O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Mustahkamlash darsi tafsilotlarini yoritish tartibi


Download 4.85 Mb.
bet33/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Mustahkamlash darsi tafsilotlarini yoritish tartibi:
Mustahkamlash darsi darsining tarkibiy tuzilmasi quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin.
1. Nazariy materialni yodga olish: oldingi darsda o’rganilgan nazariy material qisqacha takrorlanadi, savol-javob va uyga berilgan vazifalarni tahlil qilish orqali esga olinadi;
2. Birlamchi mustahkamlash: og’zaki nutqda bilimlarni boshlang’ich mustahkamlash;
3. Ikkilamchi mustahkamlash: mustaqil ish (o’z faoliyatini tekshirish va baholash bilan) yozma nutqda bilimlarni mustahkamlash;
4. Darsga yakun yasash va uyga vazifa.
Umumlashtirish darsi tafsilotlarini yoritish tartibi:
Umumlashtirish darsining tarkibiy tuzilmasi quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin.
1. Nazariy materialni yodga olish: oldingi darsda o’rganilgan nazariy material qisqacha takrorlanadi, savol-javob va uyga berilgan vazifalarni tahlil qilish orqali esga olinadi;
2. Umumlashtirish: yangi bilimlarni takrorlash orqali orttirilgan bilimlar tuzumiga kiritish, umumlashtirish;
3. Darsga yakun yasash va uyga vazifa.
Rivojlantiruvchi nazorat darsi tafsilotlarini yoritish tartibi:
Rivojlantiruvchi nazorat darsining tarkibiy tuzilmasi quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin.
1. Yo’l-yo’riq berish: bu bosqichda o’tkazilayotgan nazorat ishi topshiriqlarini bajarishga oid ko’rsatmalar beriladi;
2. Nazorat ishini bajarish: bu bosqichda o’quvchilarning topshiriqlarni qanday bajarayotgani kuzatiladi. Kezi kelganda u yoki bu topshiriqni bajarish bo’yicha yo’nalish berish maqsadga muvofiq bo’ladi.
3. Nazorat ishi tahlili: bu bosqich ham yangi mavzuni o’zlashririshning davomi bo’lib, uni o’tkazish majburiy hisoblanadi. Chunki, nazorat ishi darsida o’quvchilar har qachongidan ham faolroq bo’ladilar. Ularni diqqatini jamlashga ham hojat qolmaydi. Ularni topshiriqlarni to’g’ri yoki noto’g’ri bajarganliklarini bilishni xohlaydilar. Bunday holatdan albatta foydalanish kerak. Odatda u alohida darsdan iborat bo’lib, unda nazorat ishiga kiritilgan topshiriqlar yechimi tahlil qilinadi, xatolar ustida ishlanadi, tipik masalalar o’quvchilar tomonidan doskada yechiladi. Masalalarning atroflicha tahlil qilinishiga e’tibor berish kerak, chunki o’quvchilar oldingi darslar davomida tushunmagan narsalarini shu darsda bilib olishlari ham mumkin. Shu bois, bu dars nazorat darsi deb atalsada, unda ham o’quvchilar o’zlashtira olmagan bilimlarni o’rganadilar, to’ldiradilar va o’z bilimlarini rivojlantiradilar.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling