Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


I. Foydali qazilma uyumlarining qalinligi boʻyicha tasniflash


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

I. Foydali qazilma uyumlarining qalinligi boʻyicha tasniflash oʻz 
navbatida bir nechta koʻrsatkichlar boʻyicha koʻrib chiqiladi. Avvalam 
bor foydali qazilma uyumlarining qalinligi konditsion (sanoat talabiga 
javob 
beradigan
yoki 
nokonditsion 
(sanoat 
talabiga 
javob 


12
bermaydigan) boʻlishi mumkin. Bundan tashqari konchilik ishida 
quyidagi tasniflash qabul qilingan: 

Qalinlikning barqarorligi boʻyicha: 
1) 
Qalinligi barqaror uyumlar. Uyumlarning ishchi chegaralari 
100% butun, ya’ni uzilmagan. 
2) 
Qalinligi nisbatan barqaror uyumlar. Uyumlarning ishchi 
chegaralari 75% butun, yoki 25%ga uzilgan. 
3) 
Qalinligi beqaror uyumlar. Uyumlarning ishchi chegaralari 
50% gacha butun, yoki 50%gacha uzilgan. 
4) 
Qalinligi oʻta beqaror uyumlar. Uyumlarning ishchi 
chegaralari 50% dan butun, yoki 50%dan ortigʻi uzilgan. 

Qalinligining kattaligi boʻyicha: 
a) Yupqa qatlamsimon uyumlar. Qalinligi 1-1,5m dan kam 
boʻlgan ma’dan tanalari. 
b) Oʻrtacha qalinlikdagi uyumlar. Foydali qazilma tanasining 
qalinligi 1-1,5m dan 3-4m gacha. 
d) Katta qalinlikdagi uyumlar. Foydali qazilma tanasining 
qalinligi 3-4m dan 8-10m gacha. 
e) Juda katta qalinlikdagi uyumlar. Foydali qazilma tanasining 
qalinligi 10m dan 50m gacha. 
f) Oʻta katta qalinlikdagi uyumlar. Foydali qazilma tanasining 
qalinligi 50m dan koʻp. 
II. Foydali qazilma sifati boʻyicha tasniflash turli foydali qazilmalar 
uchun turlicha boʻlishi mumkin. Masalan oltin konlarida eng muhim 
sifat koʻrsatkichlari – oltinning ma’dandagi mineralogik shaklidir.
Bu jihatdan oltinning quyidagi mineralogik shakllari ajratiladi: 
- yirik oʻlchamli erkin oltin; 
- yirik va mayda oʻlchamli erkin oltin (sianlanish usulida ajratib 
olinishi mumkin boʻlgan oltin); 
- sulfidlarda bogʻlangan oʻta dispers oltin (sianlanish usulida 
ajratib olinishi qiyin boʻlgan oltin). 
Koʻpchilik konlarda oltinning yuqorida koʻrsatilgan uchchala turi 
ham uchrashi mumkin. Unda konning iqtisodiy baholanishi uchun bu 
turlarning nisbiy rivojlanganlik darajasi koʻrib chiqiladi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling