O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Kimyoda qo`llaniladigan didaktik o`yinlar


Download 4.85 Mb.
bet40/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Kimyoda qo`llaniladigan didaktik o`yinlar
Baxri-bayt
O`yinda ishtirok etuvchilar doira shaklida turadilar. O`yin quyidagicha boshlanadi. Boshlovchi o`quvchi «kaliy nitrat» desa, undan o`ngda turgan o`quvchi aytilgan tuzning nomining oxirgi harfi, ya`ni «T» bilan boshlanuvchi boshqa bir tuzning nomini aytadi.
Masalan, Kaliy nitrat ─ Temir (II)-sulfat ─ Temir (III)-sulfat va hokazo
yoki Natriyli silitra ─ Ammoniy xlorid ─ Dimetil ammoniy xlorid va hokazo.
Qaysi o`quvchi 5-10 daqiqa davomida moddalar nomini ayta olmasa, to`xtalib qolsa, u o`yindan chiqqan sanaladi. O`yin bitta o`quvchi qolguncha davom ettiriladi. Eng oxirida qolgan o`quvchi g`alaba qilgan hisoblanadi.
Toponomik o`yin
Bir xil kattalikdagi qog`ozga elementlar nomlari yoziladi: mis, oltin, kumush, qalay, qo`rg`oshin, temir, simob, oltingugurt, uglerod, rux, mishyak, surma va xokazo.
O`yin tartibi: elementlar nomlari aralashtirilib, yozuvli tomoni pastga qaratilgan holda stol ustiga yoyib qo`yladi. O`quvchilar o`zlariga tushgan nomlarga qisqacha izoh berishi kerak.
Masalan, Oltin-tong shafog`i, berilliy-shirin, alyuminiy-achchiqtosh, argon-dangasa va xokazo.
O`yinga taklif etilgan o`quvchilarga 5 tagacha qog`oz olishga ruxsat etiladi. O`quvchi javob bera olsa, nom yozilgan qog`ozni o`z qo`lida olib qoladi, javob bera olmasa uni joyiga qo`yadi. Demak, o`quvchilarning har bir to`g`ri javobiga bir ball beriladi.
Bu o`yinni butun guruh o`quvchilari ishtirokida uyushtirish mumkin. O`yin davomida qaysi o`quvchi ko`p ball to`plasa, o`sha o`quvchi g`olib deb topiladi.
Toponomik o`yin o`quvchilarni darslikdan tashqari materiallarni ko`proq o`qishga va ma`lumotnoma materiallari bilan tanishishga majbur etadi.
«Kim ko`p yozadi» o`yini
O`yin tartibi: o`quvchilar oldida faqat qog`oz va qalam bo`lishi kerak. O`yinni «Asoslar», «Kislotalar», «Tuzlar» mavzusi bo`yicha o`tkazish ayniqsa yaxshi natija beradi. Bu o`yin uchun ma`lum vaqt belgilanadi. Masalan, «Kislotalar» mavzusi e`lon qilinadi deylik, o`quvchilar esa belgilangan vaqt ichida o`zlari bilgan barcha kislotalarni yozib chiqadilar. Yozilgan har bir kislota uchun bir ball beriladi. O`yinda eng ko`p ball to`plagan o`quvchi g`olib hisoblanadi.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling