O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat
Download 0.95 Mb.
|
иш юритиш мажмуа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
2.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun”ning mohiyati va uning ish yuritish sohasiga (hujjatchilikka) munosabati. Ma’lumki, Respublikamizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kundan (1989 yilning oktyabr oyidan) boshlab, ona tilimizda mukammal hujjatchilikni yaratish dolzarb vazifalardan biri deb qaralgan edi. Davlat tili haqida chiqarilgan maxsus Qonunning 7-moddasida O‘zbekiston Respublikasida muassasa, korxona, tashkilot va birlashmalarda barcha sohalardagi ish davlat tilida yuritiladi, deyilgan. Demak, bugungi kunda mamlakatimizning barcha tashkilotlarida, jumladan, ta’lim dargohlarida ham kunlik hayotiy faoliyatimizdagi ishlarni boshqarishda qo‘llanadigan zaruriy ishlar ona tilimiz va uning qonun-qoidasi asosida olib borilishi talab etiladi. Davlat tili haqida chiqarilgan maxsus Qonunni amalga oshirish, Davlat dasturiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (1996 y.)ni ta’lim tizimiga joriy etishni ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1996 yil, 267-sonli buyrug‘i chiqarildi hamda “Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun” va vazirlik burug‘ini o‘quv yurtlari hayotiga tadbiq etish bo‘yicha javobgarlik yuklatildi.
Ish yuritishning asosini hujjatlar tashkil etadi. Hujjat, insonning bugungi kuni uchungigna emas, balki barcha davrlardagi insoniyat hayotiy faoliyati uchun, ona tilining mustahkam o‘rnini belgilab kelgan zaruriy vosita bo‘lib xizmat qilib kelgan. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, har qanday hujjatda ma’lum darajada milliylik xususiyat mavjud. Bu xususiyat til va uning qonun-qoidalari bilan bog‘liq. Har bir xalqning, millatning o‘z milliy tili bor. SHakllangan va qo‘llaniladigan har bir hujjat ham ana shu-ona tilida, o‘z milliy tilida yozilishi shart. Zero, hujjatning tili o‘sha xalqning barcha fuqarosi uchun o‘z ona tilida o‘qimishli-tshunarli bo‘lgandagina ahamiyatli bo‘ladi va uning amalga oshuvi yoki keng va qonuniy joriy etishlishi oson kechadi. Lekin ba’zan jamiyatda hujjatning mohiyati va uning roliga e’tborsizlik qilish holatlari kuzatilgan. Natijada milliy qadriyatlarga zavol etgan. Masalan, yuqorida qayd etganimizdek, bu holatni respublikamizning XX asrning 30 yillarida kechgan hayotida kuzatishimiz mumkin. Zero, sobiq ittifoq davrida 1924-yilning 31 dekabrida O‘zbekiston Respublikasining 48-raqamli muhim bir qarori qabul qilingan edi va unda sobiq O‘zbekiston Respublikasi ish yuritishni o‘zbek tilida olib borish, aniqrog‘i hukumat ma’muriyati va ho‘jalik idoralari, umuman, barcha muassasa, tashkilot, qorxona hamda ta’lim tizmida butun yozuv ishlarini faqat o‘zbek tilidagina yurgizish vazifasi qo‘yilgan edi. Bu qarorni joriy etishda muayyan ishlar ham amalga oshirila boshlangan edi ham. Masalan, o‘zbek tilida ish yuritish komissiyalari tuzildi, maxsus o‘quv kurslari, ish qog‘ozlari tayyorlandi va hokazolar. Afsuski, bu qarorning mohiyati 30 yillarning ikkinchi yarimidan boshlab e’tibordan chetlashatirildi. Endilikda, O‘zbekiston hayoti uchun o‘tmishdagi cheklanganlik, xalqimizning milliy o‘zligini anglashdagi dahshatli darajadagi qo‘rquv va hadiksirashlar tarixga aylandi. Ammo hozirgi kunda bu sohada ba’zi bir muammolar ham yo‘q emas. Masalan, ba’zan ayrim jamoalarda hujjatlarga jiddiy munosabatda bo‘lmaslik, unga shunchaki bir qog‘ozbozlik, ortiqcha odatiy hol sifatida qaralish hollari seziladi. Buni quyidagicha izohlash mumkin: Birinchidan, hujjatchilikning davlat miqyosidagi ahamiyatini tushunmasoik; ikkinchidan, hujjatchilikning tayanchi - qonuniy manbasi nima yoki unga qanday asosga tayangan holda amal qilinadi va uni qay holda hayotga tadbiq etttirish mumkinligini bilmaslik; uchuninchidan, o‘z jamoasiga xos bo‘lgan qanday hujjatlar mavjud, ular qachon chiqarilgan va qochongacha amalda qo‘llaniladi, qachon bekor qilingan yoki ularga qanday o‘zgarishlar kiritilgan kabi savollarni hal e’tibor bermaslik hollari mavjud. Hatto, yuqori tashkilotdan kelgan hujjatni hamishaki kelib turadigan hujjatlar sifatida faqat qaydnoma daftariga kiritib, ijrosini tarmoq jamoa tashkilotlarga jo‘natiladi, xolos. Bu ijro qanday va qay vaqtgacha bajarildi yoki bajarilmoqda, umuman, uning bajarilganligi hech kimni qiziqtirmaydi, balki bu hujjat o‘z holicha qolib ketadi. Qachonki, ushbu masalaga yuqori tashkilotdan talab kelgandagina, shosha-pisha qayd qilingan hujjatni qidirib topib, uning ijrosi bilan qiziqadilar, lekin bu ijroga ham yuzaki tazrda qaraladi, chunki ijroning talabidagi vaqti alaqachon o‘tib ketgan bo‘ladi... To‘g‘ri, har bir hujjatning chiqarilgan, amalda qo‘llangan va bekor etilgan manbasi, sanasi (belgilangan vaqti) bor. SHunga asosan u saqlanib kelinadi. Bunda “Arxiv hujjatlari”ga tayaniladi. Ma’lum davr oralig‘i bilan amalda qo‘llanilanib kelinayotgan hujjatlar esa “Davlat standart”i, ya’ni hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishning yagona qoidalariga tayaniladi. “Davlat standart”i asosidagi hujjatlar ma’lum muddatlarda yoki uzoq muddatlarda amalda qo‘llanilib kelinadi. Ularga ba’zi bir o‘zgarishlar kiritilib borilishi ham mumkin. Bunday hujjatlar davlatchilik tizimi bilan bog‘liq tuziladi.Xullas, ta’kidlaganimizdek, bugungi huriyat davrida O‘zbekistonda o‘zbek tilida mukammal hujjatchilik sohasi fan sifatida shakllanib, jamiyat hayotida o‘z o‘rnini egalladi. SHu bois, davlatimiz qonunchiligi tizimi assosida har sohadagi ishni jamiyatimiz taraqqiyotiga mos tarzda tashkil etish, ya’ni hamma ishni, boshqaruvni zamon talabida, tartibli va qonuniy olib borish uchun hujjatchilikka qat’iy e’tibor berish lozimdir. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling