O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroprosessor turlari
Mikrosxemalarni belgilash. IMSlarning turlarini aniklash GOST 18682—73
tasdiqlagan shartli belgilar asosida olib boriladi. U mikrosxemaning qanday shakl va texnologik asosda ishlab chiqarilganini, qanday maqsad uchun ishlatish mumkinligini hisobga oladi. Ko’p mikrosxemalar manba kuchlanishining kattaligi, kirish va chiqish qarshiligi, signal sathi kabi kattaliklarni hisobga olgan holda to’plamlar seriyalarga birlashtiriladi. Bir seriyaga kiradigan mikrosxemalar shunday tanlanadiki, ulardan bir butun radioelektron qurilmani yasash mumkin bo’lsin. Yasalish shakli va texnologiyasiga qarab IMS lar 3 ta guruhga bo’linadi va raqamlar orqali ifodalanadi: a) 1, 5, 6, 7—yarim o’tkazgichli mikrosxema; b) 2, 4, 8—duragay mikrosxema; v) 3—pardasimon, vakuumli, keramikali (sopol) mikrosxema. Mikrosxema belgisida uning seriyasi raqamlar bilan ifodalanadigan ikki elementdan tashkil topadi. Unda birinchi raqam mikrosxemani yasashdagi shakl va texnologiyasini ifodalasa, ikkinchisi — ikki xonali (eskicha) yoki uch xonali (yangicha) raqam — seriyaning tartib nomerini ko’rsatadi. Masalan, 1801 seriya 801 tartib nomerli yarim o’tkazgichli IMS deb o’qiladi. 252 seriya — 52— nomerli duragay mikrosxemadir. Qanday maqsadga xizmat qilishiga qarab IMS lar yana guruh bo’limlari (podgruppa) va kurinishga ajratiladi. (Masalan, generatorlar, kuchaytirgichlar, mantikiy elementlar va boshqalar). U mikrosxema belgisida seriyadan keyin yoziladigan ikki harf bilan ifodalanadi: GS — garmonik tebranish generatori — DF-fazaviy detektor, UV—yuqori chastotali kuchaytirgich, UN — past chastotaviy kuchaytirgich, VX—mikrokalkulyator va boshqalar. Ular mikrosxemalarni belgilash jadvallarida ko’rsatiladi. Mikrosxema belgisining 55 oxirida A dan Ya gacha bo’lgan harflar bo’lishi mumkin. Ular bir turdagi mikrosxemaning parametrlaridagi farqni ifodalaydi. Mikrosxema belgisida seriya belgisidan oldin K, KM, KN, KR va KA harflar yozilgan bo’ladi. Ular mikrosxemani ishlab chiqargan zavoddan qabul qilib olinganlik shartini ifodalaydi. Bunda K harfi mikrosxemaning keng qo’llanish maqsadida ishlab chiqarilganini bildiradi. Masalan, K155IE 7 deb belgilangan mikrosxema quyidagicha o’qiladi: Keng qo’llanish maqsadida ishlab chiqarilgan 155 seriyadagi 7 tartibli (nomerli) schetchik (hisoblagich) vazifasini bajaradigan yarim o’tkazgichli mikrosxema; seriya tartibi (nomeri) 55. Qobiqsiz mikrosxemalar belgisida seriya raqami oldidan B harfi, oxirida esa, chiziqchadan keyin biror raqam quyiladi. Bu raqam mikrosxemaning qanday shaklda yasalganligini ifodalaydi. 8-§. Mikroprosessor turlari Mikroprotsessor istalgan shaxsiy yoki mikrosxemalarni muhim qismi hisoblanadi. Ushbu element orqali mikroexm yoki shaxsiy kompyuterlarni hisoblash imkoniyatlarini beradi va uni yuragi hisoblanadi. Hozirgi paytga qadar shartsiz etakchi bo`lib, hamda zamonaviy mikroprotsessorlarni yaratadigan firma Inteldir. Mikroprotsessor risoladagidek, o`ta murakkab bo`lgan integral sxemalardan tashkil topgan bo`lib yarim o`tkazgich va kristallar funktsiyalarni bajarishda markaziy protsessorga quylaylik yaratadi. Integralli mikrosxemalar qismini chiplar (chipset)deb yuritiladi. Boshqarish blogiga va qurilmasiga shartli komponentlar arifmetik – mantikiy qurilma mikroproyessor tegishli. U tezlik(taktikali chatota) bilan xarakterlanadi, razryadli yoki uzun so`z (ichki va tashqi) hamda buyruqlar to`plami va arxitekturalar asosida ishlaydi. Mikroprotsessorning arxitektruasi registrlarni, stek, sistema manzili hamda qayta ishlanuvchi ma’lumotlarni turini aniqlaydi. Odatda quyidagi ma’lumotlar turidan foydalaniladi: Bit(bir razryad), bayt (8 bit), So`z(16 bit), qo`sh so`z (32 bit) Mikroprotsessorda bajarilayotgan buyruqlar oldin aniqlanadi, qoidaday, arifmetik usul, mantiqiy amallar, boshqarishni o`tkazish(shartli va shartsiz) va 56 ma’lumotlarni ko`chirish, (registrlararo, xotira, kiritib chiqarish portlari aro). Mikroprotsessor konverli tartib qayta ishlashni tushinadi, kaysiki vaqt oraligida, bajarilishi uchun talab qilingan kanaldagi funktsiya jarayonini (misol uchun, arifmetik –mantikiy qurilma).Funktsional boglanish bir kancha bosqichlarda amalga oshriladi, ya’ni birinchi etap yakinlaganda natijalari boshqa texnikaviy vositalari foydalanuvchi ikkinchi bosqichga utib boradi. O`z o`rnida ko`rinib turibdiki birinchi boaqichda foydalaniladigan vositalar yangi ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni uchun bo`sh bo`ladi. Ma’lumki mirkoprotsessor buyruqlarini qayta ishlash jarayonini 4 bosqichga ajratish mumkin: tanlov bosqichi, kodirovkadan chiqarish, natijalarni bajarish va natijalarni saqlash. Boshqacha qilib aytganda foydalanuvchi tomonidan berilgan buyruq birinchi bosqichi bajarulgunga qadar ikkinchi bir buyruq kodirovkadan chiqarib turilishi uchinchisi esa tanlanish jarayoni yuz beradi. Mirkoprotsessor tashqi qurilmalar bilan shinalar, ma’lumotlar hamda maxsus mikrosxema tashqi aloqalari orqali bog`lanadi. Boshqacha qilib aytganda 32 razryadli registrli mirkoprotsessor masalan faqatgina 16 liniyali tashqi ma’lumotlarga ega bo`lishi mumkin. Aytib o`tish joizki mirkoprotsessorni ichki registrlari guruhi tashqi ma’lumotlar soni bilan to`g`ri kelmasligi mumkin. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling