O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet28/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Bildirgi (bildirishnoma) muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborotdir. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha fikr bildiruvchining takliflari aks etadi. Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajratiladi.
Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahbariga yoki bo‘lim mudiriga yoziladi. Bunday bildirishnomalar bosma yoki qo‘lda yoziladi va mant so‘ngida muallifining imzosi qo‘yiladi.
Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idora yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi va muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga ega. Bu xususiyatlar hujjat matni sarlavhasidayoq o‘z aksini topadi.
Tashabbus bildirishnomasi matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq takliflar ilgari surilib, rahbarni bu tashabbusni hal qilishga undaydi (masalan, Samarqand milliy bankida mukofotlash nizomining buzilganligi haqida).
Axborot bildirishnomasi, odatda, umumiy holati rahbarga ma’lum muayyan jarayon to‘g‘risida xabar beradi. Masalan, Paxtachi tumanida paxta yig‘im-terimining borishi (2013 yil 20 maydagi holat).
Hisobot bildirishnomasi orqali ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron bir ko‘rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to‘g‘risida rahbarni xabardor qilinadi (masalan, O‘zbFA Til va institutida “Navoiy” qomusi nashrining borishi haqida). Muayyan vazifv yoki majburiyatlarni bajarilishi haqidagi hisobot bildirishnomasi amaliyotda raport ham deyiladi. Bu atama asli furansuzcha bo‘lib, rus tili orqali tilimizga kirgan. Hozir o‘zbek tilida bu atamaning muqobili sifatida “BILDIRGI” va “BILDIRISHNOMA” atamasi qo‘llanilmoqda. Bildirilshnomalarnirng ko‘pchilik shakllari arizaga o‘xshab ketadi.
Bildirishnoma matni asosan ikki qismdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Birinchi qismida uning yozilishiga sabab bo‘lgan dalillar, voqealar bayon qilinishi kerak. Ikkinchi qismida esa xulosalar va aniq harakatlar haqidagi takliflar aks etmog‘i zarur. Muallifning fikricha, bunday harakatlar bayon qilingan voqealar munosabati bilan yuqori idora yoki mansabdor shahs tomonidan ma’lum qilinishi kerak.
Agar bildirishnomadagi bayon qilinayotgan ma’lumotlar aniq bir sana yoki vaqt oralig‘iga taalluqli bo‘lsa, xuddi ma’lumotnomadagidek, ushbu vaqt matnidan alohida zaruriy qism sifatida ajratilib, matn oldidan joylashtiriladi. Masalan, “2013 yil 21 oktyabrdagi holatga ko‘ra” yoki 2013 yilning 20 sentyabridan 21 oktyabrdagi holatigacha bo‘lgan davr uchun”. Bu ma’lumotlarni matn sarlavhasiga qo‘shib yuborish ham mumkin.
Hisobot muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, trpshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot beruvchi hujjatdir.
Tilxat ma’lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul yoki qimmatbaho buyum yoxud biror bir narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir. SHaxsiy munosabatdagi hujjat qo‘lda yoziladi va bir nusxada ham rasmiylashtiriladi, rasmiy hujjatlar ba’zan ikki nusxada bosma yozuvda shakllantiriladi. Odatda, tilxatda olingan pulning miqdori yoki buyumning soni, bahosi va sanasi ko‘rsatiladi. Tilxatda raqamlar qavs ichida so‘z shaklida ham yoziladi. Tilxat beruvchi o‘z imzosi bilan matndagi fikrlarni tasdiqlaydi. Ba’zan tilxadagi imzolar notarial idorada ham rasmiylashtirilishi mumkin. Tilxat matnidagi so‘zlar (yozuvlar) ni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin. Ba’zi tilxatda guvohlar ham ko‘rsatiladi. Bundiy hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling