O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat
-mavzu. MA’MURIYAT BOSHQARUVIDA MUASSASA XODIMLARIDAN TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR
Download 0.95 Mb.
|
иш юритиш мажмуа
7-mavzu. MA’MURIYAT BOSHQARUVIDA MUASSASA XODIMLARIDAN TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR
Reja: 1. Ariza, bildirgi (bildirishnoma) va uning turlari hamda hisobot, til xat, tushuntirish xati kabi hujjatlarning mazmun xususiyatlari. 2. SHaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi (shaxsiy varaqa-ma’lumotnoma, tarjimai hol, mehnat daftarchasi kabilar). 1. Ariza, bildirgi (bildirishnoma) hamda hisobot, til xat, tushuntirish xati kabi hujjatlar ma’muriyat boshqaruvida xodimlardan talab etiladigan ish hujjatlaridir. Ariza muvyyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjatdir. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozg‘i hisoblanadi. Jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Arza bilan har bir shaxs u kim bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zi uchun zarur bo‘lgan, iltimos, taklif yoki shikoyati bilan biror dargohga murojaat qiladi. Ariza, odatda, biror tashkilot yoki mamuriyat boshlig‘i nomiga yoziladi. Arza asosan qo‘l yozuvida yoziladi va mazmuni erkin bayon qilinadi. Arza shakli-hajmi, mazmun va uslubiga ko‘ra bir xil emas. U qisqa-bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikni o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. SHu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza turlarining matni keng, katta bo‘ladi, unga ilovalar ham kiritilishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga ega bo‘ladi. SHu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yoziladigan xizmat axborotlaridir. Da’vo arizalari ana shunday arizalardandir. Mehnatkashlarning ariza va shikoyatlarini o‘z vaqtida va diqqat-e’tibor bilan ko‘rib chiqiqish boshqaruv idoralarining muhim vazifalaridan biridir hamda qonunchilikning mustahkam garovidir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif hamda da’vo mazmunidagi arizalarga nisbatan ko‘p qo‘llanadi. Ayniqsa, arzalarning ishga kirish yoki ishdan bo‘shatish haqidagi, o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish yoki muayyan tashkilotlarga a’zo bo‘lish kabi shaxsiy arizalar juda keng qo‘llaniladi. Umuman, arizalarning mazmun-uslubiy, yozilish hajm-shakllari turlicha bo‘lib, ularnin turi ko‘p. Bo‘lar amaliy mashg‘ulot jarayonida birma bir ko‘rib o‘tiladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling