O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet39/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

8-Mavzu: Kimyo fanini o’qitishda didaktik o’yinli darslarning turlari
Reja:
1. Kimyo darslarida o’quvchilarning bilish va o’yin faoliyatini uyg’unlashtirish.
2. O’yin faoliyatini tashkil etish bosqichlari.
3. Kimyo fanini o’qitishda foydalaniladigan, didaktik o’yinli darslarning turlarini ajratish.


Tayanch iboralar: didaktik o’yinli darslarning turlari, o’yin faoliyatini tashkil etish yo`llari, kimyo fanini o`qitishda qo`llaniladigan didaktik o`yinlar
Bugungi kunda jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri yangicha tafakkur, ijodiy fikrlash, intellektual salohiyatga ega bo`lgan barkamol avlodni tarbiyalashdir. Ta`lim jarayonida yoshlarni o`qish va o`qitishga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirishda ta`lim texnologiyalaridan bo`lgan o`yin usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga egadir
Ta’lim jarayonida didaktik o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli mashg’ulot shaklida qo’llaniladi. Ushbu mashg’ulotlarda o`quvchilarning bilim olish jarayonini o’yin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. Shu sababli, o`quvchilarning bilim olish faoliyati, o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan mashg’ulotlar didaktik o’yinli mashg’ulotlar deb ataladi.
Inson hayotida o’yin faoliyati quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
 O’yin har doim shaxsning ma’lum bir faoliyatga bo’lgan qiziqishini orttiradi.
 O’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi kommunikativ- muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi.
 Shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi bilimini va o’zligini namoyon etishga imkon yaratadi.
 Hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga, mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalari tarkib topadi.
 O’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi.
 Shaxs strukturasiga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi, ya’ni ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirishga zamin tayyorlaydi.
 Insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa ijtimoiy, ma’naviy-madaniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi.
 O’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
O’yin faoliyati o’zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
1. O’yin ishtirokchilari rollarni, vazifalarni tanlashi natijasida erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni talabalarning o’z faoliyatini tahlil va nazorat qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan hollarda o’z faoliyatidan ko’ngli to’lishi, o’z bilimi va kuchiga ishonch vujudga keladi.
2. Ijodiy muhit tarkib topadi. O’yin ishtirokchilari muammolarni hal etishda tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo’ladilar.
3. O’yin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, o’zaro yordam vujudga keladi. SHu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo bo’ladi. His-hayajonga yo’g’rilgan bilim, ko’nikmalar inson xotirasida bir umr muhrlanib qoladi.
4. O’yin davomida belgilangan qonun-qoidalarga amal qilinadi. O’yin ishtirokchilarida ijtimoiy normalarga mos ongli intizom vujudga kelishiga zamin tayyorlaydi.
5. O’yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va talabalarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etish, mo’ljalni to’g’ri olishga o’rgatadi.
Boshqa o’quv va mehnat faoliyati kabi o’yin faoliyati tarkibiga quyidagilar:
a) o’yinning syujeti;
b) o’yin ishtirokchilari bajaradigan muayyan rollar, vazifalar;
v) ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amallar (usullar);
g) real yoki shartli ravishdagi o’yin vositalaridan foydalanish;
d) o’yin ishtirokchilari o’rtasidagi munosabat, muloqot kiradi.
O`quvcilarning bilish faoliyatini o’yin faoliyati bilan uyg’un holda tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
Didaktik o’yindan ko’zda tutilgan maqsadni aniqlash,
Didaktik o’yin syujeti va ishtirokchilar faoliyatini loyihalash;
O’yindan ko’zda tutilgan maqsadni amalga oshirish yo’llarini belgilash;
Didaktik o’yinni maqsadga muvofiq tashkil etish, uning mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va talabalarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etishiga e’tiborni qaratish;
O’yin ishtirokchilarini rag’batlantirish;
Olingan natijalarni tahlil qilish;
Olingan natijalarga muvofiq holda o’yin strukturasi va borishiga tegishli o’zgartirishlar kiritish;
Mashg'ulotlar jarayonida foydalaniladigan didaktik o'yinli texnologiyalar o'quvchi-talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish, darslik va qo'shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasb-hunarga yo'llash, didaktik o'yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo'ljahii to 'g 'ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to 'g 'ri xulosa chiqarishga zamin hozirlaydi.
Didaktik o`yinlarni ta`lim jarayoniga tadbiq etishda ular fanning maqsadi, vazifasi va xususiyatiga qarab tanlab olinadi. Didaktik o`yinlar quyidagi asosiy yo`nalishlarda bo`lishi mumkin:
a) didaktik maqsad o`yinli vazifa shaklida qo`yiladi;
b) o`quv faoliyati o`yin qoidalariga bo`ysunadi;
c) o`quv materialidan o`yin vositasi sifatida foydalaniladi;
d) o`quv jarayoniga qo`yilgan didaktik vazifaga o`yinga aylantirilgan tarzdagi musobaqalashtirish unsurlari kiritiladi.
Bu didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o`yin natijalari bilan bog`lanadi.
Didaktik o`yinli mashg`ulotlar hozirgi kundagi o`quv- tarbiyaviy jarayonga quyidagi yangi sifatlarni olib kiradi:
-o`quv jarayonini namoyon etuvchi taqlidli modelning, ya`ni o`quv materialining mazmunini;
-o`rgatuvchi o`yinli modelda bo`lg`usi kasbiy faoliyat shakli va vazifalari bo`limlarni;
-talabalarning o`quv faoliyatini haqiqiy o`quv jarayoniga yaqinlashtirishni;
-ta`lim va tarbiya berish jarayonining birligini;
-faoliyatni o`qituvchi tomonidan tashkil etilishi va boshqarilishi hamda talabalar tomonidan amalga oshirilishi;
-mashg`ulotlardan keng miqiyosda foydalanishni;
Fan o`qituvchisi o`yin tanlashda darsga ajratilgan vaqt, o`quvchilarning tayyorgarligi, o`quv materiallarining mazmuniga alohida e`tibor qaratishi lozim. Dars jarayonida o`yinlarni amaliyotga tadbiq etishda suhbat, ko`rgazmali, amaliy usullardan foydalanish mumkin. Mashg`ulot yakunida o`yin natijalari tahlil qilinadi. O`quvchilarga kerakli tavsiyalar beriladi. Demak, ta`lim jarayonida pedagogik o`yinlardan foydalanish o`qituvchidan ijodkorlik, tashabbus va kasbiy mahoratni talab qiladi. Bu esa dars samaradorligini oshirishda asosiy omil hisoblanadi.
O`qitish jarayonida didaktik o`yinli texnologiyalar didaktik o`yinli dars shaklida qo`llaniladi. Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayoni o`yin faoliyati orqali uyg`unlashtiriladi. SHu sababli o`quvchilarning ta`lim olish faoliyati o`yin faoliyati bilan qo`shiladigan darslar didaktik darslar deb ataladi.
Darslarda o`yinlarni qo`llab quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • o`yin faoliyati orqali o`quvchining bilim olishga, mehnatga bo`lgan qiziqishini orttiradi;

  • o`yin o`quvchining muloqatga kirishishiga, kommunikativ madaniyatini rivojlanishiga ko`maklashadi;

  • o`quvchiga o`z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o`zini namoyon qilishga yordam beradi;

  • o`yinlar hayotda sodir bo`ladigan turli muammoli vaziyatlardan chiqib ketish, qiyinchiliklarni engishga o`rgatadi;

  • o`quvchining ijodiy faoliyatini shakllanishiga zamin hozirlaydi;

  • milliy qadriyatlarimizni o`rganishga, ulardan hayotda foydalana olishiga hamda ijtimoiy muloqotning rivojlanishiga yordam beradi.

Quyida didaktik o’yinli mashg’ulotlarning tavsifi berilmoqda.
Syujetli - rolli o’yinlar
O`quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim egallash ko’nikmalarini rivojlantirish va o’zlarida mujassamlashgan bilim, ko’nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo’llash orqali yangi bilimlarni o’zlashtirishda syujetli-rolli o’yinlar muhim rol o’ynaydi.
O’qituvchilar syujetli-rolli o’yinlarni ko’pchilik hollarda matbuot konferentsiyasi bilan almashtirib yuborishadi. Har ikkala o’yinning ta’lim jarayonida qo’llanishidan ko’zlangan maqsad bir-biriga monand bo’lsada, ular o’rtasida katta farq mavjud. Bu holni didaktikada didaktik o’yinlarga yetarlicha tavsif berilmaganligi bilan izohlash mumkin.
Bizning fikrimizcha, kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat va tabiiy hodisalarning ob’ektlari o’rtasidagi aloqalarni badiiy ko’rinish tarzida yoritish asosida vujudga keltirilgan muammolarni o`quvchilarning o’zlaridagi bilim zahiralariga tayangan holda, hamkorlikda, bosqichma-bosqich hal etish jarayonida yangi bilimlarni egallashga qaratilgan didaktik o’yinlarni syujetli rolli o’yinlar deb atash lozim. Bunda o’yin syujeti jamiyatdan yoki tabiatdan olinadi. Ba’zan jamiyat va tabiatdagi muammolar uyg’unlashtiriladi.
Ijodiy o’yinlar
O`quvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda, qo’shimcha bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini ondirishda ijodiy o’yinlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o`quvchilar guruhining o’zaro hamkorlikda avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy qo’llash va izlanishi orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik o’yinlarni ijodiy o’yinlar deb atash lozim.
Ijodiy o’yinlardan avvalgi mashg’ulotlarda o’rganilgan tushunchalarni yangi mavzuni o’rganishda foydalanish imkoniyati vujudga kelganda qo’llash maqsadga muvofiq.
Mazkur didaktik o’yinli mashg’ulotlarda hamma o`quvchilar hamkorlikda ishlaydilar, avval o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llab yangi
Konferentsiya mashg’ulotlari
Didaktik o’yinli mashg’ulotlar ichida konferentsiya mashg’ulotlari muhim o’rin tutadi. Konferentsiya mashg’ulotlari o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashni kengaytirishda, ularni qo’shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini rivojlantirishda, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda, ongli ravishda kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi konferentsiya mashg’ulotini o’tishdan avval mashg’ulot mavzusini, maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olib shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko’zdan kechiradi. Ilmiy konferentsiya mashg’ulotini o’tkazish tavsiya etiladi.
O’yin mashqlar
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati o’qituvchining ilmiy-metodik saviyasiga va pedagogik mahoratining yuqori darajada bo’lishi, zamon bilan hamnafasligi, o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish ko’nikmalariga bog’liq bo’ladi. O’qitishda boshqa didaktik o’yinlar bilan bir qatorda o’yin mashqlardan o’z o’rinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq.
O’yin mashqlar uchun televidenie va matbuot orqali berib borilayotgan va o`quvchi yoshlarning eng qiziq mashg’ulotiga aylangan o’yinlarni andoza qilib olish mumkin. Bular jumlasiga “Zakovat”, “Zinama-zina” kabilarni kiritish mumkin. Mazkur o’yinlarda o`quvchilar avvalo o’z kuchi va bilimlarini sinab ko’radilar va yana ularning aksariyati shu o’yinlar ishtirokchisi bo’lishni orzu qiladilar.
Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir o’qituvchi o`quvchilardagi bu istak va orzularni amalga oshirish uchun ta’lim jarayonida shunga o’xshash o’yinlarni o’z vaqtida o’tkazishi o`quvchilarning bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va bilish faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorlaydi. Ma’ruza mashg’ulotida didaktik o’yin texnologiyasidan foydalanish muhim o’rin tutadi. O’qitishda boshqa pedagogik texnologiyalar kabi didaktik o’yin texnologiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur texnologiyaning konferentsiya, taqdimot, ijodiy o’yin, o’yin mashqlardan foydalanish yuqori samara beradi. Ushbu mashg’ulotlarda o`quvchilarning bilim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi, shu sababli o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud
Fanlarni o`qitishda turli o`yinlar qo`llaniladi. Kimyo fanida bu o`yinlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) turli boshqotirmalar;
2) musobaqalar;
3) atomlar, radikallar, molekulalar bilan ishlash;
4) modellar bilan ishlash;
5) kimyoviy tajribalarni o`tkazish;
6) nazariy muammolar bahsi;
7) sahanalashtirilgan darslar;
8) taqdimot darslari;
9) kompyuter o`yinlari va h.z.
O`yin darslardan umumiy foydalanilganda quyidagi ijobiy yutuqlar qo`lga kiritiladi:
1. Darsga qo`yilgan talablar to`la qonli amalga oshiriladi.
2. O`quvchi ruhiyatining erkinligiga sharoit yaratiladi, u mudroq holatga tushunmaydi, o`z shaxsiyati uchun kurashish kerakligini his qiladi.
3. O`quvchi ongiga nazariy bilim “o`yin” niqobi ostida oson singadi.
4. O`quvchi toliqmaydi ham o`ynaydi, ham o`ylaydi.
5. O`quvchining fikrlash qobilyati o`sadi.
6. O`quvchida bilim olishga ishtiyoq, fanga bo`lgan muxabbati ortadi.
7. O`quvchi fan sirlarini o`rganib, aqliy qoniqish hosil qiladi.
8. O`qituvchi bola nuqtai nazarida ideallashadi. Yani ustozning bilim saviyasi, o`qitish madaniyatiga o`quvchi tomonidan eng ijobiy baho qo`yiladi.
9. O`quvchi o`zining darsdagi faoliyatiga ham baho qo`yib boradi.
Nazariy bilim amaliyotida qo`llanilib, mavzular bo`yicha egallangan bilim boyitiladi, mustahlamlanadi. Dars maroqli o`tadi.
O`yinli darslarning o`ziga xos xususiyati o`quvchi shaxsining boshqaruvchi va ishtirokchi sifatida ma`sulligini oshirish muhim omil hisoblanadi. Odatdagi dars jarayonida hal etilishi murakkab bo`lgan vaziyatlarni o`yinlar orqali oson hal qilish, ijobiy natijaga erishish mumkin.
O`yinlarni tanlashda o`qituvchi sinfning, har bir o`qituvchining individual imkoniyatlarini, qiziqishlarini bilishi va ularni bu o`yinlarga tayyorlashi lozim. O`quvchida ko`nikma hosil bo`lmagan o`yinlardan foydalanish hamma vaqt ham qoniqarli natijaga olib kelmaydi. SHu sababli o`qituvchi o`yinli mashg`ulotni tayyorlashda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:

  1. Didaktik o`yinli darslar dasturga muvofiq kelishi va ma`lum bir muammoni hal qilishga qaratilgan bo`lishi;

  2. Barkamol avlodni tarbiyalashda milliy qadriyatlarimizga mos kelishi;

  3. O`yin o`tilayotgan mavzu tizimida mantiqiy bog`liqlikdan kelib chiqishi;

  4. Dars davomida didaktik o`yinlar pirinsipiga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflab samaraga erishilishi.

Albatta, har bir o`yin o`qitilayotgan fan xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tayyorlanadi. Shu bilan birga har bir o`yinning maqsadi va vazifalarini aniqlab olish kerak. Aks holda o`yin qanday tashkil etilishidan qat`iy nazar samara bermasligi mumkin.



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling