O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Xristian cherkovi va uning sotsial roli


Download 1.29 Mb.
bet7/171
Sana13.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1677252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   171
Bog'liq
O`rta asrlarМажмуа

Xristian cherkovi va uning sotsial roli. Konstantinniig kuldorlik tuzumini mustahkamlashga qaratilgan reformalaridan biri xristian cherkovining davlat dini deb tanilishi bo’ldi. Bu voqea so’nggi Rim imperiyasya tarixida juda katta ahamiyatga ega bo’ldi, shuningdek, kelgusidagi o’rta asrlar tarixi uchun ham tayyorgarlik daqiqalaridan biri bo’lib, juda katta rol o’ynadi.
Dastavval impernya sostavida maxsus ierarxiyaga («ma’murlar darajasiga»), katta yer egalariga, kishilar qaramligining yangi formalariga – cherkov qullari deb atalgan qullarga bo’larning ahvoli kolonlarning ahvolidan o’zga emas edi - molik bo’lgan kuchli yangi bir ijtimoiy tashkilot vujudga keldi. Bu vaqtda (IV asr boshlarida) xristian cherkovi o’zining sotsial sostavini juda ham o’zgartirib yubordi. Ilgari, I-II asrlarda, xristian cherkovi muxlislarining asosiy ommasi qullardan, shaharlardagi proletarlashgan elementlardan, qisqasi, sotsial jihatdan ezilgan va haq-huquqdan mahrum qilingan kishilardan iborat bo’lgan bo’lsa, endi xristianlikka o’rta sinflar va hatto aristokratiya vakillari ham o’tdilar. CHerkov endi mavjud quldorlik tuzumiga qarshi chiqmay qo’ydi, balki o’z tashkilotini bu tuzum sharoitlariga moslashtirishga intilib, o’zi katta yer egasiga aylana bordi. Xristianlik, davlat diniga aylanganidan keyin, haqiqatda mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilishga fatvo berdi. CHerkovda e’tiborli yepiskoplar vujudga kelib, bo’lar tez vaqt ichida boyib ketdi va joylarda siyosiy ta’sir orttirdi. CHunonchi, shaharlarning yepiskoplari go’yo himoyachilar (defensorlar) bo’lib, shaharlarning himoyachi - homiylari va shaharlar bilan imperator ma’muriyati o’rtasida vositachidek edi. CHerkov imperiya viloyatlaridagi «varvarlar» o’rtasida «missionerlik» faoliyatini keng suratda qizitib yubordi. IV asrda va ayniqsa V asrda qo’shni varvar qabilalarining (ya’ni rimlik bo’lmagan qabilalarning) ko’pi xristianlikni qabo’l qildi.
Eng muhim shaharlar - Rim, Aleksandriya, Konstantinopol, Antioxiya, Quddus V asrda uzil-kesil patriarx unvonini oldilar (Rim va Aleksandriya patriarxlari papa deb ham atalar edi). Patriarxlarga mitropolitlar va arxiepiskoplar bo’ysunar edilar, arxiepiekoplarga esa cherkovga ayrim okruglarni - yeparxiyalarni boshqaruvchi oddiy yepiskoplar itoat qilar edi; yeparxiyalar o’z navbatida mahalliy jamoa-qavmlardan tashkil topgan edi, ularning tepasida svyashenniklar (poplar) - presviterlar turar edi. Butun imperiya territoriyasidagi davlat dini tashkiloti ustida turgan cherkov, endi o’zini katolik yoki butun jahon cherkovi deb hisobladi. Unga itoat qilmagan oqimlar yoki guruhlarni (sektalarni) yeretik deb, ularning ta’limotini yeres deb e’lon qilinadi. Hukmron cherkov manfaatlarini himoya qilib turgan davlat IV-V asrlardayoq yeretiklarni sistematik ravishda ta’qib qilib, ularga nisbatan qattiq jazo choralarini ishga soldi. Xristian cherkovining rivojlanishi va rasmiylashuvi, unga qarashli yerlarning ko’payib borishi, qullikniig cherkov pomestelaridagi birmuncha yumshatilgan yangi formasi, cherkovning varvarlar olami bilan aloqa qilishi va ularning asta-sekin xristianlashtirilishi bo’larning hammasi ham o’rta asrlardagi yangi tuzumning ma’lum darajada tayyorlanishi edi. Papalik va Rim-katolik cherkovi o’arbdagi o’rta asrlarning taqdirini hal qilishda juda katta tarixiy rol o’ynagan.
Rim imperiyasi varvarlar tomonidan bosib olinish arafasida. Imperiyaning krizisi IV asr oxirida - V asr boshlarida yumshash u yoqda tursin, yana battarroq keskinlashdi. Ko’pgina sotsial-siyosiy reformalar o’tkazilishiga qaramay, dinning o’zgarishiga qaramay, qullarni. Ekspluatatsiya qilish formasini (plantatorlarning kazarma sharoitidagi qullarini obrok to’laydigan qullarga va kolonlarga aylantirish yo’li bilan) yumshatishga harakat qilinishiga qaramay, Rim jamiyati quldorlikka asoslangan jamiyat holicha qolganda, tiklanolmas edi. Rim imperiyasining davlat mashinasini - quldorlik sinfining eng muhim siyosiy quroli bo’lgan bu davlat mashinasini sindirib tashlash, ishlab chiqaruvchi kuchlarning yanada o’sishini va jamiyatning rivojlanishini ta’minlash uchun quldorlik tuzumini yo’q qilish - bo’larning hammasini zo’rlik, revolutsiya yo’li bilangina amalga oshirrzsh mumkin edi. Bu juda katta sotsial o’zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchlari Rim jamiyatining o’zidagi ezilgan sinflar hamda varvarlar bo’ldi.. Qullar, kolonlar, shahar hunarmaadlari III-V asrlar davomida o’z zolimlariga, ayrim quldorlarga va Rim quldorlik imperiyasining o’ziga qarshi qattiq kurash olib bordilar. Galliya va Ispaniyada bagaudlarning III-V asrdagi qo’zg’oloni, SHimoliy Afrika tsirkumtsellionlar yoki agonistiklarning IV asrdagi - V asrning boshlaridagi harakati, Retsiya, Pannoniya va Norikada sukamarlarning V asr o’rtalaridagi g’alayonlari bunga yaqqol dalildir. Lekin Rimdagi ezilgan ommaning sotsial kuchlari tarqoq, sochilgan, mutlaqo uyushmagan edi. Ularning chiqishlari, odatda, mag’lubiyat bilan tugar edi. Biroq quldorlik Rimiga qarshi imperiya aholisining pastki tabaqalaridan tashqari yana bir kuch - qo’shni varvarlar ham bosh ko’tardi. Rim imperiyasining qiyin ahvolga tushib qolganligidan foydalanib, bo’sh yer va boshqa xil o’lkalar payida bo’lgan varvarlar (IV—V asrlarda bo’lar aoosan turli german qabilalari edi), keyinchalik slavyanlar va shuningdek, boshqa xalqlar viloyat ketidan viloyatni qo’lga ola boshladilarki, nihoyat, 476 yilda o’arbiy Rim imperatorlari hokimiyatini butunlay yo’q qildilar, bu vaqtda o’arbiy Rim imperatorlari qo’lida birgina Italiya qolgan edi.
G’arbiy Rim imperiyasi territoriyasida mayda vy ancha yirik varvar qirolliklari vujudga keldi, bu qirolliklarda yangi ijtimoiy tuzumning yaratilishi uchun (Rimdagiga qaraganda) qulayroq sharoitlar tug’ildi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling