O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet20/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Farmoyish muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muxandis, uning o‘rinbosarlari) shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjatdir. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo‘lib, uning kuchi bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyishning matni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi. Ko‘rsatma idoralarda xabarsifat-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjatdir. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muxandis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma, muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlardan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida falon “maqsadda”, falon “buyruqni bajarish uchun” kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llaniladi va “YUKLAYMAN”, “TAVSIYA ETAMAN” kabi so‘zlar bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa “TAVSIYA ETAMAN” so‘zi qo‘llanadi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi. Yo‘riqnoma qonun yoki boshqa normativ hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjatdir. Ushbu hujjat muvssasa (ularning bo‘limlari xizmatlari) masabdor shaxs va fuqarolarning tashkiliy, ilmiy texnikaqiy, moliyaviy va boshqa maxsus faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida o‘rnatish maqsadida davlat boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi (yoki ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi). Zaruriy qismning 1-raqamida tasdiqlovchi so‘z (“TASDIQLAYMAN”), davlat boshqaruv organi rahbari lavozimi ko‘rsatilgan yozuv, uning imzosi, sanasi qo‘yiladi. Sarlavha bilan hujjat nomi qo‘shilgan holda keladi. Lekin hujjat nomi (“YSHRIQNOMA” so‘zi), odatda, sarlavhadan keyin (ruschada oldin) xat boshidan katta harf bilan yoziladi. Sarlavha yo‘riqnoma talablari qaratilgan masala, mavzu yoki shaxslarni aniq chegaralab, ifodalashi kerak. Masalan, “Ish yuritishni joriy qilish haqida YO‘RIQNOMA”. Yo‘riqnoma matni bo‘limlardan tarkib topadi, bu bo‘limlar modda va bandlarga bo‘linishi mumkin. Yo‘riqnoma, odatda, “Umumiy qoida” deb ataladigan kirish qismidan boshlanadi. Unda yo‘riqnomaning maqsadi ochib beriladi, rioya qilinish doirasi, foydalanish tartibi va boshqa umumiy masalalar ko‘rsatiladi. Matnning asosiy qismi aniq ko‘rsatma beruvchi xususiyatga ega bo‘ladi. Bunda “lozim”, “kerak”, “zarur”, “yo‘l qo‘yilmaydi”, “mumkin emas” kabi so‘zlar qo‘llanadi. Matn 3-shaxs nomidan yoki shaxssiz bayon qilinadi. Yo‘riqnomalar ichida xodimning lavozim (mansabga xos) yo‘riqnomasi alohida guruhni tashkil etadi. Unda umumiy qism, xodimning vazifalari, burchlari, huquqlari va boshqalar bilan munosabatlari, ishni baholash mezoni va xodim mas’uliyati ko‘rsatiladi. Lavozim yo‘riqnomasini xodimning bevosita rahbari ishlab chiqadi, so‘ng bo‘lim mudiri yoki muassasa rahbari tasdiqlaydi. CHunonchi, bosh hisobchi muassasaning boshqa hisobchi xodimlari uchun, bosh muxandis qurilish-iontaj ishidagi yoki boshqa sohadagi xodimlar uchun lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqadi. Bunday yo‘riqnomalar, boshqalari kabi, muassasa yoki uning boshqaruv organlari tasdiqlagandan so‘ng huquqiy kuchga kiradi. Nizom muassasa yoki uning tarkibiy bo‘limlari tuzilishi, huquqi, vazifalari. Burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjatdir. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar (ko‘rik, musobaqa, konkurs va boshqalar) ga nisbatan ham tuzish mumkin. Ko‘pincha nirzom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Muassasalarning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qo‘yish bilan kuchga kiradi. Muvaqqat komissiyalari, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan belgilanadi. Ustav muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, muassasaning tuzilishi vazifasini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuidir. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatni tafsiflaydigan normativ ahamiyatga ega. Binobarin ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir. U ko‘proq ma’lum bir tarmoq va yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi. CHunonchi, davlat nashriyotlari bo‘yicha namunaviy ustav qabul qilingan, shu asosda har bir nashriyot o‘z nizomini qabul qiladi. Ustavning zaruriy qismlari nizomning zaruriy qismlariga o‘xshash bo‘ladi. Lekin ustavning mazmun qismida moliyaviy va moddiy ba’zalari ham yoritiladi, hisobot berish, tavtish organlari ishlari tartiboti va shu kabilar ko‘rsatiladi. Muassasaning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, uning ustavida qo‘shimcha qismlar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, savdo tashkilotlari ustavida a’zolik haqidagi qoida tashkilot a’zosi bo‘lish, undan chiqish yoki chiqarish va shu kabi qoidalar bo‘ladi. YAngi tashkil topayotgan muassasalar ustavlari yuqori organlar buyrug‘i yoki qarori bilan tasdiqlanib, moliya vazirligi organlarida qayd qilingandan keyin ish boshlashlari mumkin. Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning grajdanlik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kelishuv hujjatidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o‘rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi) ni qayd etuvchi va shu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. SHartnoma davlat yoki jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. SHarnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o‘rtasida o‘rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda mehnat bitimi deb ataladi. SHartnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil ko‘rinishga ega. Masalan, maxsulot etkazib berish haqida, qishloq ho‘jalik mahsulotlarini davlat yo‘li bilan xarid qilish haqida mulkiy (moddiy) javobgarlik haqida, bino va inshoatlar qo‘rilishi haqida, uy-joy yoki transport vositalarini oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, mol-mulkni ijaraga olish, qarz berish yoki olish haqida, ma’lum muddad bilan ishga kirish bo‘yicha kabi rang-barang shartnomalarni ko‘rsatish mumkin. Har qanday shartnoma o‘z mazmuni va shakli muddatiga ko‘ra qonunga muvofiq amal qilinishi kerak. Bu qoidaning kelshuvsiz, ogohlantirmasdan buzilishi shartnomaning qonuniy kuchini yo‘qqa chiqaradi. Va uni shu ahvolda tuzgan yoki tuzishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka olib keladi. SHartnomalar, odatda, yozma usulda tuziladi hamda natoral idorasi yoki muassasalar tomonidan tasdiqlangan bo‘ladi.
SHartnomaning ayrim turlari, chunonchi, uy-joylarning oldi-sotdi shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur topiladi. Keyingi holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo‘llanadi. SHartnoma muassasalarga tegishli bo‘lganda, tomonlar imzolagunga qadar, unda muayyan muassasam hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik belgisi (imzosi, vizasi) bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari bo‘yicha kelishib olib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirilganidan keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi. SHartnomalar har ikki tomonlama vakil qilingan shaxslar tomonidan ismi sharifi to‘liq yozilgan holda imzolanadi. SHartnoma ikki nusxadan kam tuzilmasligi kerak, chunki har huquqiy shaxs (hujjatlar yig‘ma jiltida saqlanadigan nusxadan tashqari) shartnoma nusxasiga ega bo‘lishi lozim. SHartnomaning barcha nusxalari bir xil huquqiy kuchga ega.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling