O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


SHaharlarning tushkunlikka uchrashi.Kuriallar va kollegiatlar


Download 1.29 Mb.
bet5/171
Sana13.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1677252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
Bog'liq
O`rta asrlarМажмуа

SHaharlarning tushkunlikka uchrashi.Kuriallar va kollegiatlar. Kolonlikning rivojlanishi Rim jamiyatnning feodallashuv formalaridan biri edi. Lekin bu feodallashuvning yana boshqa alomatlari ham bor edi. o’arbiy Rimning Italiya, Galliya, Ispaniyadagi shaharlari imperiyaning keyingi davrida qattiq krizisni boshidan kechirmoqda edi. Qul mehnatiga asoslangan hunarmandlikning unumdorligi past edi. Erkin hunarmandlar o’zlari ishlab chiqargan buyumlarni yetarli darajada sotolmas edilar, chunki quldorlarning pomestelari tobora biqiqlashib borayotgan natural xo’jalik tusiga kirmoqda edi. Ham mahalliy yer egasi - quldor tomonidan, ham quldorlik davlati tomonidan qattiq ekspluatatsiya qilingan kolonning harid quvvati yo’q darajada edi. O’rta dengizdagi savdo balansi imperiyaning sharqiy qismiga qaraganda ancha qoloq bo’lgan g’arbiy qismi uchun mutlaqo noqulay edi, imperiyaning sharqiy qismi esa iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan va qulay sharoitda edi. SHahar xo’jaligining tushkunlikka uchrashi munosabati bilan Rim imperiyasida qaramlikning yana yangi formalari vujudga keldi, bu formalar ham ba’zi jihatdan bo’lg’usi feodal tartiblarga o’xshab ketar edi. CHunonchi, shaharlarda yashovchi o’rta hol yer egalari, shahar kuriyalarining a’zolari (kuriallar), ya’ni aholining soliqlarni to’lashi va hokazolar uchun javobgarlik yuklatilgan, o’z vazifasidan endi mashaqqat chekayotgan kuriallar majburiy suratda kuriyalarga biriktirib qo’yila boshladi. Hukumat kuriallik unvonini nasldan-naslga meros bo’lib o’tadigan qilib qo’ydi. O’z shahari va kuriyasini o’zicha tashlab ketuvchi kuriallar hukumat yo’li bilan jazolanishi, hatto turmaga qamalishi kerak edi. SHu bilan bir vaqtda shahar hunarmandlari ham bundan battarroq va og’ir tutqinlikka solina boshladi, ular majburiy suratda maxsus ittifoqlarga - kollegiyalarga uyushtirildi. Hunarmandlar, ya’ni kollegiya a’zolari yashab turgan joyidan ketish huquqidan mahrum qilindi. Kollegiyalar quldorlik davlatiga o’z hunarining mahsulotlarini topshirishga majbur edi. O’zining yashab turgan joyidan qochib ketgan shahar hunarmandlari qo’lga tushirilsa, ularning badaniga temir qizdirib bosilar edi. Hukumat hujjatlarida kollegiyalarga birkitilgan hunarmandlarni ochiqdan-ochiq «davlat qullari» deb atalgan.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling