O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T normuradov, B. E umirzaqov, A. Q tashatov
Download 4.16 Mb. Pdf ko'rish
|
NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI (UMUMIY) 22.06.2020
Akslangan elektronlar. Ular birlamchi elektronlarning bir marotaba elastik
sochilishlari natijasida katta burchakka (90° gacha) yoki ko‘p marotaba sochilishlar natijasida kichik burchakka sochilishda hosil bo‘ladi. Yakunda birlamchi elektronlar namuna atomlari bilan bir necha ta’sirlashib, energiya yo‘qotadi va o‘zining harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi, hamda namuna sirtini tark etadi. Akslangan elektronlarning hosil bo‘lish sohasining o‘lchami katta va namuna materialida elektronlarning yugurish yo‘liga bog‘liq. Soha ko‘lami birlamchi elektronlarni tezlashtiruvchi kuchlanish oshishi va namuna tarkibiga kiruvchi elementlarning o‘rtacha atom raqamining Z kamayishi bilan o‘sadi. Soha ko‘lami 0,1 dan 1 mkm gacha borishi mumkin. 165 Akslanish jarayonida energiyaning bir qismini yo‘qotgan elektronlar namunani elektron zond tushgan joyga nisbatan katta masofada tark etadi. Bunga mos ravishda signal olinadigan yuza zond yuzasidan katta bo‘ladi. Shuning uchun akslangan elektronlarni qayd qilish rejimida REM ning ajrata olishi katta emas va katta bo‘lmagan tezlashtiruvchi kuchlanishda va og‘ir material bilan ishlaganda 10 nm o‘zgarsa, katta tezlashtiruvchi kuchlanishda va yengil material bilan ishlaganda 100 nm yetadi. Akslangan elektronlar emissiyasining eng asosiy xususiyati elementning atom raqamiga bog‘liqligidir. Birlamchi elektronlar to‘plamining tushush nuqtasida material atom raqami kichik bo‘lsa, u holda qichik energiya zahirasiga ega bo‘lgan kam miqdorda akslangan elektronlar hosil bo‘ladi. Atom raqami katta bo‘lgan namuna sohasida, ko‘p miqdorda elektronlar akslanadi va namunaning kichik chuqurligida hosil bo‘lganligi uchun ular sirt tomon harakatlanishida kam energiya yo‘qotadi. Bu qonuniyat akslangan elektronlarda tasvir olishda ishlatiladi. 6.16. – rasm. Jism sirtini elektronlar (zond) oqimi bilan nurlantirlganda signallarni hosil bo‘lish sohasi. 1 – Oje – elektronlar, 2 – ikkilamchi elektronlar, 3 – akslangan elektronlar, 4 – xarakterli rentgen nurlanishlari, 5 – sekinlashuvchi rentgen nurlanishlari, 6 – fluoressensiya. 1 2 3 4 5 6 E=0 1nm 1 -1 0 n m 0, 1 -1 n m 0 ,2 -2 n m zond d |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling