O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Kolonlik. Dastlab kolonlar deb Rim respublikasida quldorlarning latifundiyalaridan


Download 1.29 Mb.
bet4/171
Sana13.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1677252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
Bog'liq
O`rta asrlarМажмуа

Kolonlik. Dastlab kolonlar deb Rim respublikasida quldorlarning latifundiyalaridan (yirik pomestelaridan) yer uchastkalarini ijaraga olib ishlovchi ijarachi erkin mayda dehqonlarnn aytilgan. Davlatning bir qadar qo’llab-qo’ltiqlashiga naramasdan, rimlik mustaqil dehqonlar quldorlik tuzumi hukmronlik qilgan sharoitlarda doimiy ravishda xonavayron va halok bo’la bordi. Dehqonlarning yerlari esa quldorlar qo’liga o’ta bordn. Lekin quldorlik ishlab chiqarish usulining o’zi krizisga uchraganligi sababli latifundiyalarning egalari faqat qullarni ekspluatavdya qilish yo’li bilangina o’z yerlaridan foydalanishlari amri mahol bo’lib qoldi. Yerlarni maydalab ijaraga berish (ijaraga oluvchilar esa yerdan mahrum etilgan dehqonlarning o’zi edi) yer egalariga bu yerlardan foydalanish uchun eng qulay usul bo’lib ko’rindn. SHunday qilib, quldorlik sistemasi bilan bir qatorda ma’lum darajada kelgusi feodal tuzumdan darak beradigan yangi munosabatlar (katta yer egaligining yerlardan maydalab foydalanish usuli bilan birga qo’shilishi, mayda mustaqil, lekin shaxsan qaram bo’lgan ishlab chiqaruvchi dehhonning ekspluatatsiya qilinishi) ham rivojlana boshladi. Kolonlik rivojlanib, krepostnoylikka tobora yaqinlasha bordi. Quldorlar ijarachisi bo’lgan, qullar orasida yashagan, kerakli asbob, urug’lik, turar joy va hokazolarni ham ko’pincha quldordan oladigan kolonlar tobora quldorga qaram bo’lib qolib, bir emas, bir kun pomesteni - villani tashlab, boshqa joyga ketib qutulish imkonidan butunlay mahrum bo’ldi. 332 yilda imperator Konstantin Buyuk katta yer egalarining manfaatlarini ko’zda tutib, kolonlarning ishlab turgan pomestesini tashlab ketishini taqiqlaydigan va qochib ketgan kolonlarning majburiy yo’l bnlan qaytarib olib kelinishini talab qiladigan farmon chiqardi. Imperator va senatorlarga qarashli pomestelarda (bu pomest’elar saltuslar deb atalar edi) kolonlar qudratli imperator ma’muriyati yoki hukmi zo’r senatorlar tomonidan ancha ilgariyoq tutqinlikka solingan edi. SHunday qilib, kolon ikki qiefali o’ziga xos bir maxluh bo’lib qolgan edi. U yuridik jihatdan hul deb hisoblanmas edi (qulga nisbatan «erkin kishi» deb hisoblanar edi, davlat undan grajdanlik soliqlari olar edi), lekin haqiqatda esa erkin ham emas edi, chunki pomeste territoriyasidan chiqib ketolmas va yer egasiga doimiy suratda obrok to’lab turishga yoki uning uchun biron formada «qullik majburiyati» - barshchina o’tashga majbur edi. Nihoyat tashqaridan kelib o’rnashib, rim yer egalaridan biror bir shartlar bilan muayyan yer uchastkalari olgan kelgindi varvarlar ham kolonlarga o’xshash ahvolda edi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling