Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
 
 
 
 
 
 


4
1-modul. FOYDALI QAZILMA KONLARINI QIDIRISH VA 
RAZVEDKA QILISHNING NAZARIY ASOSLARI 
 
Modul boʻyicha reja: 
1.1. “Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari” 
faniga kirish. 
1.2. Qidirish va razvedka qilishning nazariy asoslari. 
Tayanch soʻz va iboralar: mineral resurslar, qidirish va razvedka 
qilish, geologiya-qidiruv ishlari ketma-ketligi, geologik nazariy asoslar, 
iqtisodiy nazariy asoslar, matematik nazariy asoslar, umumgeologik 
fanlar, qidirish va razvedka qilishning asosiy obyektlari, ma’danli 
provinsiya, ma’danli kamar, ma’danli maydon, foydali qazilma koni, 
ma’dan namoyoni, minerallashgan nuqta, tasniflash tamoyillari, 
geologik-iqtisodiy tasnif, genetik tasnif, formatsion tasnif. 
1.1. “Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari” 
faniga kirish 
 
Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Oʻzbekiston Respublikasida 
xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida qoʻllaniladigan har xil turdagi 
ma’danli va noma’dan foydali qazilma turlari mavjud. XX asr davomida 
nodir, rangli, siyrak yer elementlari, radioaktiv va qora metallarning 
koʻplab konlari va istiqbolli ma’danlashuvlari aniqlangan. Shunga 
qaramasdan bularning ba’zi birlari bundan bir necha asrlar va hatto ming 
yillar oldin ajdodlarimiz tomonidan aniqlangan va foydalanib kelingan. 
Respublika mustaqilligining oxirgi oʻn yilligida geologiya xizmati 
xalq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda 
Oʻzbekistonda 30 dan ortiq turdagi xomashyoni qamrab olgan 100 dan 
ortiq konlar razvedka qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududining 
geologik oʻrganilganlik darajasi boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlardan 
birini egallaydi. Bularning hammasi geologlarning koʻp yillik samarali 
mehnatlari evaziga hosil boʻlgan. Respublika oʻzining bozor 
iqtisodiyotini qurayotgan bir paytda mineral xomashyo bazasini 
rivojlantirish juda ham zarurdir. Respublikamiz oltin va uran zaxiralari 
boʻyicha birinchi beshlikka, oltin, uran va mis qazib olishda birinchi 
oʻnlikda. MDH davlatlari ichida oltinning zaxirasi va qazib chiqarishda 
ikkinchi, kumush va mis boʻyicha uchunchi oʻrinni egallagan. 
Oltin, mis, kumush, rux, qoʻrgʻoshin, volfram, molibden kabi foydali 
qazilmalarning zaxiralarini razvedka qilishda koʻplab shaxtalar


5
rudniklar, karyerlar va ikkita yirik Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya 
kombinatlari xizmat koʻrsatib kelmoqdalar. 
Hozirgi kunda Respublika boʻyicha geologiya-qidiruv va razvedka 
ishlari Geologiya va mineral resurslar Davlat Qoʻmitasining 
ixtisoslashgan 
geologiya-qidiruv 
korxonalari 
tomonidan 
olib 
borilmoqda. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng geologiya-
qidiruv ishlarini oqilona va tejamkorlik bilan olib borish maqsadida 
mazkur ishlarni bosqichma-bosqich bajarishning quyidagi ketma-ketligi 
qabul qilingan: 1) regional geologik tadqiqotlar; 2) 1:50000 (yoki 
1:25000) masshtabdagi davlat geologik xaritalash ishlari; 3) qidirish 
ishlari; 4) baholash ishlari; 5) razvedka qilish ishlari; 6) qoʻshimcha 
razvedka qilish ishlari; 7) ekspluatatsion razvedka qilish ishlari.
Mukammal razvedka qilingan konlar davlat zaxiralari boʻyicha 
komissiya (DZK) tasdigʻidan oʻtsa, obyekt sifatida oʻzlashtirishga yoki 
sotishga tayyor hisoblanadi. 
«Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari» fani 
5311700-“Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi 
(qattiq qazilmalar)” yoʻnalishi boʻyicha umumgeologik fanlar blokiga 
kiradi va 6-semestrda oʻqitiladi. Fanni oʻqitishda barcha umumiy va 
maxsus geologik fanlardan olingan bilimlar asos boʻlib xizmat qiladi. 
Shuning uchun bu fan uchinchi kursda, yuqoridagi fanlardan keyin 
malakaviy amaliyotdan oldin oʻqitiladi. 
«Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari» 
fanini oʻqitishdan maqsad konlarni qidirish va razvedka qilishning 
nazariy asoslarini va usullarini, foydali qazilma konlarining sanoat va 
genetik turlarini, geologiya qidiruv ishlari bosqichlarini, qidirish 
belgilari va mezonlarini, foydali qazilmalarni namunalash, foydali 
qazilma konlarini qidirish va razvedkasida texnik vositalarni qoʻllash va 
foydali qazilma konlari zaxiralarini hisoblashning turli usullarini 
oʻrganishdir. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling