3-usul. O’quvchining o’zi o’qituvchi. Darsning oxirgi 10 daqiqasida o’quvchilarning o’ziga uy vazifasining qiziq shakl va mazmunlarini o’ylab topish vazifasi yuklanadi. Kim o’zi uchun qanday vazifani o’ylab topgan bo’lsa, o’sha vazifani bajaradi. Kim vazifa topmagan bo’lsa, unga o’qituvchi vazifa beradi.
Baholash usullari.
O’quvchilar bilimini baholash paytida ob’yektiv baholashda hissiy bosiqlik, baholarni e’lon qilishda hayrixohlik talab qilinadi, muhimi darsda qo’yilgan baho o’quvchining keyingi o’qishi uchun stimul bo’lishi kerak.
1-usul. Baho-belgi emas. Faqat sonlar bilan emas, so’zlar, ohang, imo-ishoralar bilan baholash nazarda tutiladi.
Variant: O’qituvchi o’quvchilarga nisbatan qiyinroq, lekin yechish mumkin bo’lgan vazifani beradi. 10 minutdan so’ng o’quvchilar vazifani bajaradilar. Shunda o’qituvchi: ―Xo’sh, nima qilsam ekan, sizlar mening bajarilmagan topshiriqlar fondimni yo’qqa chiqaryapsizlar! Keyingi safar endi... degan hazilomuz so’z bilan navbatdagi topshiriqni beradi.
2-usul. Reyting. Vazifani bajarib bo’lgach, o’quvchi o’ziga baho qo’yadi. Shu ishga o’qituvchi ham baho qo’yadi. Kasr son chiqadi: 4/5. Bunda o’qituvchining vazifasi-o’quvchining o’z mehnatini baholashni o’rgatishdan iborat. Bu usul baholash mezonlariga ko’nikish davrida qo’llanadi, oz muddatdan keyin kasr va maxraj sonlar tenglashadi.
3-usul. Ishonch krediti. Baho bahsli bo’lgan holatlarda bahoni ―kreditga qo’yamiz. Bunda o’qituvchi: ―Sening biliming ―“5” baho qo’yishga ozgina yetmayapti. Lekin, menimcha, sen ozroq harakat qilsang shu bahoni ola olasan. Shuning uchun senga ―“5” bahoni kreditga qo’yaman, keyingi chorak/semestrda qanchalik xaqligimiz aniq bo’ladi.
4-usul. Rag’bat tizimi.
1-variant. Keyinga surilgan baho varaqasi.
O’quvchiga past baho qo’yishni istamagan o’qituvchi o’quvchiga qaysi mavzuni o’zlashtira olmaganligini varaqaga yozib berishni so’raydi. Keyingi savol-javobda shu varaqada yozilgan mavzuni topshirish so’raladi.
2-variant. Kengaytirilgan baho.
Sonli baho bilan birga, o’quvchining muvaffaqiyatlari va unga bo’lgan munosabat ko’rsatiladi.
3-variant. Quyidagilar baho o’rnini bosishi mumkin:
- kichik yorliq; - tashakkur xati yoki ―Darsdagi g’alaba uchun!, ―Kichik kashfiyoti uchun!, - Do’stga yordami uchun! degan diplomlar;
- daftarlarga tashakkurnoma yozish; - kitob berish va h.
Shunday qilib, tabaqalashtirilgan ta`lim o`quvchilarning bilim tizimlari va aqliy hamda amaliy faoliyatlarida samarali o`zlashtirishga yordam beradi, o`zlashtirgan yangi bilimlaridan kelajakdagi vaziyatlarda unumli foydalana olish, ta`lim muammolarini yecha olish, mustaqil izlanishga o`rgatish, ijodiy tajribaga ega bo`lish va uni rivojlantirish, ta`lim jarayonining vazifalarini tahlil qilish, tabaqalashtirilgan ta`limni aniqlash imkoniyatlarini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |