O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. Tasawuf nazariyasi va Ibn al-Arabiy merosi. Tasawuf tariqatlarining shakllanishi


Download 1.87 Mb.
bet34/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

2-fasl. Tasawuf nazariyasi va Ibn al-Arabiy merosi. Tasawuf tariqatlarining shakllanishi
Darhaqiqat, XII asrdan tub o'zgarishlar boshlandi. Imom G'az­zoliyning tug'ishgan ukasi Abdulfutuh Ahmad G'azzoliy (vafoti 1126-yil) akasi izidan bormay, so'fiylik yo'lini ixtiyor etdi. U shayx Abu Ali al-Farmoziy (vafoti 1084-yil) va shayx Abu Bakr an-Nassoj at-Tusiy (vafoti 1084-yil) suhbatlariga noil bo'ldi va Ibn Sinoning "Qush risola-si" asariga tasawuf ruhida javobiya yozdi. XII asr boshlarida fors mumtoz she'riyatining eng yorqin yulduz-laridan Abdulmajid Majdud ibn Odam Sanoiy (1048—1140) yangi bir an'anani boshlab berdi; u birinchilardan bo'lib asr boshida saroyni va madhiyago'ylikni tark etib, she'riyatga jiddiy falsafiy-ijtimoiy va axlo-qiy masalalarni olib kirdi. Shu sababdan uning "Sayrul-ibod ilal-maod" ("Alloh bandalarining qaytar makonga safari") va 10 ming baytdan ortiq hajmdagi "Hadoiyq ul-haqiqa"("Haqiqat bog'lari") dostonlari buyuk xalaflari (izdoshlari) tomonidan so'fiyona ruhda talqin etiidi. Asr oxirlariga borib bu jarayon ancha keng yoyildi — o'sha davr saroy she'riyatining atoqli vakillari Anvariy(vafoti 1191- y.), Hoqoniy (1120— 1199) va boshqalar birin-ketin uzlatga chekinib, o'z homiylariga madh-u sano o'rniga jiddiy falsafiy qasidalar yozishga kirishdilar. XII asr birinchi yarmida G'azzoliy qarashlari mintaqaning ko'p jo-yida hanuz jiddiy anglab yetilmagan, hatto uni qoralash, rad qilish harakatlari ko'zga tashlanar edi. Ammo vaqt o'tgan sari buyuk muta-fakkir merosining qadri va nufuzi osha bordi. Irfon qadriyatlari borgan sari kengroq insonlar jamoasini o'ziga jalb etib, turli tasawuf tariqat va suluklari tarkib topa boshladi. XII—XIII asrlar davomida to bizning zamonamizgacha muayyan ta'sirini saqlab kelgan asosiy tariqatlar — suxravardiya (asoschilari Ziyauddin Abu Najib as-Suxravardiy (1037— 1168), Shahobiddin Yahyo as-Suxravardiy (1155-1191), Shahobiddin Abu Xafs Umar as-Suxravardiy — vafoti 1234), qodiriya (asoschisi -Abdulqodir bin Abu Solih Jiloniy (1077-1166), Rifoyia (asoschisi- Ah­mad bin Ali ar-Rifoiy - 1106-1182), Yassaviya (Ahmad Yassaviy vafoti - 1166-yil), kubraviya (Najmiddin Kubro (1145—1221), shoziliya (Abul-hasan Ali ash-Shoziliy (1196-1258), badaviya (Ahmad al -Badaviy (1199— 1276), dasukiya (Ibrahim ad-Dasukiy (1246-1288), chishtiya (Muinid-din Muhammad Chishtiy - vafoti 1236), mavlaviya (Jaloliddin Rumiy (1207-1273) shakllanib ulgurdi. Keyinchalik naqshbandiya deb shuhrat topgan Xojagon sulukining qator shayxlari — Yusuf Hamadoniy (1049— 1140), Abdulxoliq G'ijduvoniy (vafoti 1179), Orif Revgariy (vafoti 1259-yil>, Mahmud Anjir Fag'naviy (vafoti 1272) kabilar ham shu ikki asr oralig'ida yashab o'tdilar. Abu Madyon Shuayb bin al-Husayn (1126— 1198), Majiddin Bag'dodiy (vafoti 1219-yil) Yunus bin Yusuf ash-Shay-boniy (vafoti 1222-yil), Abdulfath al-Vositiy (vafoti 1234), Abu Muhammad AH al-Harkuliy (vafoti 1247), Tolib ar-Rifoiy (vafoti 1284), Abul-abbos Ahmad Sanhojiy (1088-1141), Farididdin Shakarganj (1175-1265), Nuriddin Muborak G'aznaviy (vafoti 1274), Bahouddin Zakariyo (1182-1268) kabi mintaqada dong taratgan boshqa qator ulug' shayxlar ham shu davrda yashab faoliyat olib bordilar. Bu ikki asr mobaynida irfoniy she'riyat va tasawuf falsafasi ham yuksak cho'qqilarga ko'tarildi. Agar Sanoiy dostonlari yo'nalishi haqi-da hanuz taraddud mayjud bo'lsa, Farididdin Attor (1147-1229) va Jaloliddin Rumiy (1207—1273) dostonchiligining mazmuni sof tasav-vuf ruhida ekanligi har qanday bahsdan xolidir. Arab dunyosi ushbu asrlarda ikki buyuk zotni — irfoniy ishqning otashin kuychisi Ibn al-Farid (1181—1234) va nazariy tasawufning cho'qqisf bo'lmish "Fu-tuhoti Makkiya" asarining muallifi Ibn al-Arabiy (1165-1240)ni yetka-zib berdi. Bugungi kunda Ibn al-Arabiy merosini chuqur o'zlashtirmay turib, tasawuf irfoni haqida salmoqli ilmiy mulohaza yuritish mush-kul ekanligi jahon afkor ommasiga ayondir. Bu murakkab falsafani anglash va anglatish uchun ne-ne sharhlar yozilmadi. Shular jumlasi-dan fors tasawuf she'riyatining zabardast vakillaridan Faxriddin Iro-qiy (1213-1289) yozgan "Lama'ot" asari bo'lib, unga sharh sifatida Alisher Navoiy iltimosiga binoan Abdurahmon Jomiy (1414—1492) "Asha'ot-ul- lama'ot" risolasini yozdi va uning asosida ulug' vazirni irfon falsafasining murakkab sirlariga oshno qildi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling