Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Minerallashgan nuqta – oʻlchamlari va sifati jihatdan sanoat 
talabiga javob bermaydigan foydali qazilmaning tabiiy toʻplami. 
Ma’dan namoyoni – faqat sifat jihatdan sanoat talablariga javob 
beradigan foydali qazilmaning tabiiy toʻplami. 
Foydali qazilma koni – foydali qazilmaning miqdori va sifati 
jihatdan sanoat talablariga javob beradigan foydali qazilmaning tabiiy 
toʻplami (1-rasm). 
Ma’danli maydon – bir yoki bir nechta foydali qazilma koni yoki 
ma’dan namoyoni joylashgan hudud. 
Ma’danli provinsiya – bir qancha ma’danli maydonlarni oʻz ichiga 
oladigan hudud. 
Bundan tashqari har bir qidirish obyekti ichida qidiriladigan va 
oʻrganiladigan “obyekt ichidagi obyekt” lar – ya’ni foydali qazilma 
tanasi va ma’danlashgan zona nomlari bilan ataladigan obyektlarni 
ham keltirib oʻtish zarur. Bu mayda obyektlar minerallashgan nuqta, 
ma’dan namoyoni yoki foydali qazilma koni kabi obyektlarning 
hududida bitta, bir nechta yoki koʻplab miqdorda boʻlishi mumkin. 
Foydali qazilma tanasi yoki ma’dan tanalari – konditsiya 
koʻrsatkichlari boʻyicha sanoatbop ma’danlar deb tan olinuvchi bir 
butunlikka ega boʻlgan ma’dan uyumlari.


9
 
1-rasm. Surenota temir koni uchastkalarining joylashish va geologik tuzilish 
sxemasi: 
1 - zamonaviy yotqiziqlar; 2 - yuqori devon, famen va fran yaruslari: dolomitlar, 
dolomitli ohak toshlar, har xil qatlamli ohaktoshlar, ohaktoshli qumtoshlarning 
mayda qatlamlari; 3 - oʻrta devon, jivet yarusi: qumtosh, alevrolit, tuflar va kvarsli 
riolitlarning lava oqimi; 4 - oʻrta karbon intruziv komplekslari: granodioritlar;
5 - tektonik uzulmalar; 6 - skarnlar; 7 - temirli uyumlar; 8 - uchastkalar chegarasi 
va tartib raqami: 1 - “Quturbulak” uchastkasi; 2 - “Jelezniy razlom” uchastkasi;
3 - “Pochayarvulak” uchastkasi; 4 - “Zapadniy” - uchastkasi; 5 - “Yujniy” 
uchastkasi; 6 - “Vostochniy” uchastkasi; 7 - “Dalniy” uchastkasi; 8 - “Laylakxona” 
uchastkasi.

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling