O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 
 


2.2. Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlari 
 
Yadroviy aslahalar keng miqyosda odamlarni, sanoat va turar joy 
markazlarini yo‘q qilish, inshoatlarni, texnikalarni ishdan chiqarish uchun 
mo‘ljallangan. 
Yadroviy qurollar: yadro zaryadidan, qurolni nishonga yo‘naltiruvchi 
qismdan va qurolni boshqaradigan qismidan tashkil topgan. Yadroviy aslahalar 
turli xil ko‘rinishlarda: bomba, mina, snaryad, raketa va torpedolarning jangovar 
qismida va boshqa ko‘rinishlarda tayyorlanadi. 
Yadroviy qurollarning ishlashi zanjirli reaktsiya natijasida (termoyadro 
reaktsiyasi asosida parchalanadigan og‘ir yadrolar va engil yadrolar, vodorod va 
boshqa element izotoplarining hosil bo‘lishi) hosil bo‘ladigan ichki yadroviy 
energiyalarning hisobiga amalga oshadi. Yadroviy qurollarning kuchi trotil 
ekvivalenti bilan o‘lchanadi. Bu degan so‘z oddiy portlovchi modda trotil
(trinitrotoluol) portlaganda ajraladigan energiya miqdori o‘sha portlovchi 
moddaning portlash kuchiga ekvivalentdir. Trotil ekvivalenti tonna (t.), kilotonna 
(kt.) va mega tonna (mt.) bilan o‘lchanadi. 
Yadro qurolidagi portlovchi moddaning quvvatiga qarab juda kichik 
(quvvati I kt-gacha), kichik (1-10 kt), o‘rtacha (10-100 kt), katta (100 kt- I mt) va 
juda katta (I mt dan yuqori) turlariga bo‘linadi. 
Yadroviy qurollarning vayronagarchilik darajasi qurolning turiga, 
quvvatiga, joylashgan o‘rniga, portlash sharoitiga inshoatlarning himoyalanish 
darajasiga qarab va boshqa sabablar bilan aniqlanadi. 
Dushman tomonidan qo‘llanilgan qirg‘in qurol oqibatlarini (xalqqa, atrof-
muhitga, inshoatga) tugatish va unga qarshi olib boriladigan chora-tadbirlar, o‘sha 
qurolning ta’sir etish faktorlarini o‘rganishdan boshlanadi. 
Yuqorida aytilganidek, yadro aslahasi portlatilganda hosil bo‘ladigan ichki 
energiya quyidagi ta’sir faktorlariga sarflanadi: jumladan, to‘lqin zarbasi, 
yorug‘lik nurlanish, radiatsiya nuri, radioaktiv zarrachalar va elektromagnit impuls 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling