69
boʻyicha shnur-oriyentir yoki oʻlchov lentasi tortiladi. Soʻngra
ariqchaning gabaritlari oʻlchanadi va kerakli masshtabda ariqchaning
plani chiziladi. Hujjatlashtirish intervallar boʻyicha yoki qatlamlar
boʻyicha birin-ketin olib boriladi. Togʻ yonbagʻirlari boʻyicha tik
oʻtilgan ariqchalar pastdan yuqoriga qarab hujjatlashtiriladi.
Ariqlar
hujjatlashtirishga
tayyor
boʻlgach
bajariladigan
operatsiyalarning tartibi quyidagicha:
ariqchani tavsiflash, namunalar
olish, oʻlchovlar bajarish,
rasmini chizish, fotosuratga olish, ariqchani
reestrga kiritish. Ariqchani tavsiflash deganda u kesib oʻtgan va
ochilgan
geologik kesimning ta’rifi tushuniladi. Bu geologik kesimni tashkil
etuvchi togʻ jinslarining hammasi alohida-alohida ta’riflanadi.
Ariqchaning rasmini chizishda ochilgan geologik kesimning ariqchaning
devorlari va tubi buyicha rasmi chiziladi. Odatda ariqchaning tubi va
uzun devorlaridan
birining rasmi chiziladi, chunki ariqcha yoʻnalishi
togʻ jinslari yoʻnalishiga koʻndalang boʻlsa, ikkala uzun devorda bir xil
geologik kesim kuzatiladi. Lekin, ariqcha murakkab geologik kesimni
ochgan boʻlsa, u holda ariqcha tubi, ikkala
uzun devor va ikkala kalta
devorlarining rasmi ham chizilishi mumkin (2-rasm).
Ariqlarni
hujjatlashtirishda
zamonaviy
fotokameralarning
imkoniyatlarini inobatga olib, keng koʻlamda rangli fotografiyadan
foydalanish tavsiya etiladi. Buning uchun
ariqchaning fotosuratga
olinadigan joylari yaxshilab tozalanishi kerak. Ariqlar reestrida ularning
nomeridan, joyidan va yoʻnalishidan tashqari, ariqchalarning kattaligi
(oʻlchamlari),
namunalar soni, namunalarni tekshirlish natijalari va
boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: