Disklarni formatlash. Disklarni formatlash deb, yangi yoki oldin ishlatilgan disk
yoki disketlarning sirtlarini keraklicha yo’l va sektorlarga ajratish hamda yaroqsiz
joylarni aniqlab, tо‘g‘rilab berishga aytiladi. Formatlash jarayonida oldingi yozilgan
barcha yozuvlarning buzilishi, ba’zi hollarda hattoki qayta tiklab bо‘lmaydigan
darajada tozalanishi kuzatiladi.
Defragmentatorlar – bu qattiq diskni difragmentatsiya qilish uchun
mо‘ljallangan kompyuter dasturlaridir. Bu jarayonni muntazam bir oyda 1-2 marta
о‘tkazish zarur. Ba’zi paytlarda faylni qattiq diska yozishda operasion tizim uni
qismlarga bо‘lib tashlaydi. Faylning bu fragmentlari qattiq diskning turli qismlariga
tushadi. Masalan, bir qismi о‘rtasiga, boshqa qismi oxiriga, yana bir qismi esa
diskning boshiga tushadi. Shu sababli qattiq disk boshchasi (golovka) bir qismni
boshka qismiga tashib ulgurish uchun tezroq ishlashi kerak bо‘ladi. Bunday zо‘riqib
ishlashdan vinchester tezda ishdan chiqadi. Defragmentatorlar bu muammoni
echishga yordam beradi. Ular qattiq diskning turli joylaridagi fayl qismlarini bir
butun qilib terib oladi.
Auslogics Disk Defrag
Defraggler
Kompyuterdagi disklarni tozalash – bu uncha murakkab bо‘lmagan va zarur
jarayon bо‘lib hisoblanadi. Kо‘pchilik holatda dastur о‘chirilgandan sо‘ng sozlash
yoki ma’lumot fayllarini qoldiradi. Vaqt о‘tishi bilan bu kabi ishlatilmaydigan va
hech kimga kerak bо‘lmagan fayllar kо‘payib, ular qattiq diskning sezilarli qismini
egallab qо‘yadi.
Bu muammolarni hal qilish uchun diskni tozalash dasturlari ishlab chiqilgan.
Ular turlicha operatsiyalarni bajarib: bevosita diskni tozalashdan boshlab,
о‘rnatilgan dasturlarning monitoringini olib borish, tо‘liq tozalash va о‘chirish
ishlarini olib boradi.
170
Your Uninstaller
Baisvik Disk Cleaner
CCleaner
PC Tools Privacy Guardian
Wise Disk Cleaner
171
Do'stlaringiz bilan baham: |