O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet25/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Taklifnima ma’lum bir muassasa yoki shaxslar biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan xabar mazmunidagi hujjatdir. O‘tkazilayotgan tadbir bir necha tashkilotlar tomonidan uyushtirilsa,taklif qiluvchilar nomi matndan oldin alohida holda ko‘rsatiladi, ismi sharifidan avval, odatda, “Muxtaram(a)” yoki “Hurmatli” kabi so‘zlar yoziladi, rasmiy taklifnomalarda qayd etilgan hurmatlovchi so‘zlar bilan birlikla unvonlari ham yoziladi. Taklifnoma so‘nggida imzo o‘rnida tadbirni tashkil etuvchilarni ko‘rsatish shart emas (ba’zan tashkilot nomi ko‘rsatiladi). Rasmiy talifnomalar matni asosan 3-shaxs tilidan yoziladi, va “... taklif qiladi” yoki “taklif etadilar” tarzida tugallanadi (hamda oxirgi qismida tantananing o‘tkazilish o‘rni ham ko‘rasatilishi mumkin). Agar taklifnoma ma’lum bir oila nomidan berilgan bo‘lsa, bunday hollarda matn 1-shaxs ko‘plikda (... “taklif etamiz” shaklida) bo‘ladi va tantananing boshlanish kuni, soati, o‘rni ko‘satiladi hamda taklif qiluvchilar familiyasi beriladi).
Taklifnomalarda tadbirning kun tartibi yoki dasturi ham berilishi mumkin. Masalan, ilmiy anjumanlar taklfnomasida alohida dasturi ham ilova qilinadi. Taklifnomalar ko‘p nusxada kompyuterda yoki bosmaxonada chop etiladi. Taklifnomalar qanday tadbirga mo‘ljallanganligiga qo‘ra shakli va badiiy bezatilganligi jihatidan turlicha tayyorlanadi.Masalan, ma’lum bir ijodkorning yubileyi munosabati bilan tayyorlangan taklifnomada uning surati, nishonlanayotgan yoshi (70 yoki 100 yilligi), ba’zan yubiley mualliflarining ijodi haqidagi ma’lumotlar, she’rlaridan parcha ham berilishi mumkin.
Taklifnoma taklif xati shaklida ham rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday xatlar ma’lum kishilarga yoki bir necha shaxslarga yo‘llanadi. Taklif xat matnida ma’lum bir yig‘ilish, muhokama yoki kengashga taklif qilish bilan birga, shaxsning taklif qilishdan ko‘zatilgan asosiy maqsad ham aniq ko‘rsatiladi. Rasmiy taklif xatlari, odatda, muassasaning xos ish qog‘oziga yoziladi.
E’lon ma’lum muassasa tomonidan ko‘pchilikni yoki ma’lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada (kelgusi kunlarda, ma’lum oyda) bo‘ladigan biror-bir tadbir, yig‘in-kengash, majlis, uchrashuv, suhbat, o‘qishga, ishga taklif, mavzuni tasdiqlanganligi hamda sotuvga qo‘yilgan uy-joy, buyum kabilar haqida xabatdor qilish uchun qo‘llanuvchi axborot shaklidagi hujjatdir. Ko‘rinib turibdiki, e’lon mavzusiga va undan qo‘zlangan maqsadga ko‘ra turli shakllarda bo‘lishi mumkin.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling