O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet49/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko’rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.

Interfaol ta’lim metodlarini ko’pincha turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo’llanmoqda. Bu metodlarni qo’llash mashg’ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Quyida kimyoni o`qitishda qo`llaniladigan interfaol metodlar tavsifi bilan tanishamiz
Kichik guruhlarda ishlash.
Talabalarni bir necha guruhga bo’lib, ularga mavzuga oid aniq bir masala yoki vazifa ustida ishlash topshiriladi. Ularga ma’lum vaqt beriladi, keyin berilgan vaqt tugagach, har bir guruhning ushbu mavzu bo’yicha qarori, fikrlari tinglanadi.
Kichik guruhlar uslubida mashg’ulot olib borilganda quyidagilarga erishiladi:
● har bir talabani faol ishtiroki ta’minlanadi va ularning faoliyatini nazorat qilish va baholash imkoniyati ortadi;
● muammoni tez hal etish usuli ta’minlanadi. Talabalar qisqa vaqt ichida ko’plab yangi g’oyalar ijodkori bo’lishadi;
● mashg’ulotning istalgan vaqtida talabalarning qiziqishini ortdirish va butun katta guruh bo’yicha muhokama qilish imkoniyati ta’minlanadi;
● ayrim talabalar o’zlarining mavzuga oid ushbu muammo bo’yicha shaxsiy fikrlarini o’qituvchiga aytishdan tortinishadi, kichik guruhlarda esa ular guruhdoshlari bilan erkin fikr almashishadi, ya’ni mashg’ulotda faol ishtiok etishadi.
Pinbord metodi.
”Pinbord” so’zi “doskaga yopishtiraman” degan ma’noni anglatadi. “Pinbord” usulining afzallik tomoni rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifasidir. Bu usul bilan o’quvchi va o’quvchilarning bilimlarni egallash mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlantiriladi.
Bu o`qitish uslubning mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o`quv suhbati amaliy usul bilan bog`lanib ketadi. Uning afzallik funksiyalari — rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir. Bunda o`quvchilarda muloqat yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o`z fikrini faqat og`zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko`nikmasi rivojlanadi.
BBB” (bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim) metodi.
Ushbu metodda har bir talabaga shaxsiy topshiriq berilishi mumkin. Topshiriq muayan mavzu bo’yicha savollar tarzida beriladi. Talaba ushbu savollar bo’yicha nimalarni bilishini, bilishni xohlashini va mashg’ulot davomida nimalarni qo’shimcha ravishda bilib olganligini “BBB” jadvaliga yozadi. Bunda tayanch iboralar o’qituvchi tomonidan berilishi ham mumkin.
BBB” metodi bo’yicha topshiriq:
1. Matnni Insert texnikasidan foydalanib o’qing.
2. Tayanch ibora va tushunchalar bilan tanishib chiqing.
3.Olingan ma’lumotlarni individual ravishda tizimlashtiring–matnda qilinganbelgilar asosida jadvalga joylashtiring. “BBB” jadvalini to’ldirish uchun tayanch ibora va tushunchalarning tartib raqamidan foydalaning.


Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling