O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat
Download 0.95 Mb.
|
иш юритиш мажмуа
Mehnat daftarchasi ishchi va xizmatchilarning mehnat faoliyatini ko‘rsatuvchi asosiy hujjatdir. Unda mehnat stajining hamma turi (umumiy, uzliksiz, maxsus) belgilanadi. SHuning uchun uni to‘g‘ri to‘ldirishga, yozuvlarini aniq yozishga alohida e’tibor berish lozim.
Birinchi bor ishga kirayotgan xodim uchun mehnat daftarchasi ishga qabul etilgandan so‘ng bir hafta ichida ish beruvchi ma’muriyat tomonidan rasmiylashtiriladi. Ishga kiruvchida mehnat daftarchasi rasmiylashtirilgan bo‘lsa, u ma’muriyatga mehnat daftarchasini taqdim etishga majburdir (aks holda ishga qabul qilinmaydi). Mehnat daftarchasining muqovasidan so‘nggi birinchi sahifasida ko‘rsatilgan o‘rinlarda egasi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar yoziladi (ismi sharifi, tug‘ilgan vaqti, ma’lumoti, kasbi va h) hamda daftarcha egasi va rasmiylashtirgan mas’ul shaxsning imzolari muhr bilan tasdiqlanadi, berilgan sanasi ham ko‘rsatiladi. Mehnat daftarchasidagi yozuvlar ko‘k yoki binafsha rangda yoziladi. Undagi qaydlar xodimlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar bilan aynan mos kelishi kerak. Mehnat daftarchasidagi tuzatishlar, qo‘lda ustidan yozib qo‘yish yoki o‘chirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Basharti ayrim tuzatishlar qilishga to‘g‘ri kelsa, “tuzatish to‘g‘ri” deb qayd qilinib, imzo va muhr bilan xodimlar bo‘limi nazoratchisi tomonidan tasdiqlanadi. Mehnat daftarchasidagi soxta tuzatishlar qonun bilan taqiqlanadi. Mehnat daftarchasi uch bo‘limdan iborat: “Ishi to‘g‘risida ma’lumotlar”; “Mukofotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar”; Rag‘batlantirishlar to‘g‘risida ma’lumotlar” kabi. Mehnat daftarchasining “Ishi to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limida muassasaning to‘liq nomi sarlavha tarzida ko‘rsatiladi. So‘ng ishga qabul qilish to‘g‘risida, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ma’lumotlar yoziladi. Xodim qabul qilingan yoki o‘tkazilgan ish yoki lavozimi nomi: ishchilar uchun-Ishchilar ishlari kasblarining yagona tarif-malaka bildiruvchida ko‘rsatilgan kasblar nomiga muvofiq; xizmatchilar uchun-xizmatchilar lavozimining yagona nomenklaturasida ko‘rsatilgan lavozimga yoki shtatlar jadvaliga muvofiq yoziladi. Basharti ish davomida ishchiga yangi malaka darajasi (razryad) berilsa, bu haqda ham tegishli yozuv qayd etiladi. Uzluksiz mehnat stajining tiklanishi va saqlanishi to‘g‘risidagi yozuvlar ham ushbu bo‘limda qayd qilinadi. Ishdan bo‘shatish sababi to‘g‘risidagi yozuvlar amaldagi qonun shakliga va qonunning havola qilingan tegishli moddasi, bandiga muvofiq yozilishi kerak. Mehnat daftarchasining “Mukofotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida tegishli farmonlar asosida ordenlar va medaddar bilan mukofotlash to‘g‘risida, faxriy unvonlar va davlat mukofotlari berish to‘g‘risida, yuqori tashkilotlar tomonidan ko‘krakka taqiladigan nishonlar, diplomlar, faxriy yorliqlar berilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar qayd etiladi. “Rahbatlantirish to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limida quyidagi ma’lumotlar yoziladi: ichki mehnat tartibi qoidalari va intizom nizom-ustavlarida ko‘zda tutilgan ishdagi muvaffaqtyatlari uchun rag‘batlantirishlar (tashakkur e’lon qilish, mukofot berish, qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash, muassasalarning faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash, Hurmat kitobiga kiritish va boshqalar); amaldagi qonunlarga muvofiq boshqa rahbatlantirishlar, diplomlarga sazovor bo‘lgan kashfiyotlar to‘g‘risida, foydalanilgan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari va shu munosabat bilan to‘langan pul mukofotlari to‘g‘risida. Ish haqi sistemasida ko‘zda tutilgan mukofotlar va tanbehlar ham mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Mehnat daftarchasining so‘nggi “Nafaqa tayinlash to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limida ishchi-xodimga nafaqa tayinlash haqidagi buruq ko‘chirmasi sanasi ko‘rsatilgan holda yoziladi. Mehnat daftarchasining biror bo‘limidagi sahifalar to‘lib qolgan hollarda o‘sha sahifa orasiga qo‘shimcha sahifalar qo‘shish lozim bo‘ladi. Mehnat daftarchasi bir marta beriladi. Basharti u yo‘qolgan bo‘lsa yoki yaroqsiz holga kelib qolgan bo‘lsa uning egasiga mehnat daftarchasining ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi. Bunday holda yaroqsiz bo‘lib qolgan mehnat daftarchasining birinchi sahifasiga “O‘rniga ikkinchi nusxa berildi” deb yozib qo‘yiladi, Mehnat daftarchalari ishxona xodimlari hujjatlari saqlanadigan bo‘limning maxsus temir javoni (seyfi)da saqlanishi lozim. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling