzoqqa 
ketmagan. Bunday hududlarda elyuviy, delyuviy ba’zi joylarda 
prolyuviy va daryo vodiylarida allyuviy yotqiziqlari uchraydi. Uzoqqa 
koʻchirilgan yotqiziqlar kam uchraydi. 
2. Yopiq hududlar – bularda tub togʻ jinslari uzoqdan koʻchirilgan 
qoplovchi yotqiziqlar bilan toʻliq qoplangan boʻlib, bu qoplama turli 
qalinlikdagi allyuvial, koʻl va dengiz choʻkindilari yoki eol 
yotqiziqlardan iborat boʻladi.
3. Yarim yopiq hududlar – bularda yuqorida koʻrsatilgan ikki xil 
hududning xususiyatlari turli miqyoslarda birgalikda keladi. 
Qidirishning geomorfologik sharoitlari asosan ochiq hududlarda 
olib boriladigan qidiruv ishlariga ta’sir koʻrsatadi. Relyefning quyidagi 
asosiy turlari ajaratiladi: 
1. Togʻli relyef. Koʻproq burmalangan zonalarda rivojlangan 
boʻladi. 
2. Strukturaviy relyef. Bunday relyef plitalar, shitlar va qisman 
burmalangan zonalarda rivojlangan. 
3. Skulptura (haykal) relyef. Bunday relyef asosan choʻkindi 
jinslarning gorizontal yotgan hududlarida rivojlangan boʻladi. 
Togʻ relyefli hududlarda quyidagi rayonlarni ajratish mumkin: 
1) oʻta baland togʻli rayonlar. Absolyut balandliklari 7000 dan 
2500m gacha. Nisbiy balandliklar (oʻzgarish chuqurligi) 2000-4000 m; 
2) togʻli rayonlar, baland va past togʻli rayonlar. 


74
Balandlari – 6000 – 2500 m, pastlari – 1900 – 1600 m.
3) oʻrtacha togʻli rayon. Absolyut balandliklari 3800 dan 400m 
gacha. Nisbiy balandliklar (oʻzgarish chuqurligi) 2000-300 m; 
4) past togʻli rayonlar. Absolyut balandliklari 1000 dan 200m 
gacha. Nisbiy balandliklar (oʻzgarish chuqurligi) 300-100 m; 
Strukturaviy relyef quyidagi turlarga ajratiladi: 
1) yassi togʻliklar. Absolyut balandliklari 1500 dan 300m gacha. 
Nisbiy balandliklar (oʻzgarish chuqurligi) 350-100 m; 
2) platolar. Absolyut balandliklari 400 dan 200m gacha. Nisbiy 
balandliklar (oʻzgarish chuqurligi) 200-50 m. 
Skulptura (haykal) relyefi tekisliklarda rivojlanadi va quyidagi turlari 
bor: 
1) baland tekisliklar. Absolyut balandliklari 300 dan 100m gacha. 
Nisbiy balandliklar (oʻzgarish chuqurligi) 100-30 m; 
2) past tekisliklar. Absolyut balandliklari 80 dan 60m gacha. 
Nisbiy balandliklar (oʻzgarish chuqurligi) 30-10 m. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling