10
joylashadi. Ana shu har bir ma’danli zona
ichida esa bitta yoki bir
nechta ma’dan tanalari joylashgan boʻlishi mumkin.
1.2. Qidirish va razvedka qilishning nazariy (iqtisodiy, matematik,
geologik) asoslari
Nazariy asoslarni tushunish uchun zarur boʻlgan umumiy
tushunchalar
Nazariya faqat shunda nazariya deyilishi mumkinki, agar u hodisa va
jarayonlarni, ularning xususiyatlarini
bashorat qila olsa.
Har qanday umumlashtirish va xulosa chiqarish oʻz ichiga
bashoratlashni oladi
.
Qidirish va razvedka qilishning bosh obyekti – «boʻsh jinslar» bilan
oʻralgan foydali qazilma (yoki ma’dan)
.
«Foydali qazilma koni» obyekt sifatida
iqtisodiy samara bilan
foydalanish uchun qidirish va razvedka jarayonida ajratiladi.
Boʻsh jins va foydali qazilma (yoki ma’dan) bir-birlaridan
oʻzlarining iqtisodiy yoki geologik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan
farqlanadilar. Shuning uchun qidirish
va razvedkaning nazariy
asoslaridan birini
mineral xomashyo iqtisodiyoti tashkil etadi.
Foydali qazilma (ma’dan) va foydali qazilma koni oʻz mohiyatiga
koʻra geologik jismlardir. Ularning paydo boʻlishi
va joylashishi
geologik qonuniyatlarga boʻysunadi. Shuning uchun ularni bilish va
ulardan qidirish va razvedka jarayonida foydalanish «FQKlarini qidirish
va razvedka qilish»ning
geologik asosini tashkil etadi.
Geologik jarayonlar juda koʻp
holatlar, sharoitlar, vaziyatlar va
sabablarga bogʻliq boʻlgan,
koʻp faktorli jarayonlardir. Geologik
qonuniyatlar ehtimollik xarakteriga egadir. Bu qonuniyatlarni aniqlash
geologik va geofizik uslublardan tashqari
matematik asoslanishni ham
talab etadi. Shuning uchun geologik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni
hisoblashda, ayniqsa ularning oʻrtacha miqdorlarini hisoblashda
matematikaning «ehtimollar nazariyasi» qoidalarini qoʻllash talab
etiladi.
Shunday qilib,
qidirish va razvedka qilish obyektining mohiyati uchta
fan
(iqtisodiyot, geologiya, matematika) uslublari yordamida ochib
berilishi va tavsiflanishi mumkin.
Qidirish va razvedka qilish vazifalarining
bajarilishi yuqorida
keltirilgan uchta fan usullari kompleksini qoʻllashni talab etadi.