Choksiz quvur mahsulotlarini ishlab chiqarish
Ma’lumki, turli metall va qotishmalardan har xil quvurlar prokatlash, payvandlash, presslash, kiryalash va bu usullarni kombinatsiyalash yo‘llari bilan olinadi.
Choksiz quvurlarni olish uchun ma’lum haroratgacha qizdirilgan yumaloq quymalarni yoki zagotovkalarni prokatlash natijasida qalin devorli quvurlar olinadi. Bu jarayonni umumiy tarzda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1) yumaloq kesimli zagotovkani zaruriy haroratgacha metodik pechda qizdirish.
2) bu zagotovkani prokatlab gilza olish.
3) qizdirilgan gilzani maxsus standa prokatlab quvur tayyorlash.
4) tayyorlangan quvurni kalibrlash.
Chokli quvurlarni ishlab chiqarish
Bunda zagotovka sifatida po‘lat list olinib, uning eni tayyorlanadigan quvurning perimetriga, qalinligi esa uning devoir qalinligiga teng bo‘ladi. List zagotovka 1300-1350°C haroratgacha qizdirilib, stanning payvandlash voronkasi orqali tortib o‘tkaziladi. Bunda zagotovka qirralari qisilib ezilishi oqibatida payvandlanadi. Kichik diametrli (100 mm gacha) quvurlar ana shu usulda ishlab chiqariladi. Katta diametrli (630-1420 mm) quvurlarni ishlab chiqarishda zagotovkani list qayirish stanida quvur shakliga keltirib, zarur haroratgacha qizdirilgach, uni opravkaga kiygizib, prokatlash stanining o‘yiqli jo‘valari orasidan ezib o‘tkaziladi va payvandlanadi. Ba’zida ularni chokli joylari flyus qatlami ostida avtomatik payvandlanadi.
Nazorat savollari:
1.Prokat mahsulotlar turlarini aytib bering.
2.Sortli prokat mahsulotlarini ishlab chiqarish tehnologik jarayoni haqida gapirib bering.
3.Chokli va choksiz qalin va yupqa devorli quvurlarni ishlab chiqarish usulini tushuntirib bering.
11Amaliy mashg‘ulot
Prokat stanlarini tuzilishi va konstruksiyasini o‘rganish
Metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlarida tehnologik jarayonlarning turlariga qarab, turli xil uskunlar va jihozlar qo‘llaniladi. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |