Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


lozim.  «FQKlarini qidirish va razvedka qilish» bir tomondan


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

lozim. 
«FQKlarini qidirish va razvedka qilish» bir tomondan geologik 
fan boʻlsa, ikkinchi tomondan xalq xoʻjaligining ishlab-chiqarish 
sohasidir. Koʻpchilik iqtisodchilar geologiya-qidiruv ishlari (GQI) 
sohasini material ishlab chiqarish sohasiga kiritadilar. Bu jihatdan soha 
bajaradigan ish va fanning nomi mos tushadi. 
Geologlar mehnatining natijasi ochilgan va razvedka qilingan 
konlardagi foydali qazilma zaxirasidir. GQIlarining muhim qismini 
ilmiy analiz (tahlil) qilish, sistemalashtirish, umumlashtirish va 
bashoratlash ishlari tashkil etadi.
Qidirish va razvedka qilish fanining predmeti va boshqa fanlar bilan 
bogʻliqligi, xalq xoʻjaligining bu fan oldiga qoʻygan talablaridan kelib 
chiqadi. 


7
«Qidirish» va «razvedka qilish» atamalarining farqi bu ishlarning 
vazifasi bilan belgilanadi.
Qidirishning vazifasi – FQKlarini izlab topish.
Razvedka qilishning vazifasi – izlab topilgan FQKlarining, uni 
qazib olish uchun muhim boʻlgan barcha xususiyatlarini oʻrganish.
Qidirish vazifasini muvaffaqiyatli, planli va ilmiy asoslangan holda 
bajarish uchun quyidagilarni bajarish zarur: 
- FQKlarining joylashishini belgilovchi qonuniyatlar (faktorlar, 
qidirish mezonlari)ni bilish (oʻrganib chiqish); 
- Turli sharoitlardagi konlarning qidirish belgilarini oʻrganish; 
- Samarali qidirish usullarining kompleksini ishlab chiqish va ularni 
tabiiy sharoit va qidirish belgilariga qarab ishlatish sharoitlarini aniqlab 
olish va amalga oshirish
- Qidirish ishlarining natijalari boʻyicha konning sanoat uchun 
ahamiyatiga baho berish va sanoat uchun yaroqsiz obyektlarni oʻz 
vaqtida «brakovka» qilish. 
Razvedka qilish jarayonida quyidagi geologik, togʻ-texnik, 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling