O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan
Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash
Download 4.85 Mb.
|
Majmua KO`ZT 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsni yakunlash (xulosalash) va uyga topshiriq berish.
Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash. Yangi o’tilgan mavzuni o’quvchilar ongiga mustahkamlash uchun o’qituvchi maxsus tayyorlab kelgan savollarni o’quvchilarga havola qiladi, darslikdagi har bir mavzu so’ngiga keltirilgan torshiriq va masalalardan tanlab yechiladi.
O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlari ortib borishi uchun ular birinchi navbatda, yangi mavzuni tushungan bo’lishlari, dastlabki sodda savollarga javob bera olishlari, sinf ishi topshiriqlarini bajarishda faol ishtirok eta olishlari, o’zlashtirgan bilimlarini amaliyotda tatbiq qila olishlari lozim. Darsning bu qismida o’tilganlar yuzasidan savol-javoblar tashkil etib, ba’zi savollar bilan navbatdagi darslar mavzusiga o’quvchilarning qiziqishini, e’tiborini orttirib, shunday muammoli vaziyat hosil qilish kerakki, o’quvchilar keyingi darsgacha muammoli savollarga imkoniyat darajasida javob izlaydilar, mustaqil topa olmasalar, navbatdagi darsda topadilar. Bunday usul o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga, darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashga undaydi. Har bir o’qituvchi o’z o’quvchilarining bunday izlanishlar va harakatlar oqibatida o’z savol-muammolarining to’g’ri javobiga erishishlarida ko’makchi bo’lishi mumkin. Aks holda o’quvchi bir masala yoki muammoning yechimini oxiriga yetkaza olmasa, savoliga qoniqarli javob topolmasa, fanga bo’lgan qiziqishi ma’lum darajada pasayadi. O’quvchilarning dars davomidagi mehnatlari, harakatlari va izlanishlari natijalarini baholash va rag’batlantirish ham o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishi va e’tiborini orttirishga xizmat qiladi. Darsning bu qismiga 10-15 minut sarflash tavsiya etiladi. Darsni yakunlash (xulosalash) va uyga topshiriq berish. Har bir dars undan xulosa chiqarish va o’quvchilarga uyda bajarish uchun topshiriq berish bilan yakunlanadi. Dars so’ngida uyga vazifalarni berishda o’quvchilarga individual yondashgan ma’qul. Har bir o’quvchining salohiyatiga qarab, sinfda ishlangan masalalarga teng kuchli topshiriqlarni berish kerak bo’ladi. SHu bilan birga o’quvchilarga navbatdagi darsga tayyorlash maqsadida yechimi keyingi darslarda o’tiladigan mavzuga bog’liq bo’lgan, lekin biroz mantiqiy fikrlab uddalash mumkin bo’lgan masalalarni berish ijobiy samara beradi. Agar o’quvchi uyda savollarga mustaqil javob topa olmasa, masalalarni yecha olmasa, unda fandan zerikish paydo bo’ladi, o’z qobiliyatiga ishonch yo’qola boshlaydi. SHularning oldini har bir o’qituvchi olishi kerak. Har bir dars so’ngida o’quvchilarga uyga vazifa berishda topshiriqlarni shunday tanlash lozimki, aksariyat o’quvchilar ularni mustaqil yecha olsinlar va ularga berilgan topshiriqlarni bajarishda ota-onalar ham yordam bera olsinlar. Bu o’quvchilarning o’zlariga ishonch, fanga bo’lgan qiziqishining ortib borishiga hamda maktab va oila hamkorligining mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Darsni yakunlash va uy vazifasini berishda: a) darslikdan nimalarga e’tibor berishni, mavzuni takrorlashni; b) qaysi masalalarni qanday fikrlab yechish bo’yicha maslahatlar berish maqsadga muvofiq. Darsning bu qismiga 4-6 minut vaqt ajratish tavsiya etiladi. Bunda uy vazifasining me’yorini va unga o’quvchi qancha vaqt sarflashi nazarda tutilishi lozim. O’quvchilar darslik bilan ishlashga, mustaqil mutolaa va mushohada qilishga, mantiqiy fikrlab fan tushunchalarini yuqori darajada egallashlariga erishish lozim. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling