O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet21/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Dalolatnoma (akt) muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron bir bo‘lgan voqea, hodisa, ish harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida rahbariyat ko‘rsatmasi asosida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjatdir.
Umuman, dalolainomalar tegishli taftish o‘tkazilayotganda, rahbarlik almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilish jarayonida mashina-uskunalarning yangisini qabul qilib eskilarini hisobdan chiqarishda, tovarlarni (savdo muassasalarda) miqdor va sifat bo‘yicha qabul etish yoki qayta o‘lchovini aniqlash, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirish, sud tergov ishlari kabi juda ko‘p sohalarda tuziladi. Ko‘rinib turibdiki, dalolatnoma mazmunan turli xil bo‘ladi.
Dalolatnoma matni murakkab tuzilishga ega bo‘lib kirish va ta’kid (qayd, tasdiq) qismlaridan tashkil topadi. Kirish qismi quyidagi tartibga ega: asos (dalolatnoma yuqori idoralarning normativ hujjatlari yoki muassasa raxbarining yozma burug‘iga asosan tuziladi; ishtirokchilarning shaxsiy tasabbusiga ko‘ra tuziladigan dalolatnomalarda bu qism bo‘lmasligi mumkin); tuzildi (kim tomonidan-yakka shaxsmi yoki komissiyami); ishtirok etganlar (asosiy tuzuvchilardan tashqari guvoh sifatida hozir bo‘lganlar yoki taklif etilganlar). Agar dalolatnoma komissiya tomonidan tuzilsa, mantn yakuni (so‘ngi)da birinchi o‘rinda komissiya raisi imzosi va ismi sharifi, keyin shu tarzda (lavozimlar bilan), alifbo tartibida a’zolari ko‘rsatiladi.
Dalolatnomaning ta’kid qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlarning maqsadi va vazifalari, mohiyat va xususiyatlari bayon etiladi, ishni amalga oshirishga asos bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatib o‘tiladi, aniqlangan holatlar qayd etiladi.Zaruriy hollarda dalolatnomaning ta’kid qismida aniqlangan holatlar yuzasidan xulosalar va takliflar beriladi. Dalolatnoma matnining so‘ngida necha nusxada yozilgani qayd etiladi. Dalolatnoma, odatda uch nusxada tuzilib, 1-nusxasi yuqori idoraga, 2-nusxasi rahbariyatga, 3-nusxasi esa hujjatlar yig‘ma jildiga qo‘yish uchun topshiriladi. Dalolatnoma mazmunining biror qismiga komissiya a’zolaridan birortasi yoki qo‘shilmasa yoki e’tirozlar ko‘p bo‘lmasa, bu haqda ham imzolardan so‘ng eslatib o‘tiladi. Aks holda ular o‘z e’tirozlarini alohida yozib berishadi va u dalolatnomaga ilova qilinadi. Dalolatnoma rasmiy ish qog‘ozida yozilmay oddiy qog‘ozda bitilsa korxonaninig to‘rt burchak muhri qo‘yiladi. Dalolatrnoma tuzilib bo‘lgach, unga aloqador yoki nomi ko‘rsatilgan shaxslarga hujjatning mazmuni o‘qib eshittiriladi va ularning tasdiq yoki guvohlik imzosi qo‘yiladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling