O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet23/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini, shuningdek, biror ishga (masalan, taftish o‘tkazishga) vakolat (ruxsat) berilganligini ko‘rsatuvchi (tasdiqlovchi) yoki ishga kirganligi, tashkilot a’zosi ekanligini ifodalovchi (ishlayotgan tashkilotga tegishli) hujjatdir. Har bir kishi ishga qabul qilinganda xodimlar (kadirlar) bo‘limidan guvohnoma oladi. Bu guvohnoma tashkilot nomi va imzo, muhri hamda xodimning rasmi yopishtirilgan yon daftarchasidek qattiq muqovali shaxsiy hujjatdir. Uni ish jarayonida har bir xodim o‘zi bilan birga olib yurishi lozim. Guvohnoma mazmun va maqsadi, vazifasiga ko‘ra turlichadir. YUqorida ta’kidlaganimizdek, vazifadan tashqari xiziat safari, biror tashkilot yoki bo‘limni tekshirish, taftish o‘tkazish uchun vakolat guvohnomasi va boshqalar. Guvohnomlar muassasa rahbari buyrug‘idan so‘ng xodim qo‘liga beriladi. Xizmat safari guvohnomasi ma’lum muddatda xodim jo‘nab ketishidan oldin va qaytib kelganidan so‘ng o‘sha vaqt(belgilangan sana)lar ko‘rsatilib muassasa mansabdor shaxsi guvohnomaning tegishli joyiga imzo chekadi va muhr bosadi. Umuman, xizmat safari guvohnomasini rasmiylashtirshda muhrlar va imzolar bo‘lishi shart, aks holda xizmat safari bilan bog‘liq sarflangan mablag‘ hisob-kitob qilishda guvohnoma hujjat vazifasini o‘tay olmaydi. Xizmat safari guvohnomasi namunaviy shaklidagi bosma ish qog‘oziga rasmiylashtirilgan bo‘ladi. Xizmat safaridan so‘ng guvohnoma va bojrilgan ish bo‘yicha tafitish o‘tkazish uchun “Hisobot” ham topshiriladi.
Tavsifnoma ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir. Tavsifnoma muassasa ma’muriyati tomonidan o‘z xodimlariga bir qancha maqsadlar uchun (ma’lum bir o‘quvga, vazifaga, mansabga-lavozimga saylashga, tavsiya etilishiga yoki o‘quv yurtiga kirishda, horijiy mamlakatlarga chiqishida va boshqa yumushlar uchun) beriladi. Tavsiyanomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va aqloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch asosiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi qismida shaxsning mehnat faoliyati to‘g‘risida, ya’ni uning mutaxassisligi, aynan shu korxona yoki tashkilotda qaysi muddatdan bo‘yon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi. Ikkinchi qismida uning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassisligi bo‘yicha mahorati, siyosiy va iqtisodiy bilimlarini oshirishi, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy axvoli, xulq atvori, hatto ba’zida siyrati, ishdagi o‘rtoqlariga munosabati, xodimning qanday hukumat mukofotlariga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlar, berilgan ma’muriy jazolar ham qayd etiladi. Uchinchi qismda esa bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilganligi ko‘rsatiladi. Tavsifnoma matni 3-shaxs tilidan yoziladi. Tavsifnomaga qoidaga ko‘ra uch shaxs -muassasa boshlig‘i, ma’naviyat tashkilotining rahbari va kasaba uyushmasining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. Tavsifnoma xodimning qo‘liga beriladi yoki talab qilingan muassasaga jo‘natiladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling