O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T normuradov, B. E umirzaqov, A. Q tashatov
VI BOB. ELEKTRON OPTIK VA ZAMONAVIY MIKRASKOPLAR
Download 4.16 Mb. Pdf ko'rish
|
NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI (UMUMIY) 22.06.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1. Elektron mikroskopda tasvirlar hosil qilish
VI BOB. ELEKTRON OPTIK VA ZAMONAVIY MIKRASKOPLAR
YORDAMIDA NANOPLYONKALARNI O’RGANISH USULLARI Hozirgi kunda qattiq jism yuzalarini, nanomateriallar tuzilishini o‘rganish uchun elektron mikroskoplar keng qo‘llanilmoqda. Jismni elektronlar dastasi bilan yoritish usuli yorug‘lik dastasi jism orqali o‘tuvchi va shundan so‘ng optik tizimga tushuvchi oddiy yorug‘lik mikroskopni eslatadi. Amalda esa elektronoptik tasvirni hosil bo‘lishiga olib keluvchi jismning elektronlar to‘plam bilan ta’sirlashish harakteri, yorug‘lik mikroskopda jismning yorug‘lik to‘plami bilan ta’sirlashish mexanizimidan mutloq farq qiladi. Mikroskoplarning turlari juda ko‘p bo‘lishiga qaramasdan ularni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: yorug‘lik (optik) mikroskoplari va elektron mikroskoplardir. Mikroskoplar asosan uchta tizimdan iborat bo‘ladi: elektronlar (yorug‘lik) manbai, nurlarni boshqarish tizimi va tekshirilayotgan jism. Jismning o‘lchami va qo‘yilgan vazifaga qarab mikroskoplar ikki xil rejimda ishlashi mumkin: o‘tuvchi nurlar va qaytgan nurlar mikroskopiyasi. Nurlarning o‘lchami 5 – 10 mkm dan 100 mkm gacha bo‘lishi mumkin. Yuzani to‘liq tekshirish uchun rastrli mikroskoplar ishlatiladi. Elektron to‘p qabul qilgichda iloji boricha kichik o‘lchamga ega bo‘lgan fokuslangan elektron dastani hosil qilish uchun xizmat qiladi. Bunday to‘plar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: -qabul qilgichda ko‘ndalang kesimi eng kichik qiymatga ega bo‘lgan elektron dastani hosil qilish; -ekran tekisligida dastadagi tok zichligining kerakli qiymatlarini ta’minlashi; -dastadagi tok kattaligi kerakli oraliqda oson o‘zgartirilishi lozim. Hozirgi kunda kattalashtirish koeffitsiyenti 10 6 ga teng bo‘lgan mikroskoplar mavjud. 6.1. Elektron mikroskopda tasvirlar hosil qilish Yorug‘lik mikroskopida jism orqali o‘tuvchi yorug‘lik to‘plami jismdagi yorug‘likni turlicha yutuvchi, qaytaruvchi, sindiruvchi va sochuvchi qismlarda 142 turlicha susayadi. Bu esa jismning tasvirini ko‘rish imkonini beradi. Misol uchun turlicha yutuvchi soha holatida jism bo‘laklari tomonidan yorug‘likni kuchliroq to‘xtatuvchi soha, tasvirda jismning shaffof sohasiga nisbatan qoraroq bo‘ladi. Elektron to‘plami bilan ishlaganda elektronlarning shunday tezligini tanlash mumkin bo‘ladiki, unda elektron jism orqali o‘tayotganda undagi zich va qalin bo‘laklar tomonidan qisman ushlanardi. Biroq ishlashning bu turi yorituvchi turdagi elektron mikroskop uchun yaroqsizdir. Elektronlar jism tomonidan ushlanishi uchun u o‘zining energiyasini yo‘qotishi kerak. Biroq elektronlar jism atomlari bilan to‘qnashib, o‘zining energiyasini asosan katta bo‘lmagan bo‘laklarda beradi. Berilgan energiya kattaligi boshlang‘ich energiyaning katta bo‘lmagan qismini tashkil qiladi. Shuning uchun elektron jism orqali o‘tayotganda, uning tezligi sekin asta kamayadi. Demak, elektronlarning boshlang‘ich tezligini jismning ma’lum bir bo‘laklarida ushlanishi uchun tanlansa, u holda boshqa bo‘laklar orqali o‘tgan elektronlar o‘z energiyasining sezilarli qismini yo‘qotadi va tezliklari keskin farqlanishi vujudga keladi. Bu esa katta xromatik aberratsiyani yuzaga keltiradi. Shuning uchun ular tasvirni hosil qilish uchun yaroqsizdir. Download 4.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling