O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


-mavzu. HUJJATLAR TILINING ADABIY TIL GRAMMATIK QONUN-QOIDALARGA MUNOSABATI


Download 0.95 Mb.
bet18/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

5-mavzu. HUJJATLAR TILINING ADABIY TIL GRAMMATIK QONUN-QOIDALARGA MUNOSABATI
Reja:

  1. Hujjat matnlarida adabiy til me’yoriy normalariga amal qilinishi va teran mantiqiylikning ta’minlanishi.

  2. Hujjatchilikda imlo va tinish belgilarining qo‘llash masalasi.



1. Hujjatlarda adabiy til dorasidagi teran mantiqiylikning ta’minlanishi va teran mantiqiylikning ta’minlanishi. Hujjatda, aniqrog‘i barcha hujjatlar matnining yozilishida adabiy til qonun-qoidalariga qat’iy amal qilinadi. Bu haqda oldingi mavzuda ham qisman hujjatlarning (yozilish tartibi, qolimli til vositalari, ya’ni so‘zlarning qo‘llanilishi borasida) ba’zi bir uslubiy grammatik qonun-qoidalar qayd etilgan edi. Harholda, har bir hujjat matni ham, jumlalari (gap shakli) ham qisqa, tili, ya’ni til vositalari oddiy, mazmunan umumtushunarli, ravon uslubda va fakt-dalillar aniq, asosli tarzda yozilishi kerak.
Hujjatda qo‘llanilgan ba’zi bir nutq tovushlari talaffuzi va yozuv shakli ham, so‘z turkumlarining yozuvda qo‘llanishi adabiy til talabi asosida aks etishi lozim. Masalan, ba’zi so‘zlar tarkibidagi tovushning talafuzi bilan yozuvdagi shakli farqlanadi, chunonchi, maskur (talafuzda)-mazkur (yozuvda), uchunchi (talafuzda)-uchinchi (yozuvda) kabi. Bunda yozuv shakllari adabiy til normasi sanaladi. YOki “siz” olmoshi ko‘plik va hurmat ma’nlsida-birlikni ifodalaydi. Hujjat matnini yozishda, bu farqqa rioya qilish lozim.CHunonchi, hurmat ma’nosida kelsa, albatta, bosh harf bilan “Siz” shaklida yozish shart.
Hujjatlardagi fikrni aniq, lo‘nda bayon qilishda xat boshi (abzats) ning ahamiyati ham katta. Har bir yangi alohida fikr xat boshi bilan ajratilishi, bir xat boshidan ikkinchi xat boshigacha bo‘lgan matn 4-5 jumladan oshmasligi maqsadga muvofiq.
Har qanday hujjat eng avvalo axborot tashuvchi vosita ekan, hujjatning axborot sig‘imini kengaytirish, undagi fikrning teran mantiqini ta’minlash muhimdir. SHuning uchun hujjatda tilning ortiqchalik prinfipini chetlab o‘tib, tilning tejash prinsipidan oqilona foydalanish kerak. Buning uchun qisqartmalarni qo‘llash yaxshi natija berali.
Ammo, ta’kidlash lozimki, bunga me’yorga qat’iy va izchil amal qilmoq lozim. CHunki qisqartmalar o‘zbek tilining tabiatiga uncha xos emas SHu bois, qisqartmalar o‘zbek tilida u qadar ko‘p qo‘llanilmaydi. Bu holat keyingi davrning maxsuli bo‘lib, hozir tilimizda bir qadar qisqartmalarning qo‘llanilishi odat tusiga kirgan. Masalan, SamDU. ToshDMU, SamMI, TashMI, dots.(dotsent), prof.(professor), prof. v.b. (professor vazifasini bajaruvchi), sh.k.(shu kabi), va boshq.(va boshqalar). Ayni paytda o‘zbek tilining so‘z va so‘z birikmalaridagi ichki ma’noviy imkoniyatlaridan kengroq va unumliroq foydalanmoq zarur. SHuni ham unutmaslik lozimki, qisqartmalar tarkibidagi bosh harfda yozilgan so‘zlar to‘liq holda kichik harflar bilan yoziladi. Masalan, SamDAQI qisqarmasi to‘liq yozilganda - Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti shaklida bo‘ladi. Lekin sarlavha tarzida kelganda to‘liq holda (SAMARQAND DAVLAT AOXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI shaklida) bosh harflar bilan yoziladi.
2. Hujjatchilikda ham imlo va tinish belgilarining qo‘llash masalasiga alohida e’tibor qilish kerak bo‘ladi. Savodli yozilgan hujjatgina o‘z vazifasini mukammal bajarishi mumkin. Hujjatning nomini yozishda bizda har xillik mavjud. Xususan, gap tugalanmay, oxiri sarlavha holida (ariza, tushuntirish xati va boshqalar hujjat nomi sifatida) kelgan so‘zlar ba’zan kichik harf bilan, ba’zan bosh harf bilan yozilmoqda. Hujjatning nomi bo‘lganligi uchun ularni bosh harf bilan yozgan ma’qul. SHuningdek, bosma matnda boshqa usul bilan, masalan, shunday nomlarni to‘lig‘incha bosh harflar bilan yozish orqali ham ajratish mumkin. Boshqa sohalardagi kabi hujjachilikda ham sarlavhalardan so‘ng nuqta qo‘yilmaydi.
Hujjatchilikda qo‘llanilgan son-sanoqni bildirgan so‘z turkumlari raqam bilan yozilishi talab etiladi. Pul bilan bog‘liq yoki baho normalarini ifodalaydigan bo‘lsa, raqamdan so‘ng qavs ichida mazkur sonningso‘zdagi, ya’ni harflar bilan ifodasi yoziladi. Masalan, tilxat, ishonchnoma, umuman, hisobxonadagi hamda bank sohasidagi (pul bilan bog‘liq) yoki imtihon hujjatlarida sonning yozma shakli ham ko‘rsatiladi.
Boshqa sohalardagi kabi hujjatlarda ham arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlardan so‘ng qo‘shimcha yozilmaydi. Qo‘shimcha o‘rnida defs (-) qo‘llaniladi. Masalan, 1-guruh, 2-xona kabi. Agar rim raqami bilan yozilishi lozim ko‘rilsa hech qanday qo‘shimcha yoki belgi qo‘llanilmaydi. Masalan, I guruh, III bo‘lim kabi. Qayd etish lozimki, hujjat sanalari odatdagi rus tilidagi tartib saqlanib kelinayotgan bo‘lsa-da, o‘zbek tili gap tuzilishidan kelib chiqib, 2013 yil 1sentyabr yoki 2013.01.09. (yoki 13.01.09.) shaklida yozilishi lozim. Bunda dastlabki raqam yilni, keyingilari kun va oyni anglatadi.
O‘zbek tili hujjatlarida №, %, § kabi belgilarning qo‘llanilishi odat bo‘lmasa-da, bular qolipli hujjatlarda ishlatiladi. SHuning uchun ular bir xilda yoziladi. Lekin ko‘pincha hozirgi hujjatlarda bu belgilar “-raqamli yoki –sonli”, “foiz”, “band” kabi so‘zlar bilan ifodalanmoqda.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling