O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Dars ishlanmalarini yaratish bo’yicha uslubiy tavsiyalar


Download 4.85 Mb.
bet34/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Dars ishlanmalarini yaratish bo’yicha uslubiy tavsiyalar
Dars ishlanmalarini yaratish bo’yicha uslubiy tavsiyalarni har bir bosqich bo’yicha alohida-alohida beramiz:
Tashkiliy qism (darsni tashkil qilish). O’quvchilar bilan salomlashiladi. Dars o’tkaziladigan xonaning darsga tayyorligi: o’quv xonasi va stolining tozaligi, bo’r va namlangan lattaning borligi; o’quvchilarning formasi, kayfiyati va sog’ligi, ayrim sabablarga ko’ra darsda qatnashmayotgan o’quvchilarning ismi va shariflari yozilgan varaqchaning o’qituvchi stoliga qo’yilganligiga e’tibor beriladi. Bu ishlarga 2-3 minut sarflash tavsiya etiladi.
O’tgan darsni so’rash va baholash. Uy vazifalarining to’liq bajarilganligini, ularning to’g’ri yoki noto’g’riligini tekshirish, unda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni ko’rsatish, o’quvchilarning o’tgan dars mavzusini qanday o’zlashtirganligini aniqlash va baholash uchun 5-10 minut sarflash tavsiya etiladi. Vaqtdan unumli foydalanish uchun o’qituvchi zamonaviy va an’anaviy usullardan foydalanish mumkin, xususan: a) umumiy savol-javoblar; b) 5-10 minutli mustaqil ish tashkil qilish va hokazo.
O’qituvchi darsning bu qismi yakunida uy vazifalarini tahlil qilishi, o’quvchilarning yangi mavzuni qiziqib o’rganishga tayyorlash maqsadida avvaldan tayyorlangan savollar berishi, bu bilan sinfda muammoli holat hosil qilishi maqsadga muvofiq. Yangi mavzuning bayoni so’nggida o’quvchilar muammoli savollarga javob topishlari lozim.
Yangi mavzuni bayon qilish. O’qituvchi har bir darsni darslik mundarijasidagi mavzular ketma-ketligida o’tishi lozim. Darslik mundarijasi “Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari” va o’quv dasturiga mos ravishda tuzilgan.
Har bir darsda yangi mavzu bayonini boshlashdan avval o’qituvchi doskaga mavzuning nomini va bayonining rejasini yozib qo’yishi maqsadga muvofiq.
Har bir yangi mavzu zarur ko’rgazmali qurollar yordamida bayon etilishi kerak. O’quvchilarda fanga bo’lgan muhim qiziqishni paydo qilib, uni orttirib borish uchun o’qituvchi har bir darsga jiddiy e’tibor bilan tayyorlanishi va uni qiziqarli o’tkazishga erishishi lozim. Darsning bu qismiga 15-20 minut sarflash tavsiya etiladi.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling