O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Diskni tekshirish 
Diskni tekshirish buyrug‘i berilganda ekranda quyidagi oyna namoyon 
bо‘ladi: 
SkanDisk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy 
diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi. Bu dasturdan kо‘pincha Windowsdan 
notо‘g‘ri chiqqanda (ya’ni kompyuterni notо‘g‘ri о‘chirilganda) foydalaniladi. 
Diskni defragmentatsiyalash 
Ma’lum vaqtdan sо‘ng diskdagi kо‘pchilik fayllar fragmentlarga ajralib, diskning 
har xil bо‘laklarida joylashib qoladi, bu esa faylni о‘qish va saqlash ishlarini 
sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga tо‘plash va ularni siqish jarayoni 
Defragmentatsiya deb yuritiladi. Bu jarayon fayllarni yozish va о‘qishni tezlashtirish 
imkonini beradi. 


167 
Ma’lumki, kompyuter elektr tarmog‘iga ulanganda vinchester diskchalari 
harakatga tushadi va uning aylanish tezligi minutiga 6500 – 10000 martagacha 
yetadi. Bu juda katta tezlik. Xuddi shuningdek, kompyuterning boshqa qurilmalari 
ham ish jarayonida katta kuchlanishga ega bо‘ladi va elektr toki о‘tishi natijasida 
о‘zidan issiqlik chiqaradi. Qattiq diskka kо‘rsatiladigan xizmatlar undagi 
ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Ularni qanday amalga oshirishni kо‘rib 
chiqamiz.
Diskdagi fayllar bilan ishlaganda operasion tizim, о‘zak katalog, fayllar 
joylashish jadvali (FAT-Fail allocation Table), diskning yuklanish dasturi yozilgan 
qismidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Agar diskning tizimli qismi buzilsa
diskdagi ma’lumotlardan tо‘la yoki qisman xam foydalanib bulmaydi. Diskning 
tizimli bо‘limini (Disk Edit turidagi dastur yordamida) qayta tiklash mumkin. Lekin 
bunday ish foydalanuvchidan yuqori malaka va kо‘p vaqt talab qiladi. Agar tizimli 
bо‘lim fayllarini doimiy ravishda Image dasturi yordamida nusxalanib qо‘yilsa, 
diskning tizimli sohasi bо‘zilganda uni qayta tiklash ancha yengil bajariladi.
Image.exe dasturi diskning tizimli sohasi haqidagi ma’lumotlarni Image.dat 
fayliga yozib qо‘yadi. Ushbu faylni yuklash jarayonida fayllar joylashish jadvali va 
о‘zak katalog haqida ma’lumotlar tasvirlanadi.
Har safar Image.exe fayli ishga tushirilganda undagi axborot yangilanib 
turadi, faylning avvalgi xolati esa, Image.bak faylida saqlanadi.
Image. exe faylini ishga tushirish quyidagicha bajariladi:

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling