O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Neyrotexnologiyalarning eng istiqbolli tarmoqlari
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
Neyrotexnologiyalarning eng istiqbolli tarmoqlari:
Neyrofarmakologiya. Gen va hujayra terapiyasini rivojlantirish, erta individual diagnostika, neyrodegenerativ kasalliklarni davolash va oldini olish (qarilik demansi, Altsgeymer kasalligi va boshqalar), shuningdek sogʻlom odamlarda aqliy qobiliyatlarni yaxshilashda qoʻllaniladi. Neyromedikal muhandislik. Organlarning, shu jumladan sun’iy sezgi organlarida neyroprotezlashni rivojlantirish, harakatchanlikni yoʻqotgan oyoq-qoʻllarni rivojlantirishga yordam beradigan neyrotexnologiyalar yordamida reabilitatsiya qilish vositalarini ishlab chiqishda qoʻllaniladi. Neyrota’lim. Ta’limda virtual va toʻldirilgan reallik neyrointerfeyslari va texnologiyalarini rivojlantirish, oʻquv dasturlari va qurilmalarini ishlab chiqish, xotira qobiliyatini oshirish va miya resurslaridan foydalanishni tahlil qilish uchun asboblarni yaratishda qoʻllaniladi. Neyro oʻyin-kulgi va sport. Breyn-fitnesni rivojlantirish - miya uchun mashqlar, neyrogadjetlardan foydalangan holda oʻyinlarni, shu jumladan neyrorivojlantiruvchi oʻyinlarni yaratishda foydalaniladi. Neyrokommunikatsiya va marketing. Neyromarketing texnologiyalarini rivojlantirish (mijozlarning xatti-harakatini, unga ta’sir qilish imkoniyatlari, shuningdek neyrotexnologiyalar yordamida aks ta’sirni oʻrganish usullari toʻplami), neyro- va biometrik ma’lumotlarga asoslangan xatti-harakatlarni bashorat qilishda qoʻllaniladi. Neyroassistentlar. Tabiiy tilni tushunish texnologiyasini ishlab chiqish, chuqur mashinali oʻqish (nutqni aniqlash, kompyuterni koʻrish va tabiiy tilni qayta ishlash kabi algoritmlarni takomillashtirishga yordam beradigan neyron tarmoqlariga asoslangan mashinali oʻqish), shaxsiy elektron yordamchilarni (virtual kotib rolini oʻynaydigan veb-xizmatlar 225 yoki ilovalarni) va gibrid inson-mashinali intellektni yaratishda qoʻllaniladi. Neyrotexnologiya mutlaqo yangi soha boʻlishiga qaramay, mutaxassislar quyidagi tendentsiyalarni aniqladilar: M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining biologiya fakulteti, neyrofiziologiya va neyrokompyuter interfeyslari laboratoriyasi boshligʻi, biologiya fanlari doktori, professor, Aleksandr Yakovlevich Kaplan neyrochatni rivojlantirish zarurligini koʻrib chiqadi – bu falaj boʻlgan va gapira olmaydigan odamlarni jamiyatning bir qismi boʻlishiga imkon beradigan Internetda muloqot qilish va hatto ish topishga koʻmaklashadigan qurilmadir. Oliy Iqtisodiyot maktabining psixologiya boʻlimi boshligʻi, Neyroekonomika va kognitiv tadqiqotlar markazining yetakchi ilmiy xodimi Vasiliy Klyucharev kelajakda toʻgʻridan-toʻgʻri miyaga joylashtirilagan – invaziv interfeyslarni yaratishda katta yutuq boʻladi, deb hisoblaydi. Avvalo, ushbu texnologiya turli xil kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi, ammo nazariy jihatdan uni virtual oʻyinlarda ham qoʻllash mumkin. Sankt-Peterburg politexnika universitetining «miya-kompyuter» mobil interfeyslarini rivojlantirish loyihalari rahbari, «NeyroNet» RF Ekspertlar kengashi a’zosi, NeuroTech tadqiqot markazining bosh direktori va asoschisi Vitaliy Zubchenko hamda Fiztex maktablarini rivojlantirish jamgʻarmasining uzluksiz ta’lim markazi bosh direktorining oʻrinbosari Aleksey Pletenets neyrotexnologiya yaqin orada hatto onlayn aloqalarni ham oʻzgartiradi deb ishonishadi. Masalan, his-tuygʻularni almashish uchun neyrointerfeyslar paydo boʻladi, buning yordamida qaygʻu yoki xursandchilikni suhbatdoshga toʻgʻridan-toʻgʻri va emotsional belgilar toʻplamidan foydalanmasdan yetkazish mumkin boʻladi. Shuningdek, neyro-yordamchilar ham paydo boʻladi – mavjud ovozli yordamchilarning takomillashtirilgan versiyalari, ular egalarining ba’zi vazifalarini oʻz zimmalariga oladilar, uchrashuvni eslatadilar va rejalashtirishdagi xatolarni sezadilar. Bundan tashqari, Vasiliy Klyucharevning fikriga koʻra, yaqin kelajakda neyrotexnologiya rivojlanishidagi muhim yoʻnalishlardan biri bu neyrodegenerativ kasalliklarining oldini olish uchun neyrotexnologik yechimlarni izlashdir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga koʻra, neyrodegenerativ kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash uchun 226 sarf-xarajatlar Rossiyadagi sogʻliqni saqlash xarajatlarining 20 foizini tashkil qiladi. Sun’iy intellekt – informatikaning alohida sohasi boʻlib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, oʻrgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Hozirda SI turli amallarni bajarishga moʻljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin boʻlgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi. Sun’iy intellekt (SI; AI – Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling