O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti nazarov xusanbek avazbek o‘G‘LI


Download 4.26 Mb.
bet32/33
Sana20.10.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1712603
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Диссертация Хусан Назаров nusxa

3-bob buyicha xulosalar

Ushbu bobda o‘zi-o‘ziga o‘hshash jarayonlarni prognozlash mumkinligining nazariy asoslanishi bayon etilgan. Shuningdek o‘zi-o‘ziga o‘xshash teletrafikni qanday hususiyatlari uni prognozlash mumkinligiga ta’sir etishi ko‘rsatilgan


Kanal o‘tkazuvchalik qobiliyatini tezkor (dinamik) taqsimlash masalasi tarkibida tarmoq trafigini prognizlash masalasi qo‘yilgan.
Prognozlash mumkinligini tekshirish va prognoz sifatini baholash bilan birga yo‘qotishlar koeffitsenti va yetarlicha foydalanilmaganlik koeffitsiyenti kiritilgan. Ular o‘rganilayotgan masalaga nisbatan aniq fizik ma’noga ega va kanal o‘tkazuvchanlik qobiliyatini statistik berilishiga nisbatan tezkor boshqarish algoritimini qo‘llashdan keladigan yutuqni adekvat baholash imkoniyatini beradi.
Statistik tekshiruvlardan foydalanib, kanal o‘tkazuvchanlik qobiliyati statistik berilgan tizimda o‘ziga o‘xshash traffikni qayta ishlashda yo‘qotilish xarakteristikalari baholandi.
Turli xildagi (oddiy prognoz, birinchi navbatdagi autoregressivelik) prognozlash algoritmlarini qo‘llaydigan, kanal o‘tkazuvchanlik qobiliyati dinamik taqsimlangan tizimda O‘zi-o‘ziga o‘xshash traffikni qayta ishlanganda, yo‘qotilish xarakteristikalari baholandi.
Kanal o‘tkazuvchalik qobiliyatini dinamik taqsimlanish sxemalaridagi analogik ko‘rsatgichlar asosida yo‘qotilishlarni baholash natijalarini taqqoslash natijasida kerakli bo‘lgan oddiy prognozlash sxemasi tanlandi.
Kanal o‘tkazuvchalik qobiliyatini tezkor (dinamik) boshqaruvi algoritimida oddiy prognozlash usulini qo‘llab, yo‘qotilishlarni kamaytiriladi va tizim resurslaridan foydalanishni oshirish mumkin.


YAKUNIY XULOSALAR

O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:


1.Multiservisli tarmoqning xususiyatlari quyidagilardan iborat: multiservislik, keng polosalilik, multimediaviylik, intellektuallik, foydalanishning invariantligi, ko‘p operatorlik; shuningdek, xizmatlar: an’anaviy telefon trafigini uzatish, ma’lumotlar uzatish trafigini uzatish, korporativ tarmoqning ma’lumotlarini Internet trafigi orqali uzatish, mobil tarmoq trafiklarini uzatish, Internet tarmog‘iga ulanish, ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga kirish.
2. Multiservis tarmog‘ining arxitekturasi juda murakkab va juda ko‘p "qatlamlarga" bo‘linadi. Eng muhim darajalardan biri - boshqaruv darajasi бўлиб, у esa o‘z navbatida - tarmoq elementlari darajasiga, elementlarni boshqarish darajasiga, tarmoqni boshqarish darajasiga, xizmatlarni boshqarish darajasiga, biznesni boshqarish darajasiga bo‘lingan.
3. Tarmoqni boshqarish tizimi quyidagi nisbatan avtonom funksional tizimlarga bo‘linadi: tezor boshqaruv tizimi; texnik xizmat ko‘rsatish tizimi; ma’muriy boshqaruv tizim.
4. Tezkor boshqaruv tizim vazifalari: marshrutlash, trafikni boshqarish. Tezkor boshqaruv tarmoq faoliyatida doimiy ravishda qo‘llaniladi va o‘zgarmaydigan parametrlar darajasini boshqaruvini amalga oshiradi. Tezkor boshqaruvga bo‘lgan ehtiyoj tarmoqdagi vaziyatlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, masalan, ma’lumotlar oqimlarining intensivligining vaqtinchalik o‘zgarishlarida va ishlab chiqarish ehtiyojlari sabab bo‘lgan uskunalarni sozlashda namoyon bo‘ladi.
5. O‘zi-o‘ziga o‘xshash jarayonlarning prognozlashning nazariy asoslari keltirildi. Bundan tashqari, o‘zi-o‘ziga o‘xshash teletrafikning qaysi xususiyatlari uning prognoziga ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatildi.
6. Prognozlanish va prognoz sifatini baholash uchun algoritm aniqlandi. Klassik signal-shovqin usuli bilan bir qatorda, quyidagi hisoblar koeffitsiyenti kiritilgan: yo‘qotish koeffitsiyenti va foydalanilmaganlik koeffitsiyenti, ma’lum bir fizik ma’nolarga ega bo‘lgan va tezkor boshqaruv algoritmidan foydalanish yutuqlarini adekvatligini belgilab beradi
7.Turli xildagi (oddiy prognoz, birinchi navbatdagi autoregressivelik) prognozlash algoritmlarini qo‘llaydigan, kanal o‘tkazuvchanlik qobiliyati dinamik taqsimlangan tizimda O‘zi-o‘ziga o‘xshash trafikni qayta ishlanganda, yo‘qotilish xarakteristikalari aniqlandi. Sodda prognozlash usulini tanlab, resusrs hajmining kichikligiga va prognozchining talabchanligiga, shuningdek yo‘qotilishning eng yaxshi ko‘rsatkichi va axborotni taqsimlash tizimida hizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash algoritimini hosil qilish uchun kanal resurslaridan (D+ va D-) foydalanish maqsadga muvofiqdir.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling