O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
Image [disk yurituvchi nomi]
Agar disk yurituvchi kо‘rsatilmasa, faol (joriy) disk yurituvchi tushuniladi. Image.bak faylini xosil kilishni bekor qilish uchun Image/Noback buyrug‘i beriladi. Image dasturining bajarilish vaqti juda qisqa, shuning uchun uni tez-tez bajarib turish tavsiya etiladi. Yordamchi diskni tayyorlab qо‘yish ham foydalanuvchi uchun muhimdir. Yordamchi disk nima va uning vazifasi qanday, degan savolga javob beraylik. Kompyuterning boshlang‘ich yuklanish jarayonida DOS ning tizimlarini ochish va 168 ularni ishlatish uchun (ya’ni boshkarishni buyruq fayllarga berish uchun) BIOS dasturlaridan foydalaniladi. Agar bu dasturdagi ma’lumotlar buzilgan bо‘lsa, kompyuter ishga tushmaydi (yuklanish oxiriga Yetmaydi) yoki ba’zi bir mantiqiy disklar (diskdan yuklanish rо‘y berganda) «kо‘rinmaydi». Bunday holatda yo’qolgan yoki buzilgan ma’lumotlarni tiklash oson ish emas, xatto mutaxassislar uchun xam talaygina vaqt talab qiladi. Bu vaziyatda Rescue dasturi yordam beradi. Ushbu dastur ma’lumotlarni (yuklash dasturini) yordamchi diskka yozib qо‘yadi va ularni shu diskdan qayta tiklab beradi. Yordamchi diskni tayyorlash uchun 2 — 3 daqiqa vaqt sarf etiladi va har safar DOS konfiguratsiyasi о‘zgartirilganda yordamchi diskni yangilab turish tavsiya etiladi. Kompyuterni ishlatish jarayonida diskda juda kо‘p keraksiz va bak kengaytmali fayllar xosil bо‘ladi. Xotirani kengaytirish, tozalash maqsadida qattiq disklarni keraksiz fayllardan tozalash uchun Wipeinfo dasturidan foydalanish mumkin. Kompyuterdan kancha kо‘p foydalaNilsa, qattiq diskning fayllarga tо‘lib qolish extimoli shuncha ortadi. Albatga, har qanday axborotni u ishlatib bо‘lingach, xotiradan о‘chirish kerak buladi. Lekin shunda xam ba’zi bir «keraksiz» fayllar soni kо‘payib ketadi. Bunday xollarda (ba’zan, axborot xajmi anchagina katta bо‘lganda), axborotlarni «sikuvchi» maxsus arxivlash dasturlari qо‘llaniladi. Arxivlash dasturlari maxsus uslublarni qо‘lllash xisobiga axborotlarni «siqish» imkonini beradi, ya’ni axborotning nisbatan kichik xajmdagi nusxasini yaratish hamda bir nechta faylni bitta faylga birlashtirish imkonini beradi. Bunday dasturlar bilan keyingi bobda tanishasiz. Qattiq diskdagi manzillar joylashishi yagona tizim (kо‘rinish)ga ega bо‘ladi. Bu xolat barcha kо‘rinishdagi disklarga taalluqli. Diskni doimiy ishlatish jarayonida – fayllarni yozish, о‘chirish, qayta yozishda juda kо‘p bо‘sh joylar xosil bо‘ladi va kо‘pgina fayllar bо‘lak-bо‘lak bо‘lib ajralib qoladi. Shunga о‘xshash hollarda fayllar joylashishini optimallashtiruvchi dastur, masalan, SpeeDisk yoki ScanDisk dasturlaridan foydalanish mumkin. Bu dasturlar 169 barcha fayllarni disk (manzil) boshlanishiga kо‘chiradi va fayllarning bо‘laklarga ajralishini tо‘g‘rilaydi. Bunday dasturlarning bajarilishi bir necha minutni tashkil etadi. Shu bois, vaqti-vaqti bilan komlyuterning barcha mantiqiy disklarini optimallashtirish maqsadga muvofiq. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling