O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Download 1.29 Mb.
bet6/171
Sana13.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1677252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
Bog'liq
O`rta asrlarМажмуа

Pomeste-kastellum. Yer egalari-magnatlar xususiy hokimiyatining kuchayishi. SHaharlar tushkunlikka uchrab, xo’jalik qaytadan natural xo’jalikka aylanib borgan sari qishloq pomestesi - villa xo’jalik va ijtimoiy hayotning asosiy yacheykasiga aylana bordi. Qudratli senatorlarning ko’pi hatto Rimda yashamas ham edi, ular o’z pomestelarida yashar edi. Pomeste villaning tashqi ko’rinishi ham o’zgardi. Villalar mustahkamlana boshladi, ular tashqi ko’rinishi jihatidan keyinchalik vujudga kelgan o’rta asr qasrlariga birmuncha o’xshar edi. Yer egasi - magnatning odatda o’z qasrida turmasi (sagseg) va o’z qo’shini bo’lar edi. Uning yonberidagi maydaroq pomesteli yer egalari hamda xususiy mulkka ega bo’lgan erkin dehqonlarning omon qolganlari bu kuchli qo’shnilaridan homiylik so’rardilar va shu tariqa o’zlariga homiy-himoyachi topib, yerlarining chegaralariga o’sha homiylarning belgisini qo’yib qo’yardilar. Davlat esa bu katta yer egalariga villadagi aholi ustidan politsiya nazorati olib borishni topshirar edi, soliqlarni yig’ish huquqini berardi, maydaroq ishlar yueasidan sud hilshshga ruxsat etar edi, harbiy xavf paydo bo’lganda, lashkar to’plash ham shularga topshirilar edi. SHunday qilib, katta yer egalarining xususiy hokimiyati davlat hokimiyati tusiga, ya’ni xalq ustidan yurgiziladigan hokimiyat tusiga kira boshladi. Imperiyaning oxirgi davrida Rimda quldor-er egasi ma’lum darajada hukmdor, o’z pomestesining va o’z atrofidagi butun okrugning hokimi, egasi edi.
Hukumat siyosatida ikki tendentsiya kurashi. IV asrda Rim hukumati o’zining III asrdagi og’ir krizis holatidan birmuncha qutuldi. Imperatorlardan Diokletian (284—305) va Konstantin (306—337) imperiyaning ma’muriy-moliyaviy apparatini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha reformalar o’tkazdi. Soliqlarning natura shaklida olinishi, soliq solishni tartibga solish maqsadida goh-goh yerlarning va aholining hisobga olib turilishi (hukumat denzlari), ish haqining va mollar narxining normaga solinishi, oltin muomalasining (solid) tiklanishi (Konstantin vaqtida), dehqonlar-kolonlarning, hunarmandlar - kollegiatlarning amalda tutqunlikka solinishini yuridik yo’l bilan rasmiylashtirilishi va boshqalar - bo’larning hammasi quldorlar sinfining tushkunlikka yuz tutgan davlat tuzumini va ijtimoiy tuzumni mustahkamlashga zo’r berib uringanini ko’rsatadi.
Imperator hokimiyati har qanday qilib bo’lsa ham o’z e’tiborini mustahkamlashga intilib, ochiqdan-ochiq diktatorlik tusini oldi. Printsipat o’rnini, ya’ni hali respublikaga xos bo’lgan ba’zi traditsiyalarni saqlab qolgan imperator hokimiyati o’rnini doimiy, muntazam samoderjaviening bir formasi bo’lgan va SHarqdagi qadimgi despotik (mustabid) monarxiya podsholari hokimiyatiga o’xshash despotik hokimiyat tashkiloti bo’lgan dominat egalladi. Diokletian o’zining batamom ilohiylashtirilishini va jumladan, xudoga atab qurbonlik qilingani singari, unga ham atab qurbonlik qilinishini talab qildi. Diokletian va Konstantin vaqtida chinovniklar byurokratiyasi haddan tashqari kuchaytirildi. SHu narsa xarakterliki, imperiyani markazlashtirish sari bunday intilish bilan bir qatorda Rimning keyingi asrlardagi imperator hokimiyati o’z oqibati jihatidan markazlashtirishga butunlay zid bo’ltan tadbirlarni amalga oshirdi. YUqorida aytib o’tilganidek, imperatorlik mahalliy magnatlarning xususiy hokimiyatani (xalqka hukmronlik qilish funkdiyalarini ham) tan olgan edilar, bundan tashqari Diokletian imperiyani to’rt qismga (ikki Avgust bilan ikki TSezar o’rtasida) taqsim qilib, tetrarxiya deb atalgan narsani joriy qildi, har bir oqimga muayyan viloyatlar va maxsus poytaxt ajratib berdi. Konstantin yana yakka hokimlikni tikladi. Lekin u o’lgandan keyin imperiya yana ikki yoki uch qismga bo’linib ketdi. 395 yilda imperator Feodosiy I o’lgandan keyin imperiya butunlay mustaqil va hatto bir-biriga dushman bo’lgan ikki qismga - o’arbiy va SHarqiy qismlarga uzil-kesil bo’linib ketdi. III asr oxirida - IV asrning boshlarida imperiyaning siyosiy markazi SHarqqa ko’chdi. YAngi Rim yoki Konstantinopol imperiyaning siyosiy markazi bo’lib qoldi, bu shaharki Konstantin Buyuk antik zamondagi Vizantiya shahri o’rnashgan joyga qurgan edi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling